108
Potok chizig’ida bosh mashina yoki ish joyi ajratiladi.
Bosh mashina tushunchasida potok uslubini hisoblashning alohida metodi
mavjud. Unda bosh mashina ko’rsatkichlari asosida potok chizig’ining hamma
parametrlari aniqlanadi. Oddiy, murakkab, bosh va yordamchi potok chiziqlari
mavjud. Oddiy chiziqlarda bir operatsiyada bir ish joy yoki mashina band.
Murakkab chiziqlarda bir operatsiya bir qancha mashinalarda yoki ish joylarida
bajariladi. Potokning bosh chizig’i bu xom-ashyoni tayyor mahsulotga
aylantiruvchi yakunlovchi ish joyi. Yordamchi chiziqlarga jarayonning
boshlang’ich yakunlovchi ishlab chiqarish bosqichlari kirishi mumkin. Potok
chiziqlarida ish joylari transport vositalar bilan bog’lanadi. Ular quyidagicha
bo’lishi mumkin:
Uzluksiz transport vositalari (konveyerlar, lentali transportyorlar, shneklar,
noriyalar).
Davriy harakat transport vositalari (avtoyuklovchilar, elektr va qo’l
aravachalari).
Harakatga kelmaydigan transportlar (o’zioqar trubalar).
Pnevmotransport.
Potok chiziqlarining elementlari bo’lib ishlab chiqarish topshirig’i va ishlab
chiqarish ritmi hisoblanadi.
11-chizma. Potok
chiziqlarining elementlari
Potok chiziqlarining
elementlari
Potok ritmi alohida
mahsulot yoki mahsulot
partiyalarini ishlab chiqarish
orasidagi oraliq vaqt
Ishlab chiqarish topshirig’i- vaqt birligi
ichida potokning quyi bo’g’inlarida
(yordamchi chiziqda) ishning to’xtovsiz
olib borilishini yoki yuqori bo’g’inga
berilgan ishlab chiqarish hajmini (bosh
chiziq yoki bosh mashina) bajarilishini
ta’minlash
uchun ishlov berilishi kerak
bo’lgan
mehnat predmetlari miqdori
Do'stlaringiz bilan baham: