Янги китоб


Bosh yoki yetakchi mashina


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Bosh yoki yetakchi mashina deganda unumdorligi butun potok chizig’i
ishlab chiqarishini belgilab beradigan va eng ko’p maydonni egallaydigan,
eng ko’p qiymatga ega bo’lgan, hamda jarayonning eng og’ir asosiy
operatsiyasini bajaradigan mashina tushuniladi.


109
Yordamchi chiziqlar uchun va potok operatsiyalari uchun ishlab chiqarish
topshirig’i quyidagi formula orqali topiladi:
Z = g
 a ;
bu yerda:
Z - yordamchi chiziq yoki operatsiyaning vaqt birligi ichida ishlab
chiqarish topshirig’i;
g - mumkin bo’lgan yoki belgilangan bosh chiziqning ishlab chiqarishi;
a - bosh va yordamchi chiziqlar yoki potokning bosh mashinasi va boshqa
ish joylarida ishlab chiqarish o’rtasidagi farqni ifodalovchi koeffitsient.
Potok chizig’ining mashinalariga, ish joylariga ishlab chiqarish topshirig’i
keltirilgan formula orqali hisoblanadi. Oddiy potokda har bir operatsiyani
bajarishda bitta mashina band, shuning uchun ishlab chiqarish topshirig’i shu ish
joyining topshirig’iga teng, ya’ni
Z
o
= Z
i.j.
;
Murakkab potoklarda bir operatsiyada bir qancha mashinalar band, shuning
uchun operatsiya ishlab chiqarish topshirig’i shu operatsiyalar soniga teng.
Z
o
= Z
i.j.
 S;
bu yerda:
S – mashinalar soni.
Potok ritmi, potok chizig’i ritmi, operatsiya va mashinalar, ish joylari ritmi
mavjud.
Potok ritmi rejali davrdagi ish vaqti fondining tovar ishlab chiqarish
dasturlariga (N) bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi yoki potokning bosh chiziqlari
unumdorligiga bo’lish bilan aniqlanadi.
N
T
r

;
yoki
ch
b
g
T
r
.

;
Uzluksiz ishlab chiqarishda T kalendar ish vaqtiga teng (soat, smena,
sutka).
Uzlukli ishlab chiqarishda reglamentli tanaffuslar hisobga olinishi kerak.
Potokning yordamchi chiziqlari ritmi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
ch
yo
Z
T
r
.

;
Operatsiya ritmi bu alohida mahsulotlarni ish joylarida va mashinalarda
ishlov berish o’rtasidagi oraliq vaqt.
Mashina ritmi mehnat predmeti yoki ularning partiyasini shu mashinada
ishlov berilishi tugatilishi kerak bo’lgan cheklangan vaqtini bildiradi.
Operatsiya va mashinalar ritmlari formulasi quyidagicha:


110
0
0
Z
T
r

j
ish
j
ish
Z
T
r
.
.

Ishlab chiqarish topshirig’i berilgan ish joyida qayta ishlanayotgan mehnat
predmetlari birligida o’lchanadi. Masalan, tegirmonning don tozalash bo’limida –
bug’doyda (tonna), unni qadoqlash bo’limida qopda, paketda (dona), xamir qorish
bo’limida – xamir qorish qozonlari soni va h.k.
Ma’lumki, asosiy mashinada qayta ishlanuvchi mehnat predmetlari va ish
joylarida qayta ishlanuvchi mehnat predmetlari orasida ularning massasi,
texnologik tayyorligi bo’yicha katta farq mavjud. Ushbu farqni hisobga olgan
holda, asosiy mashinaning unumdorligi va ma’lum ish joyining unumdorligini
taqqoslashni ta’minlash maqsadida maxsus koeffitsientlardan foydalaniladi. Ushbu
koeffitsient ishlab chiqarishdagi mexanik va texnologik yo’qotishlar, ma’lum ish
joyida qayta ishlanayotgan mahsulotlarning tayyor mahsulot tarkibidagi solishtirma
vazni turli bo’lishi natijasida asosiy mashinaning va ish joyi unumdorligi orasida
paydo bo’ladigan farqni hisobga oladi (masalan, donni qayta ishlash korxonalarida
unning chiqishi 78 %. Bu yerda asosiy mashinaning unumdorligi bug’doyda
hisoblanadi. Unni qadoqlovchi bo’limdagi ish joylari topshirig’i un hisobida
hisoblanadi va bu turli farqlarning paydo bo’lishiga olib keladi).
Chunki ish joyining ishlab chiqarish topshirig’i ushbu ish joyidagi
mashinalarning unumdorligiga to’g’ri kelmaydi, buning natijasida ish joyi ritmi
berilgan ish joyida mehnat predmetlarini qayta ishlash davomiyligiga doimo to’g’ri
kelavermaydi.
Agar, ish joyining ishlab chiqarish topshirig’i unda o’rnatilgan
mashinalarning unumdorligidan kichik bo’lsa, u holda ish joyi ritmi qayta ishlash
davomiyligidan katta bo’ladi. Bu yerda ish joyi ritmi va qayta ishlash davomiyligi
orasidagi farq mashinalarning bekor turish vaqtini ko’rsatadi.
Mashina va ish joylarida mehnat predmetlariga yoki ularning partiyasiga
ishlov berish davomiyligi – bu mashinada bir mehnat jarayoni bajariladigan yoki
mehnat predmetlari va ularning partiyasiga ishlov berish tugallaniladigan davr, qo’l
va mashina operatsiyalari vaqtini o’z ichiga oladi. Mahsulotlarga ishlov berish
davomiyligi mashina unumdorligini xarakterlaydi. Davriy harakatdagi mashinalar
uchun u mashinalarni yuklashga ketadigan vaqt (t
yu
) , texnologik jarayon( t
t
) va
bo’shatish vaqtlarini (t
b
)o’z ichiga oladi.
t
i.b.
= t
yu
+ t
t
+ t
b
;
bu yerda:
t
i.b.
- ishlov berish davomiyligi.
Uzluksiz harakatdagi mashinalar uchun mehnat predmetlariga ishlov berish
davomiyligi mashinalar unumdorligi mikdoriga teskari ko’rsatkich sifatida
aniqlanadi:


111
U
t
b
i
1
.
.

;
yoki
M
Т
t
b
i

.
.
;
K - T vaqt ichida ishlov beriladigan mehnat predmetlari miqdori.
Uzluksiz potokda mehnat predmetlariga ishlov berish davomiyligi ishlab
chiqarish ritmiga teng bo’lishi kerak:
t
i.b.
= r
8.3. POTOK CHIZIQLARINING GURUHLANISHI.
Uzlukli va uzluksiz potok.
Potok chiziqlari bir necha belgilari bilan guruhlanadi:
1. Mexanizatsiyalashtirish darajasiga qarab mexanizatsiyalashtirilgan,
avtomatlashtirilgan va qo’l mehnati ko’p bo’lgan potok chiziqlarga bo’linadi
2. Ishlab chiqarish potok chiziqlari soniga qarab: bir chiziqli va ko’p
chiziqli potoklarga bo’linadi. Ishlab chiqarish potok chiziqlari yoki ularning
yig’indisi ishlab chiqarish potokini tashkil qiladi va u ko’p chiziqli va bir chiziqli
bo’lishi mumkin. Bir chiziqli potok bitta oddiy yoki murakkab potok chizig’idan
tashkil topgan.Ko’p chiziqli potok bir nechta potok chiziqlaridan tashkil topgan va
ular oddiy yoki murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy potok chizig’ida har bir ish
joyida bittadan mashina o’rnatiladi.Murakkab potok chizig’ida alohida ish
joylarida ma’lum bir texnologik operatsiyalarni bajaruvchi bir necha bir turdagi
mashinalar o’rnatiladi.
3. Mehnat predmetlarining harakat yo’nalishi bo’yicha: vertikal, gorizontal,
aralash potok chiziqlariga bo’linadi. Vertikal potok chiziqlarda mashina va jihozlar
mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi asosida vertikal tarzda ketma-ket
joylashtiriladi. Gorizontal potok chiziqlarida mashina va jihozlar gorizontal tarzda
ketma-ket joylashtiriladi. Aralash potok chiziqlari ham gorizontal ham vertikal
potok chiziqlaridan tashkil topadi.
4. Transport vositalari turiga qarab: konveyerli va konveyersiz potok chiziqlarga
bo’linadi.
Potok chiziqlarining bir maromda ishlashini tashkil etishda
operatsiyalararo transport turini tanlash katta ahamiyatga ega.
Transport
vositalarining asosiy vazifasi nafaqat ish joylariga xizmat ko’rsatishdan, balki
mahsulotlarni bir operatsiyadan keyingisiga majburiy o’tkazish yo’li bilan
potokning berilgan ritmini ta’minlashdan iborat. Potok chiziqlarida operatsiyalararo
yuklarni tashishda qo’llaniladigan transport vositalarining turlari har xil. Ularni ikki
turga bo’lish mumkin: konveyerli va konveyersiz. Konveyerli transport vositalar
qatoriga yuk ko’taruvchi transport vositalari (noriya) va uzluksiz harakatlanuvchi
konveyerlarni (lentali, zanjirli trasporterlar) kiritish mumkin. Konveyersiz potok
chiziqlarda og’ir yuklarni tashishda (un qoplari, shakar qoplari, yashiklar) avtokara
kabi transport vositalaridan foydalaniladi. Bundan tashqari mehnat predmetlarini


112
tashishda qiya potoklardan ham foydalaniladi va bu yerda mehnat predmetlari o’z
og’irligi ta’siri natijasida harakat qilishadi.
5. Ritmga rioya qilish bo’yicha potoklar: erkin va reglamentlashtirilgan
ritmli potok chiziqlarga bo’linadi. Reglamentlashtirilgan ritmli potok chiziqlarida
ham texnologik ham ko’chuvchi operatsiyalarda avtomatik jihozlar qo’llaniladi, bu
operatsiyalarda mehnat predmetlari qat’iy belgilangan aniq vaqt oraliqlarida
uzatiladi. Erkin reglamentlangan potok chiziqlarida mehnat predmetlarini
operatsiyalarga uzatish tezligi ishchilarga bog’liq bo’ladi.
6. Mehnat predmetlariga ishlov berish uslubi bo’yicha: donali, uzluksiz
Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling