Янги китоб
Boshqaruv xodimlari. Boshqarishning zamonaviy
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
5.2. Boshqaruv xodimlari. Boshqarishning zamonaviy
shakllaridan foydalanish Ko‘pchilik kompaniyalarda hukmronlikni, huquq va javobgarlikni aniq taqsimlanishi hamda har xil saviyadagi boshqaruvni o‘zaro bir biriga bo‘ysunishi o‘rin olgan. Oliy, o‘rta va asosiy saviyadagi boshqaruvlar mavjud. Yaka xokimlik 80 mulkchiligiga ega kompaniyalarda mulk egasi bir vaqtda oliy saviyadagi menejer hisoblanadi. O‘rta saviya-bular filial rahbarlari, bo‘lim boshliqlari. Asosiy saviya-kichik jamoalar va guruh rahbarlari kiradi. Oliy saviya-prezident, vitseprezident, direktorlar majlisi, bu kompaniya boshqaruvining eng yuqori piramidasidir. O‘rta saviyadagi rahbarlik tezkor rejalarni amalga oshirishda va ishlab chiqarishga javobgar shaxsdir. Asosiy saviya - bu operatsion menejment saviyasidir, u boshqaruvni quyi darajasi hisoblanadi. Unga ustalar, brigada boshliqlari va boshqaruvchilar kiradi. Ishlab chiqarishda asosiy texnik faoliyatni menejer bajaradi va javob beradi. Menejer vazifasi-qobiliyatli odamlarni izlab topish va ularni ijodiy mehnat qilishlari uchun yaxshi va qulay sharoit yaratishdir. Rahbar san’atining ma’nosi xizmatchilarni harakatini tashkil qilish va tog’ri yo‘lga boshlashdan iboratdir. Jarayonni nazorat qilishda boshqaruvchiga qo‘yiladigan asosiy talablar materiallarning yaroqliligini rejalashtirmoq, quvvatni aniqlash hamda qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni rejalshtirish va sotishni tashkil etish. 6 Rivojlangan davlatlarni mutaxassislar fikricha korxona va firmalarning muvaffaqiyatli faoliyatining kaliti firma boshqaruvini samarali tashkil qilishdadir, ya’ni 1.Firma boshlig’ining harakati, 2.Ishlovchilar xulqi, 3.Jamoaning ishlab chiqarish faoliyat, 4.Firma ishining natijasi. Boshqaruv tizimi darajama-daraja bo‘ysunish qoidasi asosida qu‘riladi. Menejmentning tashkiliy mexanizmiga boshqaruvni vazifalari va tashkiliy tarkibi, boshqaruv xodimlari, boshqaruv qarorlari, boshqaruv texnikasi va texnologiyasi, boshqaruv mehnatini ilmiy asosida tashkil qilish, boshqaruvni huquqiy asosi va samaradorligini omillari kiradi. Menejment o‘zining izlanish usullari majmuasiga va boshqaruv tashkilotiga ega. Quyidagi iqtisodni boshqarish usullarini keltirish mumkin: 1.Tizim usuli-bu boshqaruv muammolarini yechishda ishlatiladi. 2.Izlanishni kompleks usuli-bu boshqa bir xil xodisalarni o‘rganuvchi fanlar bilan uzviy boѓliqlikda olib borilishi. 3.Tarkibiy usul-bu murakkab hodisalarni tarkibiy bo‘laklarga ajratishdan iborat. 4.Vaziyatli yondashish usuli-bu boshqarish faoliyatini maqbul usullarini ichki va tashqi sharoitga qarab belgilash. 5.Integratsion yondashish-bu tizimli, tarkibiy, vaziyatli usullardan kelib chiqqan holda o‘rganish. 6 Production Management I .Process planning and operations scheduling. Page3 81 6.Modellashtirish usuli-bu usul tizimli yondashish bilan bog’liq. 7.Iqtisodiy-matematik usul-eng optimal variant asosida boshqarish usuli, ya’ni EXMlardan foydalangan holda. 8.Kuzatish usuli- bu kuzatish va boshqaruvni hakikiy amaliyotini ma’lum tashkilotda belgilangan vaqt oraligida o‘rganish. 9.Eksperiment (tajriba) usuli. Menejmentda boshqarish usuli boshqariladigan ob’yektivlarga ta’sir ko‘rsatish usuli, ijtimoiy xarakterdagi ta’limiy munosabatlar yig’indisi, xo‘jalik va uning bo’linmalari miqyosida optimal natijalarga erishish uchun eng qulay sharoitlar yaratib berishdan iborat bo‘ladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling