103
7. Ishlab chiqarish davri davomiyligini qisqartirish yo’llari nimalardan iborat?
8. Ish davri nima?
9. Ish davri koeffitsienti nimani bildiradi?
8.ISHLAB CHIQARISHNING TASHKILIY TURLARI VA ULAR
TAVSIFI
8.1. Ishlab chiqarish turining tavsifi va ishlab chiqarishni tashkil qilish
metodlari.
8.2.Oqimli-potok asosida ishlab chiqarishning mohiyati. Potok chizig’i va
uning elementlari.
8.3. Potok chiziqlarining guruhlanishi. Uzlukli va uzluksiz potok.
8.4.Potokni
tashkil qilish va hisoblash,
Potok ishlab chiqarish
samaradorligi.
8.5. Avtomatlashtirilgan potok chiziqlari, sexlari va korxonalari.
Tayanch iboralar: Yagona ishlab chiqarish, seriyali ishlab chiqarish,
ommaviy ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni yagona tashkil qilish metodlari, potok
uslubi, oddiy va murakkab potok chizig’i, potok chizig’i, potok ritmi, yetakchi-
bosh mashina, potok ishlab chiqarish topshirig’i, mehnat predmetiga ishlov berish
davomiyligi, uzlukli potok, uzluksiz potok, mashinalar unumdorligi umumiy
muvofiqlik koeffitsienti.
8.1. Ishlab chiqarish turining tavsifi va ishlab chiqarishni tashkil qilish
metodlari.
Ixtisoslashish darajasiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari turlari va
miqdoriga qarab ishlab chiqarishning turlari aniqlaniladi.
Ishlab chiqarish turlari-doimiy nomenklatura asosida mahsulot ishlab
chiqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish elementlari va omillari birliginining
xususiyatlari va tashkiliy – texnik, iqtisodiy tavsiflarining yig’indisidir.
Ishlab chiqarish turlari quyidagilarga bo’linadi: