Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.BOB. ISHLAB SHIQARISHNI TEXNIKAVIY RIVOJLANTIRISH VA TASHKIL QILISH
- Tayanch iboralar
Nazorat savollari:
1. Xom ashyo tushunchasiga izoh bering. 2. Asosiy xom ashyo va yordamchi materiallar nima? 3. Sanoatdagi xom ashyolar qanday turlarga bo‘linadilar? 4. Qishloq xo‘jaligi xom ashyosi qanday turga bo’linadi? 5. Import o'rnini bosuvchi loyihalarni amalga oshirishda mahalliy xom ashyoning roli nimada ifodalanadi? 6. Sanoat kooperatsiyasi deganda nimani tushunasiz? 7. Yangi turdagi mahsulotni o'zlashtirishda xom ashyoni to'g'ri tanlash qanday darajada olib boriladi? 8. Xom ashyosini tayyorlash maskanida qabul qilish tartibi qanday? 9. Paxta xom ashyosini zonalar bo’yicha qabul qilish qanday amalga oshiriladi? 10. Kontraktatsiya shartnomasi nima? _______________________________________________________________ III.BOB. ISHLAB SHIQARISHNI TEXNIKAVIY RIVOJLANTIRISH VA TASHKIL QILISH 12.Yangi texnikani yaratish va o’zlashtirish. 13.Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish. 14.Ixtiro va ratsionalizatorlik faoliyati. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlashni tashkil etish. Tayanch iboralar: Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, yangilik kiritish loyihasi, Ilmiy tadqiqot, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, ratsionalizatorlik faoliyati, ixtiro, kashfiyot. 12.Yangi texnikani yaratish va o’zlashtirish. Yangi mahsulotni yaratishni, ishlab chiqarishning texnik bazasini rivojlantirishni va uni tashkil qilishni takomillashtirishni ta’minlovchi texnik tashkiliy tadbirlarning yig’indisi ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni anglatadi. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash korxonada texnik rivojlanish rejasining bajarilishida o’z ifodasini topadi. Bu reja korxonaning biznes rejasida ham o’z aksini topib, uning bo’limlari quyidagilardan iboratdir: ilmiy izlanish, konstruktorlik ishlarini o’tkazish; 151 yangi mahsulot turlarini yaratish, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini oshirish; ilg’or texnologiyani ishlab chiqarishda tadbiq qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; mehnatni ilmiy tashkil qilishni tadbiq qilish; ishlab chiqarishni boshqarish, rejalashtirish va tashkil qilishni takomillashtirish. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash quyidagilarga bo’linadi: 1) ilmiy izlanishli tayyorlanish, 2) loyihali konstruktorlik tayyorlanish, 3) texnologik tayyorlanish, 4) moddiy tayyorlanish, 5) tashkiliy rejali tayyorlanish. Biror bir vazirlikka qarashli korxonada shu vazirlik topshirig’iga asosan izlanishlar asosida ilmiy izlanishli tayyorlanish o’tkaziladi. Izlanishlar texnik, texnologik, iqtisodiy, psixologik va ijtimoiy muammolarda o’tkazilishi mumkin. Bunda xarajatlar va samaradorlik aniqlanadi. Firmaning yangilik kiritishdan foydalanish sohasidagi faoliyatini tashkil qilish alohida bosqichlardan iborat g‘oyat murakkab tadbirlardan tashkil topadi, ular umuman yangilikning yashash davriga ta’sir ko‘rsatadi. Loyihaviy yondashuv butun ilmiy ishlab chiqarish doirasini chiqishga asoslanadi, unda yangiliklarni ishlab chiqish, yaratish, tatbiq etish va tarqatishdan tortib mahsulotni foydalanishdan olib tashlashgacha bo‘lgan jarayon tushuniladi. Innovatsiya bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish davra tushunchasi prinsipial texnik-texnologik tizimlar hamda tajribali namunalar almashuvi va uskunalarning mavjudlarini almashtirishga tegishlidir. Ishlab chiqarishdagi texnologik qarorlar, texnika va tayyor mahsulotlar modellarining doiraviy aylanishi va almashuvi innovatsion jarayonning asosiy mazmuni hisoblanadi. Ishlab chiqarish tizimlarining yashash davri ishlab chiqish bosqichidan boshlanadi. Bu erda ilmiy tadqiqotlar, tajribaviy namunalarni tuzish va yaratish, sinovlarni o‘tkazish amalga oshiriladi. Mahsulot murakkablashgani va modernizatsiyalangani sari bu bosqich borgani sari kattaroq ahamiyat kasb etadi. Birinchi bosqich seriyali ishlab chiqarishga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan yakunlanadi. Mahsulotning ilm iste’moli qancha yuqori bo‘lsa, kichik seriyali ishlab chiqarishning roli va 152 qo‘llanilayotgan texnologik qarorlarning egiluvchanligi va moslashuvchanligi shunchalik yuqori. Keyingi bosqich ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash va texnologiyalarni tanlashni o‘z ichiga oladi. Yangi materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish usulini tanlashga ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy tayyorgarligini tashkil qilish tizimi va zarur texnologik uskunalarning tarkibi katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona tizimi (ICHTTYAT)ga muvofiq mahsulotlarni ommaviy va seriyali ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, jihozlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish, mahsulotning tajribaviy namunasini ishlab chiqarish va sinovdan o‘tkazish, umuman ishlab chiqarish tizimini tashkil qilish va vujudga keltirishni o‘z ichiga oladi. Texnologik jarayonni ishlab chiqishda ta’sir ko‘rsatish usullari operatsiya turlari va ularning izchilligi, mahsulotlar oraliq turlari, detallar yoki qismlarni olish usullari belgilanadi. Nihoyat, jarayonning asosiy, yordamchi va yakuniy bosqichlari birlashtiriladi. Texnologik uskuna, uning texnik ta’riflari (quvvati, ishonchliligi, unumdorligi) yoshi, eskirish darajasi, ta’mirlanishning texnologik ta’riflari bo‘yicha tanlab olinadi. Yangilik kiritish loyihasini amalga oshirish uchun texnologik yechimni tanlash muqobillik asosida amalga oshiriladi. Tanlash mezonlari g‘oyatda turli- tuman, ammo moliyaviy maqsadga muvofiqlik va texnologik amalga oshirilishi hal etuvchi hisoblanadi. Buni odatda qabul qilinayotgan loyihaning rentabelligi, uning texnologiya, uskunalar, asboblar, jihozlar, ijrochilarning sifati va soni jihatidan amalga oshirish mumkinligi tushuniladi Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki qism — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi. Ilmiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanish darajasi fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishni joriy qilishni tashkil qilishga bog'liq.Bu jarayon esa fan texnika 153 yutuqlarini realizatsiya qilish davrining mazmuni va xususiyatlarida o'z aksini topadi.Fan va texnika yutuqlarining realizatsiya davri ilmiy-tadqiqot ishlari,tajriba nusxani loyihalashtirish va sinash,joriy qilish bosqichlaridan iborat. "Fan-texnika-ishlab chiqarish-qo'llash" jarayoni uskunaning ilmiy-ishlab chiqarish va hayotiy davridan iborat. Amaliy-ilmiy-tadqiqot ishlari yangi texnika,texnologiya va mahsulot yaratish imkoniyatlari haqida ma`lumotlar beradi. Tajriba-loyiha ishlari esa bilimlarni moddiylashtirish vazifasini hal qiladi.Bunda tajribada nusxa yoki yangi qurilma yaratiladi.Uning texnik hujjatlari tayyorlanadi.Yangi uskunani ishlab chiqarish texnologiyasi korxona sharoitlariga moslashtirilgan holda esa fan-texnika yutuqlari natijalari ishlab chiqarishda o'zlashtirilgan bo'ladi.Yangi texnikani qo'llash (foydalanish) iqtisodiy,ijtimoiy va boshqa ijobiy natijalar olinishini ta`minlaydi.Keyin esa texnika eyiladi,ma`naviy eskiradi va ishlab chiqarishdan olinadi. "Fan-texnika ishlab- chiqarishni qo'llash" jarayonida joriy qilish muhim o'rin tutadi.Texnikaning yangi turlarini joriy qilish deganda uni kerakli masshtabda, konkret korxonada ishlab chiqarish tushuniladi.Ilmiy natijalarni joriy qilishda ishlab chiqarishning texnikaviy va tashkiliy darajasi muhim omil hisoblanadi.Bu omil esa ishlab chiqarishni tashkil qilish,boshqarish,texnologiya usullari,mehnat vositalari va predmetlari progressivligini xarakterlovchi kompleks tushunchadir. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling