Янги китоб


Ishlab chiqarish jarayoni


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Ishlab chiqarish jarayoni – bu
xom-ashyoning
tayyor
mahsulotga
aylanguncha bo’lgan barcha jarayonlar to’plami. Mahsulot ishlab chiqarish
jarayoni yoki ishlab chiqarish jarayoni mehnat predmetlari, mehnat vositalari
va jonli mehnatning o’zaro ta’sirining natijasi bo’lib hisoblanadi.


90
chiqarishni tashkil etishni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish jarayoni mahsulot ishlab
chiqarishda vazifasi bir xil bo’lmagan turli jarayonlardan tashkil topadi.
Jarayonlar ko‘rinishlari:
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat predmetlarini sifatiy o‘zgarishlariga olib
keladigan jarayonlar asosiy jarayonlar deyiladi (sifatiy o‘zgarishlar mehnat
predmetlarining ichki xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi, shakli, hajmi va boshqalar).
Yordamchi jarayonlar esa asosiy jarayonlarni amalga oshirishda kerakli shart
sharoitlar yaratadi. Bularga quyidagilar misol bo‘la oladi: turli xildagi energiya
ishlab chiqarish, jihozlar remontini tashkil qilish va boshqalar.
Tabiiy jarayonlar – mehnat predmetlarining jismoniy xolatining tabiat
kuchlari ta’sirida o‘zgaradigan jarayonlar.
Xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlar-asosiy va yordamchi ishlab chiqarishga
moddiy xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlar, ya’ni xom ashyo, materiallar tayyor
mahsulotning fazodagi o‘rnini almashtirish, resurslarni keyingi ishlov berish uchun
ularni saqlash, moddiy-texnik va energetik resurslar bilan ta’minlash.
Boshqaruv jarayonlari - bu jarayonlarda qarorlar ishlab chiqilib qabul
qilinadi,ishlab chiqarish jarayoni nazorat qilinib tartibga solinadi, ishlab chiqarish
dasturi bajarilishining nazorati, qilingan ishlar tahlili va hisobi olib boriladi.
6.2. Ishlab chiqarish operatsiyasi va uning guruhlanishi.
Ishlab chiqarish jarayonlari tarkibiy bo’limlarga, ya’ni operatsiyalarga
bo’linadi. Ishlab chiqarish operatsiyasi deb bir yoki bir nechta ishchilar tomonidan
bir ish joyida bir xil mehnat predmetlari ustida va bir xil mehnat qurollari bilan
bajarilgan ishlab chiqarish jarayonining qismiga tushuniladi. Ish kuchi, mehnat
vositasi va mehnat predmetining o’zaro birlashuvi bir operatsiyani bajarishni
bildiradi. Bu elementlardan birining o’zgarishi esa boshqa operatsiyaning
boshlanishidan darak beradi. Mehnat predmetining bir sifatiy holatdan ikkinchi
sifatiy holatga o’tishida qatnashadigan bir yoki bir nechta operatsiyalarning
birlashmasi ishlab chiqarish bosqichi deb aytiladi.


91
Ishlab chiqarish jarayoni tarkibini quyidagi shaklda ko’rsatsa bo’ladi:

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling