Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Boshqaruv tizimi - deganda nimani tushunish lozim? Agar jamiyatning butun
iqtisodiy tizimini oladigan bo‘lsak, uning tarkibiga kiruvchi ko‘plab kichik
tizimlarni - tarmoqlar, korxonalar, birlashmalar va hokazolarni ko‘rishimiz
mumkin. Ularning har birini ikki jihatidan: mustaqil faoliyat yuritish nuqtai
nazaridan yoki butun birlikning tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Masalan, korxona (firma) mustaqil boshqaruv tizimi yoki tarmoqning (ishlab
chiqarishning) bo‘linmasi, bo‘g‘ini sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunga
bog‘liq bo‘lgan holda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, uning vazifalari
shakllantiriladi.
Amaliyotda shu narsa isbot qilinganki, boshqaruvning juda ham yirik
tashkiliy tuzilmasi bozor iqtisodiyotida maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. U kutilgan
natijalarni bermaslikdan tashqari, boshqaruv qarorlarini bajarishda muammolarning
yuzaga kelishiga, boshqaruvning yakuniy maqsadini oraliq vazifalar bilan almashib
ketish xavfi kuchayishiga olib keladi.
O‘zaro aloqada va ma’lum jihatdan bir-biriga bo‘ysunuvchi bo‘lgan
boshqaruv ob’yektlari va sub’yektlari faoliyatning alohida ko‘rinishi sifatida
boshqaruvning muhim elementlari hisoblanadi. Bu aloqani quyidagi tarzda chizma
yordamida ko‘rsatish mumkin:
Korxonada boshqaruvning ta’siri boshqaruv ob’yektiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ishlab
chiqarish va xo‘jalik yuritish jarayonlari, ishab chiqarish uskunalarini ekspluatatsiya
qilish, turli miqyosdagi mehnat kooperatsiyasi va hokazolar boshqaruv ob’yekti
bo‘lishi mumkin. Boshqaruv sub’yekti esa qoidaga ko‘ra, korxona rahbari yoki
boshqaruv ob’yektlarini maqsadli ravishda boshqarishni amalga oshiruvchi xizmat
rahbarlaridir. Boshqaruv ob’yektlari va sub’yektlari doimo o‘zaro aloqada bo‘lib,
bunda asosiy o‘rin boshqaruv ob’yektiga, ya’ni boshqaruvchi tizimga ajratiladi.
Boshqaruv ob’yektining mazmuni, unda yuz berayotgan o‘zgarishlar boshqaruv
sub’yekti vazifalari va harakatlarini belgilab beradi. Bu esa boshqaruv shakllari va
usullarini mukammallashtirishda aks etadi. , boshqaruv tizimi ishlab chiqarish
samaradorligiga erishish va korxonaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda
muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan bir paytda ishlab chiqarish
samaradorligining o‘sish sur’ati, qabul qilingan yoki amalga oshirilayotgan boshqaruv
tizimi progressivligining o‘lchovi xizmatini ham o‘taydi. Bundan kelib chiqqan holda,
qo‘yilgan maqsadga qisqa muddatda va ishlab chiqarish resurslaridan unumli
foydalangan holda yaqinlashish darajasini korxonani boshqarish samaradorligining


72
bevosita mezoni sifatida ko‘rsatish mumkin
Rasmiy tashkilotlar bir qancha boshqaruv pog‘onalari va bo‘linmalaridan
iborat. Boshqaruvning funksional sohasi termini butun tashkilot uchun bo‘linma
bajaradigan ishga taalluqlidir, masalan, marketing, moliya va h.k.
Tashkilot strukturasi bu tashlilotdagi insonlarning o‘zaro rasmiy va norasmiy
munosabatlari yig‘indisidir.
4
Tashkilot strukturasi – boshqaruv pog‘onalari va funksional sohalarning mantiqan
tuzilgan 
shakli 
bo‘lib, 
unda
tashkilot 
maqsadlariga 
samarali 
erishish
ta’minlanadi.Rahbariyatning struktura to‘g‘risidagi qarori asosida har bir lavozim
tashkilot maqsadlariga erishishda zarur hissa qo‘shadigan bir qancha vazifalarni
qamraydi
5
.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling