133
Har qanday investitsiya loyihasi kabi innovatsiya loyihalari aniq maqsadga
ega bo’lib, unga erishishning
mavjud imkoniyatlari, ya’ni moliyaviy, moddiy,
mehnat resurslari, vaqt birligi (zamon va makonda) bilan
birga doimo intellektual
salohiyatga tayangan holda, yangi texnika-texnologiyalarni yaratish,
ish-faoliyatni
boshqarishning takomillashgan usul va shakllarini ishlab chiqish hamda ularni joriy
etishga qaratilgan, aniq ma’lumotlar hisob-kitoblari, tahlillari
asosida istiqbolga
qilingan bashoratlarni o’z ichiga oluvchi kompleks hujjatlar yig’indisi hisoblanadi.
Innovatsiya loyihaning asosiy maqsadlaridan biri korxona yuqori sifatga ega
bo’lgan kerakli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish layoqatiga ega ekanligini
raqobatchilarga isbotlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: