Янги китоб
Kontraktatsiya shartnomasi tushunchasi nima?
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
Kontraktatsiya shartnomasi tushunchasi nima?
Kontraktatsiya shartnomasiga asosan kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchi, qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga - tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda to‘lash (to‘lab turish) majburiyatini oladi, ya’ni ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. Kontraktatsiya shartnomasining huquqiy munosabatlari nimalardan iborat? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, tayyorlov va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish va ularni bajarishda paydo bo‘ladigan munosabatlarni tartibga solib, ularni hududiy tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibotlarini qamrab olgan.Jumladan, xo‘jaliklar bilan tayyorlov va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotish, moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan barcha turdagi shartnomalar tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bajarilishi kerak. Tuman (shahar)lar hokimliklari o‘z vakolatlari doirasida xo‘jaliklar bilan tayyorlov va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida davlat ehtiyojlari uchun shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib boradi. Kontraktatsiya shartnomalari, shuningdek moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan shartnomalar xo‘jaliklarning biznes-rejalarida nazarda tutilgan hajmlardan kelib chiqqan holda, agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish boshlanishidan bir oy oldin, lekin kalendar yil boshlanishidan kechikmay tuzilishi lozim. Kontrakatsiya shartnomalari tuzilish jarayonida tuman Fermerlar kengashining shartnomaviy munosabatlari bo‘yicha mutaxassilari ishtirokida amalga oshirilishi lozim.Shartnoma tomonlardan har biri va tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi 150 uchun bir nusxadan tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling