Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
ratsionalizatorlik
takliflari deb tan olinadi.Algoritm korxonalari, EHM dasturlari uchun yangilik bo‘lgan takliflar ham, agar undan foydalanish aniq vazifalarni hal qilishda mashina vaqtini tejashga, shuningdek, EHM majmuida ishlovchi asbob-uskunaning unumdorligi oshishiga olib kelsa, ratsionalizatorlik taklifi deb tan olinadi. Belgilangan shaklda talabnoma berilgunga qadar ushbu yoki shunga o‘xshash yechim korxonaga unda mavjud manbalardan uning amaliyotda qo‘llanilishi uchun yetarli bo‘lgan darajada ma’lum bo‘lmasa, yechim korxona uchun yagona deb tan olinadi.Yechim, agarda korxonaga iqtisodiy yoki boshqa ijobiy samara olish imkonini bersa foydali hisoblanadi. Quyidagilar ratsionalizatorlik takliflari deb olinmaydi: shartli belgilar, qoidalar, me’yoriy-uslubiy hujjatlar; mahsulotning oldindan aniqlangan mustahkamligini, uzoq ishlash vaqtini va boshqa sifatlarini kamaytiradigan yoki mehnat sharoitini yomonlashtiradigan yechimlar; faqat buyumning tashqi ko‘rinishiga tegishli bo‘lgan yechimlar; 159 ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik, texnologik tashkilotlar hamda korxonalarning ana shunday bo‘linmalari muhandis-texnik, ilmiy xodimlari tomonidan xizmat vazifalari yoki shartnoma ishlarini bajarish jarayonida yaratilgan yechimlar. Ratsionalizatorlik taklifiga mualliflik huquqi o‘z mehnati bilan ratsionalizatorlik taklifini yaratgan fuqaroga tegishli bo‘ladi.Agar ratsionalizatorlik taklifini yaratishda bir necha fuqaro qatnashgan bo‘lsa, ularning hammasi bunday ratsionalizatorlik taklifining hammuallifi hisoblanadi. Ratsionalizatorlik taklifi muallifiga guvohnoma beriladi, ushbu guvohnoma talabnomada ko‘rsatilgan yechim ratsionalizatorlik taklifi deb tan olinganligini, ratsionalizatorlik taklifiga mualliflikni, ratsionalizatorlik taklifining ustunligini tasdiqlaydi. Texnologiya (usulga)ga tegishli bo‘lgan ratsionalizatorlik taklifi ishlab chiqarish jarayonida qo‘llangan kundan boshlab foydalanilgan hisoblanadi. Buyum (asbob) konstruksiyasiga yoki material (modda)ga tegishli ratsionalizatorlik taklifi tayyorlanayotgan yoki foydalanilayotgan mahsulotda qo‘llanilgan kundan boshlab foydalanilgan hisoblanadi. Tashkiliy yechim, shuningdek, algoritm, EHM uchun dasturdan iborat ratsionalizatorlik taklifi qo‘llangan kundan boshlab foydalanilgan hisoblanadi. Korxonaning ratsionalizatorlik faoliyatiga tegishli xarajatlari mahsulot (xizmat, ish) tannarxi hisobiga kiritiladi.Budjet hisobidagi tashkilotlar ratsionalizatorlik faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashni shu tashkilot uchun ajratilgan mablag‘larni tejash hisobiga, shuningdek, boshqa ruxsat etilgan faoliyatlardan olingan mablag‘lar hisobiga bajaradilar. Quyidagi hollarda ratsionalizatorlik taklifi uchun mukofot to‘lanadi: taklif uni ratsionalizatorlik taklifi deb tan olgan korxona tomonidan foydalanilsa; xo‘jalik shartnomasi asosida boshqa korxonalarga berilgan texnik hujjatlarga kiritilgan bo‘lsa. Ratsionalizatorlik taklifi uchun mukofot taklifi ratsionalizatorlik deb tan olgan tashkilot bilan muallif o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan miqdorda korxona tomonidan hisoblab chiqiladi va to‘lanadi. Mukofotning eng kam miqdori korxonadagi eng kam oylik maoshning 25 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Ratsionalizatorlik takliflari mualliflarining huquqlariga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati va ularning manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling