Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI TASHKIL ETISH TAMOYILLARI VA USULLARI.
- 7.1. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish tamoyillari.
Nazorat savollari.
1. Ishlab chiqarish jarayoni nima? 2. Jarayonlar qanday ko‘rinishlarini bilasiz? 3. Asosiy va yordamchi jarayonlarni tavsiflang. 4. Boshqaruv jarayonlarining rolini ayting. 5. Ishlab chiqarish operatsiyasi nima va uni qanday guruhlash mumkin? 6. Ishlab chiqarish bosqichi deganda nimani tushunasiz? 7. Mexanizatsiyalashtirish darajasi qanday aniqlanadi? 8. Ish joyi deganda nimani tushunasiz, uning qanday tashkil turlarini bilasiz? 96 7.ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI TASHKIL ETISH TAMOYILLARI VA USULLARI. 7.1. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish tamoyillari. 7.2. Ishlab chiqarish davri, uning davomiyligini hisoblash va qisqartirish yo’llari Tayanch iboralar: jarayon uzluksizligi, , jarayon proporsionalligi, jarayon parallelligi, jarayon ritmiyligi, jarayon to‘g‘ri aniqliligi, ishlab chiqarish davri, ish davri. 7.1. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish tamoyillari. Ishlab chiqarish tizimi ishlab chiqarish jarayoni, uni bajarish uchun talab etiladigan xizmat ko’rsatish, muomala, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy munosabatlardan iborat. Shuning uchun tashkilotda mahsulot ishlab chiqarilganda uning element, operatsiya va jarayonlari rejalashtiriladi, tashkil etiladi. Bordi-yu ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi o’zgarsa, ishlab chiqarish tizimidagi ish hajmi ham o’zgaradi. Ishlab chiqarish tizimining barcha texnologik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqaruv unsurlari, operatsiyalari, jarayonlari oqilona yoki rastional tashkil etilishi lozim. Bundan buyon erkin iqtisodiy raqobatga asoslangan kurash ketadi, bir qancha tashkilotlar ham shunday turda faoliyatlar bilan erkin shug’ullanib, xo’jalik yuritish mexanizmlari taraqqiy etadi. Korxonada ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilish, ya’ni ixcham, arzonlashtirilgan, shu bilan bir vaqtda mukammallashtirilgan mahsulot ko’p hollarda ishlab chiqarish tizimidagi mutaxassislar, ijrochilarning samarali munosabatlariga bog’liq. Har bir ijrochi bajargan ishining natijalariga, shuningdek, ishlab chiqarish bo’limi va bo’linmalari faoliyatiga to’g’ri baho berishi uchun topshirilgan topshiriqlar, vazifalarni bajarishga qancha resurs sarf qilinishini bilishi kerak. Har qanday ishlab chiqarish resurslar sarfiga bog’liq. Shu sababdan mahsulot ishlab chiqarishning har tomonlama asoslangan resurs sarfi me’yorlari yordamidagina to’g’ri hal qilinishi mumkin. Asoslangan resurslar sarfi me’yori, belgilangan me’yorlarsiz ishlab chiqarishni rastional tashkil qilib bo’lmaydigina emas, shu bilan birga biznes-rejali xo’jalik yuritish, tashkilotning bir tekisda ishlashini yo’lga qo’yish, tashkilotda ishlab chiqarish faoliyatining ko’rsatkichlarini aniqlash mumkin bo’lmaydi. 97 Ishlab chiqarishda vaqt sarfi me’yoriga asosan ishlab chiqarish jarayonlari, davri, tizimi, xodimlarga bo’lgan ehtiyoj aniqlanadi. Ishlab chiqarishning davrlarini davom etishiga qarab topshiriqlar hisoblab chiqiladi. Ishlab chiqarish davrining davom etish muddati infratuzilmalardan ishlab chiqarish jarayonini boshlash vaqtidan to tugashigacha sarflangan vaqt hisoblanadi. Korxonadagi barcha mehnat turlarini oqilona tashkil etish uchun ishlab chiqarish jarayoni yoki xizmat ko’rsatish sohasida bajaradigan ma’lum vazifalari bo’yicha ijro etilish harakatlarining barcha elementlarini tassavvur qila bilish lozim. Mehnat jarayonining tavsifi va mazmuni belgilangan ishlab chiqarish texnologiyalari, moddiy-texnik vositalarni ishlatilishiga bog’liq. Korxonada ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilib, shu tahlil natijalari asosida ishlab chiqarish jarayonining strukturasini yaxshilash tadbirlari ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish jarayoni uni oqilona tashkil qilish tamoyillari asosida doimiy takomillashtirilib boriladi. Asosiy tamoyillardan bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Jarayonlarning mutanosibligi (proporsionalligi). 2. Jarayonlarning uzluksizligi. 3. Jarayonlarning parallelligi. 4. Jarayonlarning ritmliligi. 5. Jarayonlarning to’g’ri aniqliligi. 1. Ishlab chiqarishning mutanosiblik (proporsionallik) darajasi mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha har bir ish joyining ishlab chiqarish topshirig’i va o’tkazish qobiliyati kattaligi orasidagi farqlar orqali aniqlanishi mumkin. Mutanosiblik (proporstionallik) koeffitsienti quyidagi formula orqali aniqlanadi: m z n К m p / 1 ; bu yerda: m – ish joylari soni; n – o’rtacha o’tkazuvchanlik qobiliyati; Z – mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish topshirig’i. Korxona barcha bo’linma va sexlarida ma’lum vaqt ichida mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha alohida ish joylari, uchastkalarning, jihozlarning unumdorliklarining bir-biriga to’g’ri kelishiga ahamiyat berilishida Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling