Янги китоб


-chizma. Ishlab chiqarish turlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

9-chizma. Ishlab chiqarish turlari
Yagona(yakka) ishlab chiqarish-mehnat jarayonining tuzilishi, o’zining
beqarorligi bilan tavsiflanib, bu ishlab chiqarish turida korxonaning asosiy ishlab
chiqarish ish joylarida bajarilayotgan jarayonlar bir mahsulot tayyor bo’lgandan
so’ng 2-mahsulot uchun o’zgaradi, yana yangi mehnat jarayoni boshlanadi,
mahsulot ma’lum bir miqdorda ishlab chiqariladi yoki faqat bir marta ishlab
chiqariladi, ayrim paytda ma’lum buyurtma asosida ishlab chiqariladi. Yakka
ishlab chiqarish sharoitida ish joylari o’ziga doimiy biriktirilgan operatsiyalarga
ega emas, ular turli xil operatsiyalar bilan yuklanadilar. Yakka ishlab chiqarish
korxonalariga yangi turdagi jihozlar ishlab chiqaruvchi yukori tajribali korxonalar
kiritiladi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarishning bunday turini ilmiy-
ishlab chiqarish birlashmalarida yoki korxonalarning yordamchi ishlab chiqarishi
(remont, mexanika xonalari)da kuzatish mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish
nomenklaturasining xilma-xilligi bir necha operatsiyalarni bajaruvchi universal
jihozlar va mashinalarni qo’llashni talab qiladi. Asosiy ishlab chiqarishdagi alohida
ish joylarida bajariladigan operatsiyalarning mazmuni har biri birlik mahsulot
ishlab chiqarilgandan keyin o’zgaraveradi. Maxsus jihozlarning ma’lum miqdorda
qo’llanilishi jonli mehnat sarfini oshirishga olib kelib, past mehnat unumdorligiga
ega bo’lishga sabab bo’ladi. Bu yerda mehnat predmetlarining ketma-ket harakat
turi qo’llaniladi, asosiy ishlab chiqarishni uzluksiz ishlab chiqarish potoki asosida
tashkil qilishning imkoni bo’lmaydi, bu yerda juda yuqori malakali ishchilar
ishlashi kerak.
Seriyali ishlab chiqarish - bu ishlab chiqarish shaklida ma’lum vaqt
oralig’ida bir xil mahsulotlarning seriyalarini tayyorlash takrorlanadi. Seriyali
ishlab chiqarish jarayonlarida ish joylari aniq ketma-ketlikda bajariladigan bir
necha operatsiyalar bilan biriktiriladi.
Mahsulot nomenklaturasi xilma-xilligi va ishlab chiqarish hajmiga bog’liq
holda seriyali ishlab chiqarish mayda seriyali, o’rta seriyali va yirik seriyali ishlab
chiqarishga bo’linadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling