106
10-chizma. Ishlab chiqarishni tashkil qilish 3 metodi
Ishlab chiqarishni potok asosida tashkil qilish metodi-texnologik jarayon
buyicha joylashgan ish joylarida asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi ishlab
chiqarish operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashtirilib, vaqt va fazo bo’yicha ritm
asosida ishlab chiqarish takrorlanishiga asoslangan metoddir. Bu metod ommaviy
va yirik seriyali ishlab chiqarish turlariga xosdir.
Ishlab chiqarishni partiyali tashkil qilish metodi - bu metodda davriy
ravishda chegaralanmagan nomenklatura asosida ma’lum miqdorda mahsulot ishlab
chiqarish tushuniladi. Ishlab chiqarishning partiyali metodi ishlab chiqarishning
seriyali turiga xosdir.
Ishlab chiqarishning yagona metodini tashkil qilishda ma’lum vaqt
oralig’ida takrorlanadigan yoki hech qachon takrorlanmaydigan yagona nusxada
keng nomenklaturada mahsulot ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish metodini tanlashda ta’sir qiluvchi omillar
quyidagilar:
1)ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasi;
2)mahsulot ishlab chiqarish dasturi;
3)ishlab chiqarish davriyligi;
4)mahsulot mehnat sig’imi;
5)ishlab chiqarish texnologiyasi xususiyati.
8.2.Oqimli –potok asosida ishlab chiqarishning mohiyati.
Potok chizig’i va uning elementlari.
Asosiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning vazifasi - umumiy ko’rinishda
ishlab chiqarishning hamma elementlarini samarali bog’lash va ulardan samarali
foydalanishdan iborat. Buning natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshadi va
mehnat unumdorligi o’sadi. Tannarx kamayadi, mehnat sharoiti yaxshilanadi.
Ishlab
chiqarishni
tashkilqilishmetodlari
Potok asosida
Do'stlaringiz bilan baham: