Янги китоб
Ilmiy texnika taraqqiyotning samaradorligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
Ilmiy texnika taraqqiyotning samaradorligi.
Ilmiy-texnika taraqqiyotining samarasi deganda "Fan - texnika - ishlab chiqarish- qo'llash" davrining turli bosqichlarida olingan ijobiy natijalar tushuniladi. Bu natijalar ijtimoiy,siyosiy va iqtisodiy muammolarining hal qilinishi ta`minlash kerak. Yangi hodisalarni, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochadigan,ulardan xalq xo'jaligida foydalanish imkoniyatlarini topadigan mehnat vositalarining optimal parametrlarini, ularning iqtisodiy qo'llanish sohalarini belgilaydigan ilmiy ishlanmalar ilmiy samarani ta`minlaydi.Avval o'zlashtirilgan mashinalar, uskunalar, asboblar, materiallarning ko'rsatkichlarini yaxshilash,yangisini yaratish texnikaning rivojlanish yutuqlarini joriy qilish texnik samarani xarakterlaydi. Respublikamiz yagona ilmiy davlat siyosatini fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanishi hisobiga kishilar hayotining ijtimoiy 135 sharoitlarini yaxshilashga orientir qilmoqda. Bu bilan esa ilmiy-texnika taraqqiyotining ijtimoiy samarasi xarakterlanadi.U kishi mehnatining xarakteri va mazmuni hamda hayotining ijtimoiy sharoitlari yaxshilanishida o'z ifodasini topadi,ya`ni mehnat yangilashida,uning xavfsizligi ta`minlanadi.Aqliy va jimsoniy mehnat farqi kamayadi,mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligi,aholining hayot va maishiy sharoitlari yaxshilanadi, madaniyat saviyasi ko'tariladi,mamlakatning mudofaa qobiliyati, texnik-iqtisodiy mustaqilligi mustahkamlanadi.Fan va texnika yutuqlarini moddiy ishlab chiqarishda qo'llash,iqtisodiy rivojlanishi omili bo'lib,sarflanadigan ijtimoiy mehnat umumiy miqdoriga va tarkibiga ta`sir qiladi.Bundan esa,ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalanish ijtimoiy mehnatni tejash iqtisodiy samarani aniqlaydi.Jamiyat doimo rivojlanishi uchun ishlab chiqarish,noishlab chiqarish sohalarida alohida bajariladigan ishlarda ham kishi faoliyatining barcha sohalarida ham ish vaqti sarfini kamaytirish kerak.Ijtimoiy mehnat tarkibi va miqdorini taqqoslab ,ilmiy- texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishga paydo bo'ladigan tashkiliy texnikaviy va ijtimoiy aspektrlarga tavsiyanoma berish mumkin.Shunday qilib iqtisodiy samara ijtimoiy mehnat sarfining farqi (ayirmasi) sifatida ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarining qiyosiy foydaliligining qiyosiy ob`yektini ifodalaydi.Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligi uni bazis yoki boshqa varianti tayyorlangan va foydalanilayotgan texnika bilan qiyoslash natijasida belgilanadi.Bundan texnikani yaxshilashda sarflangan xarajatlarining ham ,iqtisodiy samarasining ham nisbiy miqdori ayon bo'ladi,shunga ko'ra ilgari ma`sum bo'lgan barcha ta`riflarga qo'shimcha qilib,resurslarning ma`lum turidan foydalanishni,yangi texnikaning qiyosiy samaradorligining ifodalanishini aytish mumkin.Yangi texnika variantlarini tanlash va qiyoslash xalq xo'jaligi samarasining mablag'lar nisbati bilan aniqlanadigan iqtisodiy samaradorlik hisoblariga asoslanadi.Bu narsa texnikani rivojlantirish yo'nalishini aniqlashda nafakat tarmoq manfaatlarini,balki butun xalq xo'jalik manfaatlarini hisobga olishni zarur qilib qo'yadi.Texnikaning xalq xo'jaligidagi samaradorligidan xalq xo'jaligining alohida bo’g'inlari-korxonalar uchun xarakterli bo'lgan xo'jalik samaradorligi farqlanadi.Bundan quyidagi vazifa chiqadi:yangi texnikani,progressiv texnologiyani joriy qilishda mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirishda xo'jalik iqtisodiy samarasi-" sof" foydaning (daromadning) olinishini ta`minlash zarur.Shunga ko'ra,yangi texnikaning xo'jalik iqtisodiy samaradorligi xo'jalik samarasi (foyda)ning hosil bo'lishiga sarflangan xo'jalik mablag'lariga nisbati bilan aniqlanadi.Ba`zi hollarda yangi texnikaning xo'jalik iqtisodi samaradorligi xalq xo'jaligi bilan mos kelmasligi tufayli,xo'jalik manfaatlari ham xalq xo'jaligi manfaatlariga mos kelmasligi mumkin.Boshqaruvning iqtisodiy usullarini takomillashtirish hisobiga xalq 136 xo'jaligi manfaatlarini uning alohida bo’ginlari manfaatlari bilan moslashtirish iqtisodiy fan va xo'jalik amaliyotining vazifasi hisoblanadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling