Янги китоб
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
13.Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini
tashkil etish. Ishlab chiqarishni loyihali konstruktorlik tayyorlash korxonani rekonstrukstiya qilish va qayta jihozlash, mahsulot yangi turlarini yaratish loyihalarini o’z ichiga oladi. Ilmiy – tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: tabiat va jamiyatni rivojlanishi sohasida yangi bilimlar olish, ularni qo‘llashning yangi sohalari: ishlab chiqarish sohasidagi materiallashtirishning tashkilot tovarlari raqobatbardoshligi me’yorlarining strategik marketingi bosqichida ishlab chiqilgan imkoniyatlarini nazariy va tajribaviy tekshirish; yangiliklar va innovatsiyalar portfelini amalda bajarish. Sanab o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish resurslardan foydalanishning samaradorligi, tashkilotlarning raqobatbardoshligi, aholining turmush darajasini oshirishga imkon beradi: ITTKIning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 154 1. Har qanday muammolarni hal qilish ratsional boshqaruv qarorlarini qabul qilishda menejmentning avval ko‘rib chiqilgan ilmiy yondashishlari, tamoyillari, vazifalari, usullarini bajarilishi. Ilmiy menejmentning qo‘llaniladigan tarkibiy qismlarining miqdori boshqaruv ob’yektining murakkabligi, qiymati va boshqa omillar bilan belgilanadi. 2. Innovatsion faoliyatni kishilik kapitalni rivojlanishiga qaratish. ITTKI ishlarning quyidagi bosqichlariga bo‘linadilar: fundamental tadqiqotlar (nazariy va izlanishli); amaliy tadqiqotlar; tajriba – konstruktorlik ishlari; tajriba, eksperimental ishlar, ular o‘tgan bosqichlardan har birida bajarilishlari mumkin. Nazariy tadqiqotlar natijalari ilmiy kashfiyotlar, yangi tushunchalar va tasavvurlarni asoslanishi, yangi nazariyalarini yaratilishida namoyon bo‘ladilar. Izlanishlarga quyidagi tadqiqotlar kiradiki, ularni vazifasi buyumlar va texnologiyalarni yaratishning yangi tamoyillarini, materiallar va ularning birikmalarining yangi, oldin noma’lum bo‘lgan xususiyatlarini, menejment usullarini ochishdan iboratdir. Izlanish tadqiqotlarida odatda mo‘ljallangan ishning maqsadi, ma’lum, nazariy asoslar ko‘proq yoki kamroq ravshan, ammo aniq yo‘nalishlar ma’lum emas. Bunday tadqiqotlarni borishida nazariy taxminlar va g‘oyalar tasdiq topadilar, ular ba’zida inkor etishlari va qayta ko‘rib chiqilishlari mumkin. Fundamental fanning innovatsion jarayonlarni rivojlanishidagi ustuvor ahamiyati shuning bilan belgilanadiki, u g‘oyalarning generatori sifatida bo‘ladi, yangi sohalarga yo‘l ochadi. Ammo fundamental tadqiqotlarni jahon faniga ijobiy kirish ehtimoli faqat 5% ni tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sohaviy fan bu tadqiqotlar bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko‘ra, davlat byudjeti hisobidan tanlov asosida moliyalashtirilishlari kerak, hamda byudjetdan tashqari mablag‘lardan ham qisman foydalanishlari mumkin: 7 Amaliy tadqiqotlar oldin kashf qilingan hodisalar, jarayonlarni amalda qo‘llash yo‘llarini tadqiqot qilishga qaratilganlar. Ular texnik muammolarni hal qilish, noaniq nazariy masalalarni aniqlab olish, keyinchalik tajriba konstruktorlik ishlari (TKI)da foydalaniladigan aniq ilmiy natijalar olishni o‘zlariga maqsad qilib qo‘yadilar. TKI – ITTKIning yakunlovchi bosqichi, bu laboratoriya sharoitlari va tajribali ishlab chiqarishdan sanoat ishlab chiqarishiga o‘ziga xos o‘tishdir. Ishlab 7 Акофф Р., Магидсон Д., Эддисон Г. «Идеализированное проектирование: Как предотвратить завтрашний кризис сегодня. Создание будущего организации», 2007. 155 chiqishlar ostida muntazam ishlash tushuniladi, ular ITI natijasida olingan mavjud bilimlar va yoki amaliy tajribaga asoslanganlar. Ishlab chiqishlar yangi materiallar, mahsulotlar yoki qurilmalarni yaratish, yangi jarayonlar, tizimlar va xizmatlarni tadbiq etish yoki ishlab chiqarilayotgan va amalga kiritilganlarni ancha takomillashtirishga qaratilganlar. Ularga quyidagilar kiradi: a) muxandislik ob’yekti yoki texnik tizimning belgilangan konstruksiyasini ishlab chiqish (konstruktorlik ishlari); b) g‘oyalar va yangi ob’ektiv variantlarini, shu jumladan notexnikni, chizma yo belgili vositalar tizim darajasida ishlab chiqish (loyiha ishlari); v) texnologik jarayonlarni, ya’ni fizik, kimyoviy, texnologik va boshqa jarayonlarni belgilangan foydali natijani ishlab chiqaruvchi mehnatning yaxlit tizimi bilan birlashtiruvchi usullarni ishlab chiqish (texnologik ishlar). Ishlab chiqishlar tarkibiga statistika yana quyidagilarni kiritadi: tajribaviy namunalar (yaratilayotgan yangiliklarning prinsipial xususiyatlariga ega noyob modellar)ni yaratish; Ularni texnik va boshqa ma’lumotlar olish uchun zarur vaqt davomida sinovdan o‘tkazish va tajriba to‘plash, u keyinchalik yangiliklarni qo‘llash bo‘yicha texnik hujjatlarda o‘z aksini topishi kerak; qurilish uchun loyiha ishlarining belgilangan turlari, ular oldingi tadqiqotlarning natijalaridan foydalanishni ko‘zda tutadilar. Tajriba, eksperimental ishlar ilmiy tadqiqotlar natijalarini tajribali tekshirish bilan bog‘liq ishlab chiqishlar turlaridir. Tajriba ishlari yangi mahsulotlarning tajribali namunalarini tayyorlash va o‘rganib olish, yangi (takomillashtirilgan) texnologik jarayonlarni o‘rganib olish maqsadiga ega. Eksperimental ishlar ITTKI o‘tkazish uchun zarur maxsus (nostandart) uskunalar, apparatlar, asboblar, qurilmalar, stendlar, matnlarni tayyorlash, ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatishga qaratilganlar. Fanning tajriba bazasi – tajriba, eksperimental ishlarni bajaruvchi tajribali ishlab chiqarishlar (korxona, sex, ustaxona, tajriba – eksperimental bo‘linma, tajriba stansiyasi va h.k) majmuasidir. SHunday qilib, ITTKI ning maqsadi yangi texnika namunalarini yaratish (modernizatsiyalash) dan iborat, ular tegishli sinovlardan keyin seriyali ishlab chiqarishga yoki bevosita iste’molchiga topshirishlari mumkin. TKI bosqichida texnik tadqiqotlar natijalarining yakuniy tekshirilishi o‘tkaziladi, tegishli texnik hujjatlar ishlab chiqiladi, yangi texnikaning namunalari tayyorlanadi va sinovdan o‘tkaziladi. Istalgan natijalarni olish ehtimoli ITI dan TKI sari oshib boradi. YAngi mahsulotni sanoat ishlab chiqarishni o‘zlashtirilishi ITTKI ning yakunlovchi bosqichi bo‘ladi. 156 ITTKI natijalarini tadbiq etishning quyidagi darajalari (sohalari) ni ko‘rib chiqish kerak: 1. ITI natijalaridan yakunlangan ITI ning rivojlanishi bo‘lgan yoki fan va texnikaning boshqa muammolari va yo‘nalishlari doirasida bajarilayotgan boshqa ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqishlarda foydalanish. 2. ITTKI natijalaridan eksperimental namunalar va laboratoriya jarayonlarida foydalanish. 3. TKI va eksperimental ishlar natijalarini tajribali ishlab chiqarishda o‘zlashtirish. 4. ITTKI va tajribali namunalar sinovlari natijalarini seriyali ishlab chiqarishda o‘zlashtirish. 5. Texnik yangiliklarni ishlab chiqarishga keng ko‘lamda tarqatish va bozor (iste’molchilar)ni tayyor mahsulotlar bilan to‘ldirish. ITTKI ini tashkil qilish hujjatlarning quyidagi sohalararo tizimlariga asoslanadi: Davlat standartlashtirish tizimi (DST); Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYAT); Texnologik hujjatlarning yagona tizimi (THYAT); Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona tizimi (ICHTTYAT); Mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qiyin tizimi; Davlat mahsulotlar sifati tizimi; Davlat “Texnikadagi ishonchlik” tizimi;Standartlar va mehnat xavfsizligi tizimi Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling