Янги китоб


 Paxta tozalash korxonalarini boshqarish tizimi va uni


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

5.3. Paxta tozalash korxonalarini boshqarish tizimi va uni
takomillashtirish yo‘llari.
Paxta tozalash zavodi faoliyatiga asosiy rahbarlik qilishni aksiyadorlarning
umumiy yigilishi hal qiladi. Korxonani bezosita boshqarish rahbar (direktor)
zimmasiga yuklanadi. Unga yordam berish tarikasida tarkibiy bo’limlar, sho’balar
va xokazolar yoki korxonani (ishlab chiqarishni) boshqarishda qatnashuvchi ayrim
ijrochilar ko’rinishida ishlovchi yordamchi xizmat apparati tuziladi.Boshqaruvning
xizmat apparati yuqori unumli, samarali va tartibli ishlash uchun barcha zarur shart-
sharoitlarni ta’minlashi hamda kam sonli bo’lishi kerak. Paxta tozalash zavodlarida
sex tuzilmasi bo’lmagani tufayli (K.TS dan boshqa), boshqaruvning asosiy ob’yekti
— ishlab chiqarish uchastkalari bo’lib, ularda brigada ishchilari (paxta uzatish,
tolani presslash) yoki ayrim ishchilar (jinchilar, momiq ajratuvchi va boshqalar)
ishlashadi. Asosiy ishlab chiqarishga smenada boshliq yoki smena ustasi rahbarlik
qiladi.Smena boshlig’i (usta) bevosita zavodning bosh muhandisiga bo’ysunadi.
Paxta tozalash zavodining bosh muhandisi butun ishlab chiqarishning texnika
rahbarligini amalga oshiradi. Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar: ombor, laboratoriya,
transport tegishli rahbarlar ixtiyorida bo’lib, bevosita zavod direktoriga bo’ysunadi.
Paxta sanoati korxonalarining ko’pchiligidagi boshqaruv tuzilmasi taxminan bir xil
va faqat korxona hajmlariga bog’liq holda bir muncha tabaqalashtiriladi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirish va
boshqaruv apparatining ishini ixchamlashtirish ko’prina yo’nalishlar bo’yicha olib
boriladi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:
a) oralik bo’g’inlarni qiskartirish, bo’limlar va boshqa bo’linmalarni
yiriklashtirish, baravar ish bajarayotgan boshqaruv apparati organlarini tugatish;
b) mayda ishlab chiqarish bo’g’inlarini tugatish, korxonalar sex va
uchastkalarni yiriklashtirish, sanoat korxonalarini boshqarishning sexsiz tizimiga
o’tish;


88
v) ta’mirlovchi, materiallarni bichish, chiqindilarni qayta ishlash, transport
xizmatlari va shu kabilar bo’yicha kator korxonalarga xizmat ko’rsatish uchun
markazlashtirilgan ishlab chiqarish tashkilotlarini tuzish;
g) axborot va hisob sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish aloqasini nazorat
qilish, ishlab chiqarish jarayonini dispetcherlash va tezkor muvofiqlashtirishni
jadallashtirish uchun kompyuterlash, yangi EXMni keng tadbiq etish;
d) rejalashtirish va hisobot shakllarini soddalashtirish va qiskartirish;
e) sanoat ishlab chiqarishni boshqaruv ilror tajribasini
o’rganish,
umumlashtirish va yoyish.
Tashkiliy, texnika-mashina, mexanizm va asboblarni takomillashtirish
vositalarini tadbik etish hozirgi bozor va texnika taraqqiyoti sharoitlarida, ayniqsa,
qat’iy zarur. Ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli boshqarish uchun xilma-xil
axborotlar kerak bo’lib, ularni tahlil etib va qayta ishlab, eng foydali faoliyat
yo’llarini tanlash mumkin. Bunday axborotlar har bir korxonada bor: reja, statistik,
buxgalteriya, me’yoriy, texnologik, konstruktorlik va boshqa ma’lumotlardir.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling