89
_______________________________________________________
II BOB. ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISHNING UMUMIY
ASOSLARI
6. ISHLAB CHIQARISH JARAYONINING
TURLANISHI.
6.1. Ishlab chiqarish jarayoni tushunchasi.
6.2. Ishlab chiqarish operatsiyasi va uning guruhlanishi.
Tayanch iboralar: Ishlab chiqarish jarayoni, asosiy jarayonlar, yordamchi
jarayonlar,
boshqaruv jarayonlari,
ishlab chiqarish operatsiyasi,
ishlab chiqarish
bosqichi.
6.1. Ishlab chiqarish jarayoni tushunchasi
Ishlab chiqarish jarayoni – moddiy boyliklar
va ishlab chiqarish
munosabatlari yaratiladigan jarayondir. Moddiy boyliklarni yaratish
singari ishlab
chiqarish jarayoni ham, aniq bir mahsulot turini tayyorlash uchun zarur bo’lgan
mehnat va tabiiy jarayonlar yig’indisidan iborat. Aniq maqsadli faoliyat (mehnat),
mehnat predmetlari va mehnat vositalari mehnat jarayonini ham aniqlovchi asosiy
elementlar hisoblanadi.
Korxonaning murakkab negizi bo’lib ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadiki,
bunda xom-ashyo tayyor mahsulotga aylanadi. Demak, ishlab chiqarish jarayoni
xom ashyoni tayyor mahsulotga aylanishiga bevosita aloqador bo’lgan jarayonlarni
o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayoni insonning mehnat predmetiga mehnat
vositalari ta’siri orqali amalga oshiriladi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayoni yoki
ishlab chiqarish jarayoni mehnat predmetlari, mehnat vositalari va jonli mehnatning
o’zaro ta’sirining natijasi bo’lib hisoblanadi. Bu elementlarning birlashuvi ishlab
Do'stlaringiz bilan baham: