95
tarmoqlariga uzatishgacha bo’lgan bosqichlar va operatsiyalarni qamrab olgan.Un
non
zavodiga
avtountashigich
1
bilan,
qo’shimcha
xom
ashyolar
esa
avtomashinalar 2 bilan keltiriladi. Quvur 3 orqali un diskli qo’shgichlar yordamida
siloslarga 4 ga saqlashga keltiriladi. Filtrlar 6, 10, 14 tashuvchi havoni un
changidan tozalab beradi. Keyin rotorli ta’minlagich orqali un siloslardan elaklar 9
yuqorisidagi idishlar 8 ga keltiriladi, va u erdan oraliq sig’imlar 11 ga keladi. Un
tarozilar 12 da o’lchangach bunker 13 ga to’kiladi, keyin esa quvur orqali ishlab
chiqarish bunkerlari 15 ga keladi. Suv o’lchagich baklar 16 da tayyorlanadi,
qo’shimcha xom ashyolar esa yig’gichlar 17...20 da eritma holida tayyorlanadi.
Xamir qorish uchun xamir tayyorlash agregati 29 ning xamir qorish mashinasi 26
ga dozator 25 orqali un, doimiy sathli baklar 21...24 dan dozator 27 orqali
qo’shimcha xom ashyolar eritmalari keltiriladi. Bijg’igan xamir ta’minlagich 28
yordami bilan bo’laklagich 30 ga keltiriladi, bu yerda ma’lum og’irlikdagi
bo’laklarga bo’lingach transportyorlar 31, 32 xamirni dumaloqlagich 33 ga, keyin
esa toblash mashinasi 34 ga olib keladi. Joylagich-manipulyator 35 xamir
mahsulotlarni tindirish shkafi 36 ning belanchaklariga joylashtiradi. Tindirilgan
xamir mahsulotlar transportyor 37 bilan tonelsimon pechning tagligiga keltiriladi.
Pishgan non transportyor 39 bilan taqsimlagich transportyor 40 yoki aravacha 48 ga
yo’llanadi. Yo’naltiruvchi qurulmalar 41 bilan non, non taxlash agregatlari 42 ga,
keyin esa konteynerlar 43 ning lotoklariga keltiriladi. Komplektlovchi aravacha 45
savdo tarmoqlari buyurtmalarini navlarga ajratish uchun xizmat qiladi. Yuklangan
konteynerlar to’plagichlar 44 da yig’iladi, bu yerdan ular konteyner-yuklovchi 46
bilan ekspedistiya rampalarining yuklash joylariga to’qnashuvchi mexanizm 47
bilan mahkamlanadigan avtonontashigichlarga yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: