Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Nazorat savollari:
1.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash nima va u oz’ ichiga nimalarni
oladi?


160
2.
Firmaning yangilik kiritishdan foydalanish sohasidagi faoliyatini
tashkil qilish alohida bosqichlari nimadan iborat?
3.
Yangilik kiritish loyihasini qanday amalga oshiriladi?
4.
Ilmiy tadqiqot nima va uning asosiy komponentlari qaysilar?
5.
"Fan-texnika-ishlab chiqarish-qo'llash" jarayonini yoritihg.
6.
Ilmiy – tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI)ning asosiy
vazifalari nilardan iborat?
7.
ITTKIning asosiy tamoyillari qaysilar?
8.
Ratsionalizatorlik faoliyati nima?
9.
Ixtiro va kashfiyotni izohlang.
10. Ratsionalizatorlik takliflari qanday amalga oshiriladi?
_________________________________________________________________
IV.BOB. ISHLAB CHIQARISHNI TEXNOLOGIK TAYYORLASHNI
TASHKIL ETISH.
___________________________________________________________________
15. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil etishning maqsadlari.
16. Texnologik tayyorgarlik bosqichlari.
17. Ishlab chiqarishda texnikaviy tayyorlashni tashkil etish.
Tayanch iboralar: texnologik tayyorlash, tashkiliy rejali tayyorlash, ishlab
chiqarishni yagona texnologik tayyorlash tizimi
15.Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil
etishning maqsadlari.
Texnologik tayyorlash ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini loyihalash,
jihozlarni tanlash va ularni o’rnatish, texnik nazorat metodlarini ishlab chiqish,
mehnat, materiallar, yoqilg’i, energiya sarflarini normalash kabilarni o’z ichiga
oladi.
Xalqaro statistika amaliyotiga muvofiq yangi texnologiyalarni ishlab
chiqish va ularni eksperimental tekshirish ITTKIning tarkibiga kiradi. Ammo
texnologik tayyorlash tarkibiga resurslarning turlariga ehtiyojni me’yorlashtirish
bo‘yicha tashkiliy ish, ishlab chiqarish va mehnat, kapital qurilishni tashkil etish
usullarini ishlab chiqish (innovatsion faoliyat) ham kiradi, ITTKIga nisbatan 3-10
marta ko‘proq xarajatlarni talab etadi.
Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichi mehnat ashyolarini ko‘proq
mexanik ishlab chiqishdan materiya harakatlanishining turli-tuman murakkab


161
shakllari, ayniqsa jismoniy, kimyoviy, biologik
jarayonlardan majmuaviy
foydalanishga o‘tish bilan bog‘liq texnologik inqilob yordamida ta’riflanadi.
Texnologiya nafaqat operatsiyalarni bajarish tartibi, balki
mehnat
ashyolarini tanlash, ularga ta’sir ko‘rsatish, ishlab chiqarishni uskunalar, asboblar,
qurollar, nazorat vositalari bilan jihozlash, ishlab chiqarishning shaxsiy va buyumli
elementlarini vaqtda va masofada biriktirish, mehnatning mazmuni, asosiy ishlab
chiqarish vositalariga nisbatan ham belgilanadi. Shuning uchun tubdan yangi
texnologiyalarni o‘zlashtirish bir vaqtda yangi vositalar va mehnat ashyolaridan
samarali foydalanish shart-sharoitidir. Nima uchun?
Birinchidan, gap operatsiyalarning borgan sari ko‘proq maydalanishi va
ularning hamisha bir xilligi, yoqimsizligi ko‘payishi yo‘nalishi bo‘yicha
rivojlanishi mumkin bo‘lgan diskretli (uzuq-uzuq) ko‘p operatsiyali jarayondan
kam operatsiyali ishlab chiqarish jarayoniga o‘tish haqida ketmoqda.
Ikkinchidan, mehnat ashyolarini mexanik ishlab chiqish uzluksiz jarayonlar:
tebranishli ishlov berish, kukunli mertallurgiya, aniq plastik deformatsiyalash,
eritiluvchi modellar, markazdan uzoqlashish, bosim ostida, shtampovka bo‘yicha
aniq qurolga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda.
Uchinchidan, yarim tayyor mahsulotlarni to‘liq qayta ishlashga ega yopiq
texnologiyalar (chiqindisiz texnologiya)ga yondashuv boshlanmoqda.
To‘rtinchidan, texnolgiyada borgan sari ko‘proq ekstremal sharoitlar: o‘ta
past va o‘ta yuqori harorat va bosim, chuqur vakuum, beixtiyor portlatish usullari,
yadroli nurlantirish va boshqalardan foydalanilmoqda.
Beshinchidan, yangi texnologiya, odatda, elektr energiyasidan nafaqat
harakatga keltiruvchi kuch sifatida, balki mehnat ashyolarini bevosita ishlab
chiqarish – elektr kimyoviy, elektr fizik (lazerli, elektr uchqunli, elektr impulьsli,
elektr aloqali), yuqori chastotali toklar bilan ishlab chiqishda foydalanish bilan
bog‘liq.
Yuqori quvvatli energiyaning elektron tarmog‘idan materiallarni issiqlikka
chidamliligini oshirish, erituvchilarsiz bo‘yash, bir zumda polemerlash, oqar
suvlarni 
dezinfeksiyalash 
uchun 
foydalaniladi. 
Lazer 
texnologiyasidan
payvandlash, kesish, issiqlik bilan ishlov berish, detallarni mustahkamlash,
teshiklarni yamash, aloqasiz nazoratda foydalaniladi.
Oltinchidan, eng yangi texnologiya uchun ko‘chma mexanik agregatlar va
unifikatsiyalangan apparatlarga ega turli-tuman mashinalardan, elektr quvvatidan
materiallarni ishlab chiqarishda universal vositachi sifatida foydalanishga o‘tish
bilan bog‘liq katta universallik xosdir.
Yettinchidan, yangi texnologiyalar ko‘pincha sohalaro xarakterga ega.
Masalan, metallurgiya va mashinasozlik plastik deformatsiyalash, shesternallar,


162
o‘qlar, vallar, roliklar, parmalar va boshqa metizlar prokatini qattiq
shtampovkalashdan foydalaniladi.
Yuqori fan-texnika salohiyatiga ega sanoat korxonalarida fundamental ilmiy
kashfiyotlarga asoslanuvchi va solishtirma xarajatlar, resurslarning keskin
pasayishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatidan tubdan oshiruvchi, ishlab
chiqarishni majmuaviy avtomatlashishi, ekologik tozalikni ta’minlovchi 200ga
yaqin kam operatsiyali asosiy texnologiyar mavjud.
Yakka mashinalar o‘z o‘rnini umumiy ishlab chiqarish davrini bajaruvchi
texnologik majmualarga bo‘shatib bermoqda. Yangi texnologiya uskuna va
mahsulotga nisbatan uzoq muddat ilg‘or bo‘lib qoladi, sekinroq eskiradi. Shuning
uchun unga investitsiyalar tezroq o‘zini-o‘zi oqlaydi. Texnologiyalarning tasnifi 5-
jadvalda berilgan.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling