Янги масалалар


Download 145.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi145.5 Kb.
#265129
Bog'liq
2 5262913411095725506


KIMYO 8-SINF (TEST 2014)

1. Moddiy unsurlarning eng kichik birligi — atomlar haqida, ularni yanada kichikroq zarralarga bo‘linishi to‘g‘risida fikrlar bergan. Bu fikr kimga tegishli?

A) Forobiy B) Ar-Roziy C) Beruniy D) Abu Ali ibn Sin

2. XVIII asrning oxirlariga kelib nechtaga yaqin element ma’lum bo’lgan?



A) 30 B) 40 C) 63 D) 46

3. Metalmaslarning gidroksidlari nima deyiladi?

A) Asos B) Ishqor C) kislota D) gidridlar

4, Xlor(1), brom(2), ftor(3) va yod(4)ning ranglarini juftlab ko’rsating.

a) Och yashil; b) Qizg‘ish qo‘ng‘ir; c) To‘q kulrang; d) Sarg‘ish yashil.

A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d

B) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a

C) 1-d; 2-b; 3-a; 4-c

B) 1-c; 2-a; 3-b; 4-d

5. Ingliz kimyogari va fizigi R.Boyl nimani tushuntirdi?

A) tabiiy kimyoviy birikmalarni tarkibi va xossalariga ko‘ra sinflarga toifalanishini

B) tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalar - atomlardan tashkil topganligini

C) atomlarning bo‘linishini va atom mayda bo‘laklar bilan bo‘shliqlardan iborat ekanligini va ular doimo harakatda bo‘lishini izohlab berdi



D) kimyoviy element eng oddiy, kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan modda bo‘lib, u murakkab moddalar tarkibiga kirishini.

6. 1814 yili Berselius nechta elementning atom massalari asosida kimyoviy elementlar jadvalini tuzdi.

A) 30 B) 40 C) 63 D) 46

7. 979-1048 yillarda yashab, faoliyat ko‘rsatgan ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy qanday fikrni e’tirof qiladi?



A) atomlarni bo‘linmaydigan zarrachalar deb qaraydigan olimlarga qarshi o‘z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo‘linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarrachalar ekanligini

B) tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalar - atomlardan tashkil topganligini

C) atomlarning bo‘linishini va atom mayda bo‘laklar bilan bo‘shliqlardan iborat ekanligini va ular doimo harakatda bo‘lishini izohlab berdi

D) kimyoviy element eng oddiy, kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan modda bo‘lib, u murakkab moddalar tarkibiga kirishini.

8. Kim dorivor, tabiiy kimyoviy birikmalarni tarkibi va xossalariga ko‘ra sinflarga toifalashtirgan.

A) Forobiy B) Ar-Roziy C) Beruniy D) Abu Ali ibn Sin

9. J.Nyulends (1837-1898) . . . yilda elementlar . . . ga asoslangan oktavalar qonunini taklif etgan.

A) 1864, atom massalari B) 1865, atom massalari C) 1865, ekvivalentlari D) 1864, ekvivalentlari

10. Kim 1862 yilda kimyoviy elementlarning silindr shaklidagi jadvalini yaratdi.

A) B.de-Shankurtua C) N.L.Meyer D) J.Nyulends D) Debereyner

11. Debereyner 1817-1829 yillarda elementlarning atom massalariga asoslanib qanday nazariyani taklif etdi.

A) ekvivalent nazaryasini B) atom-molekulyar nazaryasini C) triadalar nazariyasini D) oktavalar nazaryasini

12. N.L.Meyer(1830-1895) nechanchi yilda elementlarning atom massalari ortib borishiga asoslangan jadvalni taklif qilgan.



A) 1864 B) 1865 C) 1862 D) 1861

13. Eramizdan avvalgi 460-370 yillarda kim tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalar — atomlardan tashkil topganligini bayon qildi.

A) Lomonosov B) Abu Ali ibn Sino C) Ar-Roziy D) Demokrit

14. Ishqoriy metallar quyidagi umumiy xossalarga ega emas:

1) Ishqoriy metallar barcha birikmalarida bir valentli; 2) Ishqoriy metallarning gidroksidlari ishqorlardir, ular suvda yaxshi eriydi; 3) Ishqoriy metallar barcha birikmalarida ikki valentli; 4) Ishqoriy metallarning gidroksidlari ishqorlardir, ular suvda yaxshi erimaydi; 5) Ishqoriy metallarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy xossalari davriy ravishda o‘zgarib boradi; 6) Ishqoriy metallarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy xossalari davriy ravishda o‘zgaribmay boradi.

A) 1, 2, 6 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 3, 4, 6

15. Zn(OH)2+NaOH → . . . . . davom ettiring.

A) Na2ZnO2+2H2O B) Na[Zn(OH)3] C) reaksiya bormaydi D) Na[Zn(OH)4]

16. …….. ko‘ra rux, alyuminiy metall, …………. ko‘ra metalmaslarga ham, metallarga ham o‘xshaydi.

A) fizik va kimyoviy xossalari ham metallga o’xshash

B) fizik xossasiga ko’ra metall, kimyoviy xossasiga ko’ra metalmaslarga ham, metallarga ham o‘xshaydi

C) fizik xossasisiga ko’ra metalmas, kimyoviy xossalariga ko’ra metallarga o‘xshaydi

D) fizik xossasisiga ko’ra metalmas, kimyoviy xossalariga ko’ra metalmaslarga ham, metallarga ham o‘xshaydi

17. Chapdan o’ngga elementlarning tartib raqami ortib borganda qanday qonuniyatlar oshib boradi.

1) atom radiusi; 2) ionlanish patensiyali; 3) elektromanfiylik; 4) metallik; 5) metalmaslik; 6) ion radiusi; 7) yadro zaryadi; 8) gidroksidlarida asoslik xossasi; 9) gidroksidlarida kislotalik xossasi; 10) tashqi qavatidagi elektronlar(s va p elementlarda) soni A) 1, 4, 6, 8, 10 B) 2, 3, 5, 7, 9 C) 2, 3, 5, 7, 9, 10 D) 1, 4, 6, 8

18. Kislorod bilan hosil qilgan yuqori valentli birikmasida elementning massa ulushi 38,8% ni tashkil qiladi. Ushbu elementning tartib raqamini aniqlang. A) 35,5 B) 17 C) 16 D) 35

19. Kim turli atom massaga ega bo‘lgan, lekin kimyoviy xossalari bir xil bo‘lgan atomlarni izotoplar deb atadi.

A) Butlerov B) Dolton C) Berselius D) Kurnakov

20. Tabiiy argon 36Ar, 38Ar va 40Ar izotoplarining aralashmasidan iborat bo‘lib, 99% 40Ar, 0,7% 38Ar va 0,3% 36Ar izotoplari tashkil qilgan bo‘lsa, argonning o‘rtacha nisbiy atom massasini aniqlang.

A) 39,08 B) 40,112 C) 39,774 D) 39,974

21. vodorod atomida elektron yadro atrofida sharsimon bulut hosil qilib harakatlanadi. Bunda elektronni eng ko‘p harakatlanadigan sohasi yadrodan qancha uzoqlikda bo‘ladi?

A) 18·10-10 m B) 0,53·10-8 sm C) 1·10-9 m D) 3·10-8 m

22. Har bir energetik qavatdagi elektronlarni fazodagi harakatlanishi, ya’ni “elektron bulut”lar shaklini bildiradigan kvant son qaysi? A) bosh B) orbital C) magnit D) spin

23. Chapdan o’ngga elementlarning tartib raqami ortib borganda qanday qonuniyatlar kamayib boradi.

1) atom radiusi; 2) ionlanish patensiyali; 3) elektromanfiylik; 4) metallik; 5) metalmaslik; 6) ion radiusi; 7) yadro zaryadi; 8) gidroksidlarida asoslik xossasi; 9) gidroksidlarida kislotalik xossasi; 10) tashqi qavatidagi elektronlar(s va p elementlarda) soni

A) 1, 4, 6, 8, 10 B) 2, 3, 5, 7, 9 C) 2, 3, 5, 7, 9, 10 D) 1, 4, 6, 8

24. Pog‘onadagi orbitallar soni qanday formula bilan aniqlanadi?



A) N=n2 B) (2L+1)∙2 C) 2n2 D) (L+1)∙2

25. Har qaysi energetik pog‘onadagi maksimal elektronlar soni topish formulsi?

A) N=n2 B) (2L+1)∙2 C) 2n2 D) (L+1)∙2

26. Pog‘onachadagi elektronlarning maksimal qiymati qanaqa formula bilan ifodalaniladi?

A) N=n2 B) (2L+1)2 C) 2n2 D) (L+1)∙2

27. Pog‘onachalarda elektronlarni to‘lib borishi kimning (1900-1972) qoidasiga asosan aniqlanadi.



A) V.M.Klechkovskiy B) Pauli prinsipi C) Xund qoidasi D) Bor postulasi

28. Xund qoidasi?

A) har qanday atomda barcha kvant soni bir xil bo‘lgan ikkita elektron bo‘lishi mumkin emas.

B) elektronlarni to‘lib borishi qoidasiga asosan aniqlanadi.

C) pog‘onalardagi yacheykalarga elektronlarni to‘lib borish tartibi.

D) Elektronlar avval yacheykalarni toq holatda to‘ldiradi.

29. Kimlar, ekasilitsiy (a), ekabor (b) va ekaalyuminiy (c)elementlari oldindan bashorat qilingan edi, ularni qachon va kim tamonidan kashf qilindi?

1) 1875 yilda fransuz olimi Lekok de Buabadron; 2) Nilsen 1879 yilda; 3) V.Noddak va I.Noddaklar 1880 yilda; 4) K.Vinkler 1886 yilda.

A) a-1; b-2; c-3 B) a-1; b-2; c-4 C) a-4; b-3; d-2 D) a-4; b-2; c-1

30. Pauli prinsipi bu?

A) har qanday atomda barcha kvant soni bir xil bo‘lgan ikkita elektron bo‘lishi mumkin.

B) elektronlarni to‘lib borishi qoidasiga asosan aniqlanadi.

C) har qanday atomda barcha kvant soni bir xil bo‘lgan ikkita elektron bo‘lishi mumkin emas.

D) Elektronlar avval yacheykalarni toq holatda to‘ldiradi.

31. Radioaktivlikni kim kashf qildi?

A) Bekkerel B) Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar C) E.Rezerford D) Fredrik Jolio-Kyuri va Iren Kyuri

32. Radioni kim kashf qildi?

A) Bekkerel B) Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar C) E.Rezerford D) Fredrik Jolio-Kyuri va Iren Kyuri

33. …. yilda …. kim alfa-zarrachalarning metall plastinkalarga urulib og’ishini aniqladi.

A) 1900 yilda fransuz olimi P.Uilard B) 1896 yilda fransuz olimi A.Bekkerel C) 1898 yilda Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar D) 1909 yilda E.Rezerford

34. …. yilda …. kim atom tuzilishining yadro modelini taklif qilib, a-zarrachalarning tarqalishini tushuntirib berdi:



A) 1911- yilda E.Rezerford B) 1896 yilda fransuz olimi A.Bekkerel C) 1898 yilda Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar D) 1899 yilda E.Rezerford

35. Suniy radioaktivlikni kim kashf qildi?



A) Fredrik Jolio-Kyuri va Iren Kyuri B) Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar C) E.Rezerford

D) Bekkerel

36. Kim(lar) tomonidan radiy Ra va poloniy Po elementlarini kashf etildi.

A) Fredrik Jolio-Kyuri va Iren Kyuri B) Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar C) E.Rezerford

D) Bekkerel

37. 1899 yilning o‘zida Bekkerel nimani isbotladi?

A) α-, β- va γ−nurlarga ajratdi. α-nurlar geliy atomining yadrosi ekanligini.

B) elektronning yadroga qulashi oqibatida shu elementning izobari hosil bo‘lishini.

C) metallarni oltinga aylantirishni.

D) β-nurlar elektronlar oqimi ekanligini

38. 1899 yilda Rezerford radioaktiv nurlarni o‘rganish davomida bu nurlarni necha …. qismga va qaysi nurlarga ……… nurlarga ajratdi. Bundan tashqari α-nurlar geliy atomining yadrosi ekanligini isbotladi.

A) to’rtta; α-, β-, γ va é B) tortta; α-, β-, γ va 10n C) uchta; α-, β- va γ D) uchta; α-, β- va é

39. Kimyoviy elementlarni kashf qilinishida ham davriy qonunning ahamiyati kattadir. D.I.Mendeleyev davriy jadvalda marganesning ostida ikkita bo‘sh katak qoldirganligi sabab bo‘ldi. Bu elementlarni D.I.Mendeleyev ekamarganes va dvimarganes deb nomlagan edi. Dvimarganes hozirgi kundagi qaysi element?



A) reniy B) texnetsiy C) xrom D) temir

40. Dmitriy Ivanovich Mendeleyev qaysi yillarda yashagan?

A) 1832-1904 B) 1837-1902 C) 1833-1904 D) 1834-1907

41. Ishqoriy metaldan boshlanib inert gazlar bilan tugaydigan elementlarning gorizontal qatori nima deb ataladi?



A) davrlar B) guruhlar C) bosh guruhchalar D) qo‘shimcha guruhchalar

42. Ham kichik, ham katta davr elementlarini o‘z ichiga olgan guruhchalar nima deyiladi?

A) davrlar B) guruhlar C) bosh guruhchalar D) qo‘shimcha guruhchalar

43. Faqat katta davr elementlarini o‘z ichiga olgan guruhchalar nima deb ataladi.

A) davrlar B) guruhlar C) bosh guruhchalar D) qo‘shimcha guruhchalar

44. 3-energetik qavatda nechtagacha elektron bor?

A) 2 B) 18 C) 32 D) 8

45. Qaysi elementdan boshlab elektronlar tashqi energetik qavatga emas, uchinchi energetik qavatdagi d-energetik qavatcha(orbital)ni to‘ldirib boradi?

A) titandan B) misdan C) ruxdan D) Skandiydan

46. Quyidagi qaysi elementlarning tashqi pog’onasida bitta elektron yo’q?

1) Mn; 2) Cr; 3) Zn; 4) Au; 5) F; 6) He; 7) Pd; 8) Nb; 9) Rh; 10) K.

A) 2, 4, 8, 9, 10 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7, 9 D) 2, 4, 6, 8, 10

47. Kumush atomining nechta pog’onachasi to’lgan?

A) 9 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 8 ta

48. Lantan elementining atomida nechta bo‘sh d-orbital bor?

A) yo’q B) 3 C) 4 D) 5

49. 1900 yilda fransuz olimi P.Uilard nimani isbotladi?

A) α-, β- va γ−nurlarga ajratdi. α-nurlar geliy atomining yadrosi ekanligini.

B) elektronning yadroga qulashi oqibatida shu elementning izobari hosil bo‘lishini.

C) metallarni oltinga aylantirishni.

D) γ-nurlarni aniqlab, bu nurlar elektromagnit to‘lqinlar ekanligini

50. Kremniy uchta izotopning aralashmasidan iborat (28Si−92,3%, 29Si-4,7%, 30Si−3% ). Kremniy ning nisbiy atom massasini aniqlang. A) 28,107 C) 28,218 C) 28,009 D) 28,308

51. Kimyoviy birikmalar hosil bo‘lishida element atomining yadrosida o‘zgarish sodir bo‘lmaydi, bu jarayonda qo‘shimcha guruhcha elementlarida qanday o‘zgarish sodir bo‘ladi.

A) tashqi va tashqidan oldingi energetik qavatdagi elektronlarda

B) tashqidan oldingi energetik qavatda elektronlarda

C) tashqi energetik qavatdagi elektronlarda

D) t,j,y

52. Ayrim elementlarning tashqi energetik qavatidagi qaysi elektronlari yadroga kuchsiz bog‘langanligi tufayli ular kimyoviy reaksiyalarda oson elektron beradi.

A) f B) d C) p D) s

53. Kimyoviy birikmalarni qaysi hususiyatiga ko’ra kimyoviy bog‘lanish uch turga bo‘lish mumkin (Kovalent, ion va metall)?

A) nisbiy elektromanfiylik qiymatiga B) ishtirok etmayotgan juft elektronlariga

C) atomlar orasidagi elektronlarning taqsimlanishiga D) bog‘lanishda ishtirok etmagan elektron juftiga

54. Kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etayotgan elektronlarning atomlar orasidagi holatiga qarab moddalarni qanday bog‘lanishli birikmalarga ajratiladi?

1) kovalent qutbsiz; 2) metall; 3) donor-akseptor; 4) vodorod; 5) kovalent qutbli; 6) ion.

A) 1, 5, 6 B) 1, 3, 5, 6 C) 2, 3, 4 D) berilganlarning hammasi

55. Vodorod peroksid katalizator (MnO2) ishtirokida parchalanishi qaysi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga kiradi?

A) ichki molekulyar B) disproportsiyalanish C) simproportsiyalanish D) malekulalararo

56. 2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2 reaksiyasi qaysi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga kiradi?

A) ichki molekulyar B) disproportsiyalanish C) simproportsiyalanish D) malekulalararo

57. Fe3O4 + Al = . . . reaksiyada qaysi atom oksidlanadi?

A) temir III B) alyuminiy C) temir II D) A va C javoblar

58. Bu savolga javobni 1887 yilda shved olimi Svante Arrenius o‘zining elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasida javob

bergan. U elektrolitlar sohasida olib borgan ilmiy ishlari uchun qachon Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan?

A) 1890 yil B) 1899 yil C) 1901 yil D) 1903 yil

59. Quyida ko‘rsatilgan moddalarning qaysilari elektr tokini o‘tkazadi: 1) spirt; 2) sulfat kislota 30% li eritmasi; 3) kumush xlorid; 4) o‘yuvchi natriy; 5) suyuq kislorod; 6) yodning spirtdagi eritmasi; 7) 100% li sulfat kislota; 8) Ammoniy xlorid sudagi eritmasi.

A) 1, 3, 5, 6, 7 B) 2, 4, 8 C) 1, 4, 7, 8 D) 2, 3, 5, 6

60. Dissotsiatsiyalanish darajasi nimalarga bog’liq?

1) erigan elektrolitning tabiatiga; 2) erituvchi tabiatiga; 3) eritma konsentratsiyasiga; 4) muhit haroratiga,



A) 1, 2, 3, 4 B) 4, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 2

61. Dissotsiatsiyalanish konstantasi qaysi omilga bog’liq emas?



A) konsentratsiyaga B) haroratga C) erituvchi tabiatiga D) erigan elektrolitning tabiatiga

62. BaCl2 + Na2SO4 = 2NaCl + BaSO4 reaksiyaning to’la ionli tenglamasida nechta ion qatnashadi?

A) 2ta B) 4ta C) 8ta D) 10ta

63. Quyidagi qaysi modda och yashil cho‘kma. Vaqt o‘tishi bilan qo‘ng‘irlashadi?

A) Cr(OH)2 B) Cr(OH)3 C) Fe(OH)2 D) Fe(OH)3

64. Natriy alangani qanday rangga bo‘yaydi?



A) sariq B) qizil C) binafsha D) ko’k

65. Quyida qaysi moddalar oq cho’kma OH- ko’p bo’lganda erib ketadi?

1) CaCO3; 2) Zn(OH)2; 3) AgCl; 4) Al(OH)3; 5) Cr(OH)3; 6) MnO(OH)2.

A) hammasi B) 1, 3, 5 C) 2, 4 D) 2, 4, 6

66. Vodorod xlorid qachon elektr tokini o‘tkazmaydi va ruxga ta’sir etmaydi.

A) suyultirilgan suvdagi eritmasi B) konsentrlangan suvdagi eritmasi C) organik erituvchilardagi eritmasi

D) HCl ning har qanday eritmasi doimo elektr to’kini o’tkazadi ruxning ta’siri esa vodorodning laboratoryada olinishi

67. Karnalit minerali(KCl·MgCl2·nH2O)da kislorodning atomlar soni umumiy molekulyar massadan 51,9 marta kichik bo’lsa, n ni toping. A) 4 B) 5 C) 6 D) 7

68. 0,05 M li sulfat kislotaning 18°С dagi dissotsiatsiyalanish darajasi necha % ga teng.

A) 80 B) 68 C) 78 D) 58

69. Tuzlar gidrolizi qaysi omillar ta’sirida ortadi?

1) eritmaga tuz qo’shilsa; 2) eritmaga suv qo’shisa; 3) eritma qizdirilsa; 4) eritma suvutilsa; 5) tuz tabiati kilotali bo’sa, ishqor qo’shishilsa; 6) tuz tabiati ishqoriy bo’sa, kilota qo’shishilsa; 7) tuz tabiati kilotali bo’sa, kislota qo’shishilsa; 8) tuz tabiati ishqoriy bo’sa, ishqor qo’shishilsa.



A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 4, 7, 8 C) 1, 3, 5, 6 D) 2, 4, 7, 8

70. SbCl3 + H2O → gidrolizida antimonil xlorid deb ataluvchi cho’kma hosil bo’ladi. Uning formulasini toping.

A) SbOHCl2 B) SbOCl2 C) SbOHCl D) Sb(OH)2Cl

71. Fanga “galogen” tushunchasini fanga kim kiritdi?



A) 1811-yil Shveyger B) 1811-yil Arrenius C) 1911-yil Shele D) 1911-yil Rezerfod

72. Odatdagi sharoitda 100 g suvda 3,6 g brom eriydi va bu suvni bromli suv deb ataymiz. 30,4 g FeSO4 ni sulfat kislotali muhitda oksidlash uchun qancha(g) suvda bromni eritish kerak?

A) 222,22 B) 444,44 C) 333,33 D) 666,66

73. Qaysi modda atmosferasida shisha va suv yonib ketadi?

A) xlor B) ftor C) brom D) yod

74. Bromdan nima ishlab chiqarish uchun foydalaniladi?

1) kimyoviy reagentlarga chidamli plastmassalar; 2) haroratga chidamli surkov vositalari; 3) turli dorivor vositalar; 4) ba’zi bo‘yoqlar; 5) kumush bromid ishlab chiqarish uchun; 6) xladon.

A) 1, 2, 6 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6

75. Bromning yetishmasligi insonlarda qanday kasalliklar keltirib chiqaradi?



A) asab kasalliklarini B) yurak kasalliklarini C) qon – tomir kasalliklarini D) eshitish a’zolari kasalliklarini

76. Quyidagi minerallarda ftorning massa ulishi ortib borish tartibda joylashtiring.

1) flyuorit; 2) ftorapatit; 3) kriolit; 4) plavik shpati.

A) 3, 1, 4, 2 B) 2, 4, 1, 3 C) 4, 1, 3, 2 D) 2, 3, 1, 4

77. Chili selitrasiga yondosh tarzda qaysi tuzlar uchraydi.

A) CaF2, AgBr B) NaJO3, KJO3 C) KCl, NaCl D) KBr, NaBr

78. 5% li . . . ning spirtdagi eritmasi antiseptik va qon to‘xtatuvchi vosita sifatida, bir qator farmatsevtik vositalar olishda ishlatiladi.

A) yodning B) ftorning C) xlorning D) bromning

79. Qaysi moddadan yuqori haroratga chidamli surkov vositalari, kimyoviy reagentlarga chidamli plastmassalar (teflon), sovituvchi suyuqliklar (freon, xladon) olishda ishlatiladi.

A) yoddan B) ftordan C) xlordan D) bromdan

80. xlorli ohakda xlor necha valentli?



A) bir va bir B) uch va bir C) bir va besh D) uch

81. Oqartiruvchi ohakda kalsiyning massa ulishi necha foiz.

A) 54 B) 71,4 C) 36 D) 31,5

82. Bir hajm suvda odatda qancha hajm xlor eriydi?



A) 2,5 B) 3 C) 3,5 D) 4

83. F → Cl → Br → J qatorda kimyoviy faolligi qanday o’zgaradi?

A) kamayadi B) ortadi C) o’zgarmaydi D) avval ortadi keyin ortadi

84. Ca(OH)2 + Cl2 = nima hosil bo’ladi?



A) CaOCl2 + H2O B) CaOCl + H2O C) CaCl2 + H2O2 D) CaO + HCl

85. Yodning eruvchanligi(g)?

A) 0,2 B) 2 C) 0,02 D) 20

86. Toza suv juda ham kuchsiz elektrolit hisoblanib uning dissosiyalanish darajasi nechaga teng bo‘ladi?

A) α=10–5 B) α=10–8 C) α=10–7 D) α=10–9

87. Gidroliz deb nimaga aytiladi?

A) Asoslarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitni hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi.

B) Kislotaning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitni hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi.

C) Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlarning suvdagi eritmasining muhiti ishqoriy bo‘ladi.

D) Tuzning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitni hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi.

88. Eritmalarda gidroliz jarayonini kuchsizlantirish uchun eritmani qanday holda saqlash lozim?



A) quyi haroratlarda va konsentrlangan holda

B) yuqori haroratlarda va konsentrlangan holda

C) quyi haroratlarda va suyultirilgan holda

D) yuqori haroratlarda va suyiltirilgan holda

89. Na2CO3 + H2O → Ushbu gidrolizni oxirigacha davom ettirish qanday omillarga bog’liq?

1) eritmaga NaOH qo’shish; 2) eritmaga HCl qo’shish; 3) eritmani qizdirish; 4) eritmani sovutish; 5) eritmaga KNO3 qo’shish; 6) eritmaga Al(NO3)3 qo’shish; 7) eritmaga AlCl3 qo’shish; 8) eritmani suv bilan suyiltirish.

A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 3, 7, 8 C) 2, 3, 7, 8 D) 2, 3, 6, 7, 8

90. Elektrolitning dissotsiatsiyalanish konstantasi(a) …… bog‘liq, lekin(b) …… bog‘liq emas.

1) elektrolit tabiatiga; 2) erituvchi tabiatiga; 3) konsentratsiyaga; 4) haroratga

A) a-1, 2, 3; b-4 B) 1, 2, 4; b-3 C) a-1. 2; b-3, 4 D) a-1, 4; b-2, 3

91. rux sulfatning gidrolizini kuchaytirish uchun qaysi ionni konsentratsiyasini(meyorida) oshirish kerak?

A) sulfatni B) ruxni C) OH- ni D) H+ni

92. Suvdagi eritmasi elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan va lakmus, fenolftalein ranglarini o‘zgartirmaydigan moddani aniqlang. A) oksidlar B) ishqorlar C) kislotalar D) tuzlar.

93. KOH + HNO2 → olingan eritmaga lakmus qog’ozi solib ko’rilganda u qanday rangga kiradi?

A) qizil B) ko’k C) sariq D) binafsha

94. HCl + NH4OH → olingan eritmaga lakmus qog’ozi solib ko’rilganda u qanday rangga kiradi?



A) qizil B) ko’k C) sariq D) binafsha

95. HCl + NaOH → olingan eritmaga lakmus qog’ozi solib ko’rilganda u qanday rangga kiradi?

A) qizil B) ko’k C) sariq D) binafsha

96. Na2S + 2HCl = 2NaCl + H2S reaksiya qaysi ionlar hisobiga bordi?

A) natriy va sulfid B) natriy va xlorid C) sulfid va vodorod D) xlorid va vodorod

97. Qaysi metall alangani sariq rangga bo‘yaydi? A) litiy B) natriy C) kaliy D) kalsiy

98. 40g NH4NO3 eritmasiga mol miqdorda silvin tutgan eritma qo’shildi. Eritma bug’latildi qoldiq massasi 13,825 gramm. Qizdirish davom qildirilganda 2,24 litr (2730C va 101,325 kPa) gaz olindi. NH4NO3 eritmasining massa ulishini(%) aniqlang.

A) 10 B) 20 C) 30 D) 15

98. 40g NH4NO3 eritmasiga mol miqdorda silvin tutgan eritma qo’shildi. Eritma bug’latildi qoldiq massasi 13,825 gramm. Qizdirish davom ettirilganda 2,24 litr (2730C va 101,325 kPa) gaz olindi, qoldiqdagi silvin massasi(g).

A) 3,725 B) 0 C) 1,8625 D) 2,925

100. 40g NH4NO3 eritmasiga mol miqdorda silvin tutgan eritma qo’shildi. Eritma bug’latildi qoldiq massasi 13,825 gramm. Qizdirish davom ettirilganda 2,24 litr (2730C va 101,325 kPa) gaz olindi, Qo’shilgan silvin eritmasida necha gramm tuz bo’lgan. A) 18,625 B) 22,35 C) 14,9 D) 11,175

101. Qaysi elementlar xalkogenlar oilasiga kirmaydi? 1) Cr; 2) Sb; 3) Se; 4) O2; 5) At; 6) S; 7) Re; 8) Te; 9) Mo; 10) Po.

A) 3, 4, 6, 8, 10 B) 1, 2, 5, 7, 9 C) 6, 3, 10, 9, 4, 8, 9, 1 D) 5, 2, 7

102. H3As + HNO3 = H3AsO4 + NO2 + H2O da mishyakning oksidlanish darajasi necha birlikka o’zgaradi?

A) sakkiz B) ikki C) besh D) uch

103. H3As + HNO3 = H3AsO4 + NO2 + H2O da qaysi atom(lar) oksidlanadi?

A) vodorod B) mishyak va azot C) mishyak va vodorod D) azot

104. Ftor tabiatda erkin holda uchramaydi. Texnik plavik shpatida necha foiz qo’shimcha bo’lganda ftorning massa ulishi uning nolekulyar massasiga teng bo’ladi? A) 22 B) 38 C) 15 D) 40

105. Yer qobig‘idagi yod(a), xlor(b), ftor(d), brom(c) miqdorining massa ulishlarini(%) juftlab ko’rsating.

1) 0,045; 2) 0,00016; 3) 0,00003; 4) 0,027.

A) a-3; c-4; b-1; d-2 B) c-2; b-4; d-1; a-3 C) b-1; a-3; c-2; d-4 D) a-1; b-2; c-3; d-4

106. Qaysi galagenni olish uchun faqat elektroliz jarayonidan foydalanamiz?

A) xlor B) ftor C) brom D) yod

107. Quyidagi qaysi qattiq moddani qizdirilsa gunafsha rangli gaz holatiga o‘tadi.

A) yod B) oltingugurt C) kremniy D) astat

108. Ftordan yodga o’tganda ularning qaynash harorati …….. va zichligi ……. ?

A) ortadi, kamayadi B) ortadi, o’zgarmaydi C) kamayadi, ortadi D) ortadi, ortadi

109. F0 → Cl0 → Br0 → J0 qatorda: oksidlovchilik, qaytaruvchilik va kimyoviy faolligi qanday o’zgaradi.

A) kamayadi, ortadi va kamayadi B) kamayadi, kamayadi va kamayadi C) ortadi, kamayadi va ortadi

D) ortadi, ortadi va ortadi

110. Quyidagi qaysi elementlarning tashqi pog’onasida bitta elektron bor?

1) Mn; 2) Cr; 3) Zn; 4) Au; 5) F; 6) He; 7) Pd; 8) Nb; 9) Rh; 10) K.



A) 2, 4, 8, 9, 10 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7, 9 D) 2, 4, 6, 8, 10

111. Ftor qaysi moddalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiyaga kirishmaydi. 1) Fe; 2) O2; 3) K; 4) N2; 5) olmos; 6) Na; 7) Au; 8) Pt



A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 6, C) 5, 7, 9 D) 3, 6, 7, 8

112. Rux sulfatning gidrolizini kuchaytirish uchun qaysi ionni konsentratsiyasini(meyorida) kamaytirish kerak?

A) sulfatni B) ruxni C) OH- ni D) H+ni

113. Ftor qaysi metallar bilan xona haroratida yonib reaksiyaga kirishadi?

1) ishqoriy metallar; 2) kumush; 3) oltin; 4) palladiy; 5) temir; 6) qo‘rg‘oshin; 7) platina; 8) Mis.

A) 1, 3, 7, 8 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 5, 6 D) 2, 3, 4, 7, 8

114. Valentlikning o’lchov birligi qilib qaysi elementning valentligi qabul qilingan?

A) Vodorod B) Ftor C) Litiy D) Kislorod

115. Quyidagilar orasidan aralash tuzni ko’rsating.

A) NH4Al(SO4)2 B) Ca(OCl)Cl C) Mg(OH)NO3 D) KCl·NaCl

116. Quyidagi oksidlarni qaysi toifaga kirishini ko’rsating: 1) CrO, 2) Cr2O3, 3) CrO3;

a) asosli b) amfoter c) kislotali d) befarq

A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-d, 2-b, 3-a C) 1-b, 2- a, 3-c D) 1-d, 2-c, 3-a

117. Ishqoriy metallarda guruh bo’yicha suyuqlanish harorati (oC) qanday o’zgaradi?

A) O’zgarmaydi B) Avval kamayib, so’ngra ortadi C) Ortadi D) kamayadi

118. Ishqoriy metallarni zichligi ortib borish tartibida joylashtiring

A) Cs-Rb-K-Na-Li B) Li-Na-K-Rb-Cs C) Li-K-Na-Rb-Cs D) Cs-Li-Rb-Na-K

119. LiOH – CsOH qatorida ishqorlarning suvda eruvchanligi qanday o’zgaradi?

A) O’zgarmaydi B) Avval kamayib, so’ngra ortadi C) Ortadi D) kamayadi

120. Nodir gazlarning molekulalari nechta atomdan iborat bo’ladi?

A) Ikkita B) Bitta C) To’rtta D) Sakkizta

121. Atom massa haqidagi tushunchani fanga kiritgan olimni aniqlang.

A) Ya.Berselius B) M.Lomonosov C) L.Meyer D) J.Dalton

122. Valentlik tushunchasini fanga kiritgan olimni aniqlang. A) Berselius B) Franklend C) Dalton D) Avogadro

123. J.Nyulends elementlarning qaysi xossalariga asoslanib, 1865 yilda “Oktavalar qonuni”ni taklif etdi?

A) Ekvivalentligiga B) Atom massasiga C) Elektromanfiyligiga D) Valentligiga

124. 1814 yilda 46 ta elementning atom massalari asosida kimyoviy elementlar jadvalini tuzgan olim Kim?

A) R.Boyl B) V.Debereyner C) Ya.Berselius D) L.Meyer

125. D.Mendeleyevgacha Berilliyning atom massasi va valentligi necha deb qabul qilingan?

A) 9; II B) 11; II C) 9; III D) 13,5; III

126. Atom tuzilishining planetar modelini yaratgan olimni aniqlang.

A) N.Bor B) E.Rezerford C) Devisson D) G.Mozli

127. Atomning massasi nechaga teng bo’ladi?

A) Nuklonlar va neytronlar yig’indisiga B) Protonlar va neytronlar yig’indisiga

C) Protonlar va elektronlar yigindisiga D) Elektronlar va neytronlar yig’indisiga

128. Izotoplar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

A) Neytronlari soni bilan B) Protonlari soni bilan C) Elektronlari soni bilan D) Proton va elektronlari soni bilan

129. Atom yadrolarida neytronlari soni bir xil, ammo protonlar soni bilan farqlanadigan elementlar nima deb ataladi?

A) Izobar B) Izotop C) Izoton D) Nuklon

130. “Elektron bulutlar” shaklini bildiradigan kvant sonni aniqlang.

A) Spin B) Orbital C) Magnit D) Bosh

131. Har bir orbitalda qaysi kvant sonlar qiymatlari bir xil bo’lishi mumkin?



A) Bosh, orbital, magnit B) Orbital, magnit spin C) Magnit, spin, bosh D) Bosh,spin, orbital

132. V.M.Klechkovskiy qoidasiga ko’ra 5p orbitaldan keyin qaysi orbital elektronlar bilan to’ladi?

A) 5d B) 4f C) 6s D) 6p

133. Ikkinchi energetik qavatga ko’pi bilan nechta elektron sig’adi? A) 2 B) 8 C) 10 D) 16

134. To’rtinchi energetik qavatga ko’pi bilan nechta elektron sig’adi? A) 2 B) 18 C) 10 D) 32

135. Beshinchi davrning juft qatorida, ikkinchi guruhning bosh guruhchasida joylashgan elementni ko’rsating.

A) Cd B) Zn C) Ca D) Sr

136. Katta davrlarning juft qatorlarida qanday elementlar joylashadi?



A) Faqat metallar B) Faqat metallmaslar C) Metallar va metallmaslar D) Nodir gazlar va metallar

137. Bosh guruhchalarda yuqoridan pastga qarab, elementlarning qaysi xususiyatlari ortib boradi?

A) Qaytaruvchilik, metallmaslik, atom radius, yadro zaryad

B) Oksidlovchilik, metallik, tashqi qavatdagi elektronlar soni, nisbiy elektromanfiylik



C) Atom radius, qaytaruvchilik, metallik, elektron qavatlar soni

D) Elektronlarni o’ziga biriktirib olish, yadro zaryad, nuklon soni

138. D.I.Mendeleyev “ekamarganes” deb qaysi element uchun bo’sh joy qoldirgan?

A) Br2 B) Tc C) I2 D) Re

139. Radiometrik usul bilan Ra va Po elementlarini kashf etgan olimlarni aniqlang.

A) V.Noddak, I.Noddak B) M.Skladovskaya-Kyuri, P.Kyuri

C) E.Rezerford, V.Noddak D) A.Bekkerl, K.Vinkler

140. Radioaktiv nurlarni o’rganish davomida ularni α-, β-, γ- nurlarga ajratgan olimni aniqlang.

A) M.Skladovskaya-Kyuri B) V.Noddak C) A.Bekkerel D) E.Rezerford

141. 1900-yilda γ-nurlarni aniqlab, bu nurlar elektromagnit to’lqinlar ekanligini isbotlagan olim kim?



A) P.Uilard B) G.Chedvik C) A.Bekkerel D) E.Rezerford

142. Qanday yemirilish sodir bo’lganda element atomi yadrosidagi neytron protonga aylanadi va elementning yadro massasi o’zgarmasdan zaryadi bir birlikka ortadi?

A) Neytron ajralganda B) Elektron ajralganda C) α-zarracha ajralganda D) γ-zarracha ajralganda

143. Qanday yemirilsh sodir bo’lganda radioaktiv element yadrosida proton neytronga aylanadi va elementning yadro massasi o’zgarmasdan zaryadi bir birlikka kamayadi?



A) Pozitron ajralganda B) Proton ajralganda C) Neytron ajralganda D) Elektron ajralganda

144. Qanday holatda elektron yadrodagi proton bilan birikib neytronga aylanadi?

A) α-yemirilishda B) γ-yemirilishda C) Elektron yadroga qulaganda D) Proton ajralganda

145. Sun’iy radioaktivlikni kashf etgan olimlarni aniqlang.

A) V.Noddak, I.Noddak B) M.Skladovskaya-Kyuri, P.Kyuri C) E.Rezerford, V.Noddak D) Fredrik Julio-Kyuri, Iren Kyuri

146. Elektron formulalari quyida keltirilgan elementlarni metallik xossalari ortib borish tartibida joylashtiring:

1) 1s2 2s2 2p6 3s1 2) 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3) 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 4s1 4) 1s2 2s1

A) 2, 4, 1, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 4, 2, 1, 3 D) 3, 1, 4, 2

147. Kimyoviy elementlar davriy jadvalining asosiy guruhchasida joylashgan elementlar qaysi xususiyatlari bilan bir-biriga o’xshash bo’ladi? 1) yadro zaryadi bir xilligi bilan; 2) tashqi elektron qobig’idagi elektronlar soni bir xil bo’ladi; 3) atomlaridagi elektron qobiqchalar soni bir xil bo’ladi; 4) kimyoviy xossalari, yuqorioksidlari va vodorodli uchuvchan birikmalaridagi valentligi bir xil bo’ladi; 5) fizik xossalari o’xshash bo’ladi.



A) 1, 2 B) 1, 3 C) 3, 5 D) 2, 4

148. Temirning izotopi neytronlar bilan nurlantirilganda, protonlar ajralib chiqadi. Bunda qanday atom izotopi hosil bo’ladi?

A) B) C) D)

149. Davriy jadvaldagi elementlarning elektromanfiyliklari qaysi element elektromanfiyligiga nisbatan olingan?

A) Vodorod B) Ftor C) Litiy D) Seziy

150. Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiyliklari davr va guruh bo’yicha qanday o’zgaradi? (Bosh guruhchalarda)



A) Davr bo’yicha ortib boradi, guruh bo’yicha kamayadi B) Davr bo’yicha va guruh bo’yicha kamayadi

C) Davr bo’yicha kamayadi, guruh bo’yicha ortadi D) Davr va guruh bo’yicha ortadi

151. Atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bog’lanishi qanday nomlanadi?

A) Ion bog’lanish B) Metall bog’lanish C) Kovalent bog’lanish D) Vodorod bog’lanish

152. Donor – akseptor bog’lanishda qatnashgan umumiy elektron jufti qaysi atomga tegishli bo’ladi?

A) Kationga B) Anionga C) Akseptorga D) Donorga

153. Atom kristall panjarada kristall panjara tugunlaridagi atomlar orasida qanday turdagi kimyoviy bog’lanish turi mavjud?

A) Vodorod bog’lanish B) Kovalent bog’lanish C) Ion bog’lanish D) Metall bog’lanish

154. Osh tuzining kristall panjarasi tuzilishi qanday?

A) Kubsimon B) Tetraedrik C) Oktaedrik D) Uchburchak

155. Olmos kristallari tugunlarida uglerod atomlari qo’shni to’rtta uglerod atomi bilan muntazam qanday shakldagi kristallarni hosil qiladi? A) Kubsimon B) Uchburchak C) Piramida shaklidagi tetraedrik D) Oktaedrik

156. Qutbsiz kovalent bog’lanishli moddalar, ya’ni oddiy moddalarda elementlarning oksidlanish darajasi qiymati nechaga teng bo’ladi? A) Guruh raqamiga B) faqat +1 ga C) Davr raqamiga D) faqat nolga

157. Elementlarning eng quyi oksidlanish darajasi nechaga teng bo’ladi?

A) Guruh raqamiga B) Sakkizdan valent elektronlarini ayirmasiga C) Nolga D) -1 ga

158. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarida elektron olgan element yoki ion nima deb ataladi?



A) Oksidlovchi B) Qaytaruvchi C) Oksidlanuvchi D) Anion

159. Aluminiyning suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyasini umumiy koeffisiyentlar yig’indisini hisoblang.

A) 38 B) 26 C) 64 D) 67

160. Quyidagi reaksiya oksidlanish – qaytarilish reaksiyasining qaysi turiga kiradi? KClO3 → KClO4 + KCl



A) Disproporsiyalanish B) Ichki molekular oksidlanish – qaytarilish

C) Molekulalararo oksidlanish – qaytarilish D) Sinproporsiyalanish

161. Quyidagi oddiy moddalar orasidan ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi xossaga ega bo’ladiganlarini tanlang:

1) H2; 2) F2; 3) Zn; 4) S; 5) P; 6) Ba; 7) O2; 8) N2; 9) Au; 10) Cu.

A) 1, 3, 5, 7, 9 B) 1, 4, 5, 7, 9 C) 2, 4, 6, 8, 10 D) 2, 3, 5, 7, 10

162. Quyidagilar orasidan elektrolitlarni tanlang:

1) Na2SO4 (eritmasi), 2) C12H22O11 (eritmasi), 3) BaSO4, 4) NaCl(kristall), 5) CO2, 6) FeCl3 (eritmasi)

A) 1, 2, 4, 6 B) 4, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 6

163. Suvda kislotalar (masalan, HCl, HNO3, H2SO4) eriganda qanday ion(lar) hosil bo’ladi?

A) OH‾ B) H3O+ C) Cho’kma tushadi D) Bu kislotalar suvda erimaydi

164. Dissotsiyalanganda anion sifatida faqat gidroksid ionlarini hosil qiladigan moddalarga nima deb ataladi?

A) Asoslar B) Asosli tuzlar C) Kislotalar D) Kislotali tuzlar

165. Moddaning dissotsiyalanish darajasi nimalarga bog’liq bo’ladi?

1) konsentratsiyaga, 2) elektrolit tabiatiga, 3) erituvchi tabiatiga, 4) haroratga

A) faqat 1 ga B) 1, 2 C) 1, 2, 3, 4 D) faqat 4 ga

166. Kuchsiz elektrolitlar qatorini ko’rsating.

A) FeSO4, HJ, Ba(OH)2 B) HNO2, HClO, HBr C) Ca(OH)2, H2S, KOH D) H2S, H2SO3, H2SiO3

167. Qanday tuzlar gidrolizga uchramaydi?

A) Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar B) Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar

C) Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar D) Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar

168. Tuzning dissotsiyalanishidan hosil bo’lgan ionlarni suv bilan o’zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo’lishi nima deb ataladi? A) Dissotsiyalanish B) Polimerlanish C) Gidroliz D) Elektroliz

169, Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuz gidrolizini tezlashtirish uchun nima qilish kerak?

A) Ishqor qo’shish, sovitish, suv qo’shish kerak B) Kislota qo’shish, isitish, suv qo’shish kerak

C) Ohak qo’shish va suvini bug’latish kerak D) Faqat sovitish kerak

170. Suvdagi eritmasi elektr tokini yaxshi o’tkazadigan va lakmus bilan fenolftalein ranglarini o’zgartirmaydigan moddani aniqlang. A) Al(NO3)3 B) Na2CO3 C) HNO3 D) KNO3

171. Metallmaslarni elektronlarni biriktirib olish qobiliyati kamayib borish tartibida joylashtirilgan qatorni ko’rsating.

A) Si, H, P, C, S B) F, O, Si, C, S C) Cl, S, C, P, Si D) F, Si, C, P, H

172. Kosmosda eng ko’p tarqalgan metallmaslarni belgilang. A) H2, He B) O2, N2 C) O2, Si D) He, Ar

173. “Galogen” tushunchasini kim fanga kiritgan va bu so’zning ma’nosi nima?

A) K.Vinkler; “kislota hosil qiluvchi” B) L.Meyer; “suvda eruvchi”

C) Ya.Berselius; “tabiiy toza” D) I.Shveyger; “tuz hosil qiluvchi”

174. Galogenlar ichida Yer qobig’ida eng kam tarqalganini aniqlang. A) F2 B) Cl2 C) Br2 D) I2

175. Odatdagi sharoitda (20 oC da) bir hajm suvda qancha hajm xlor eriydi? A) 0,5 B) 25 C) 2,5 D) 500

176. Odatdagi sharoitda yodning eruvchanligi nechaga teng? A) 8 B) 4 C) 2 D) 0,02

177. F‾→Cl‾→Br‾→I‾ qatoroda ionlarning kimyoviy faolligi qanday o’zgaradi?

A) ortib boradi B) kamayib boradi C) Avval ortadi, keyin kamayadi D) o’zgarmaydi

178. Oltingugurt necha xil allotropic shakl o’zgarishga ega? A) 5 B) 3 C) 2 D) 6

179. Vodorod sulfid odatdagi sharoitda bir hajm suvda necha hajm eriydi? A) 25 B) 17 C) 2,5 D) 0,5

180. Konsentrlangan sulfat kislota qaysi metallarga ta’sir etmaydi?

A) Ag, Pt, Cu B) Fe, Al, Ba C) Pt, Na, K D) Pt, Au, Ag

181. Quyida muvozanatda turgan sistemani o’ngga siljitish uchun nima qilish kerak? 2SO2 + O2 ↔ 2SO3 + Q

A) Bosimni kamaytirish, haroratni ko’tarish B) Bosimni oshirish, haroratni pasaytirish

C) SO3 qo’shish, hajmni oshirish D) SO2 konsentrasiyasini kamaytirish, haroratni oshirish

182. CuO + NH3 → ? hosil bo’ladigan oddiy moddalarning mol nisbatlarini aniqlang.

A) 3 : 1 B) 2 : 1 C) 1 : 1 D) 5 : 1

183. Odatdagi sharoitda azot bilan bevosita birika oladigan metallni ko’rsating. A) Ag B) Mg C) Fe D) Li

184. Bir hajm suvda necha hajm ammiak eriydi? A) 3 B) 2,5 C) 700 D) 25

185. 0 oC da bir hajm suvda necha hajm NO eriydi? A) 700 B) 0,7 C) 250 D) 200

186. Cu(NO3)2 tuzi termik parchalanganda qanday oddiy modda(lar) hosil bo’ladi?

A) faqat O2 B) Cu, O2 C) N2, Cu, O2 D) faqat Cu

187. Rangsiz, sarimsoq hidli, suvda erimaydi, zaharli, molekulyar kristall panjaraga ega; bu ta’riflar qaysi fosfor allotropiyasiga tegishli? A) qora B) qizil C) binafsha D) oq

188. Quyidagilar orasidan sariq cho’kmani ko’rsating. A) Ca3(PO4)2 B) Ba3(PO4)2 C) Ag3PO4 D) AgCl

189. O’simlikda azot, fosfor va kaliyning o’zlashtirilishini tezlashtiruvchi mikroelementni ko’rsating.

A) Mn B) Fe C) Cu D) Zn

190. Inson tanasining 99,4 % ini tashkil etuvchi elementlarni ko’rsating.



A) Ca, N, C, O, H B) Fe, Ca, N, Cl, F C) Na, K, P, Ca, Fe D) C, N, Fe, Cl, J

191. Qo’sh superfosfat formulasini ko’rsating. A) Ca5(PO4)F B) CaHPO4·2H2O C) NH4CaPO4 D) Ca(H2PO4)2

192. Sulfat kislotaning konsentratsiyasi 100% ga yaqin bo‘lganda qaysi metallga ta’sir etmaydi.

A) Cu B) Fe C) Zn D) K

193. Suvda ham, nitrat kislotada ham erimaydigan oq cho‘kma?

A) AgCl B) BaSO4 C) CaCO3 D) Al(OH)3

194. Qaysi modda shisha, soda ishlab chiqarishda, tibbiyot va veterinariyada turli dori-darmonlar tayyorlashda ishlatiladi.

A) Suvsiz natriy sulfat B) gips C) mis kuporosi D) Temir kuporosi

195. U To‘q yashil rangli kristall, o‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashda, turli bo‘yoqlar tayyorlashda ishlatiladi.

A) Suvsiz natriy sulfat B) gips C) mis kuporosi D) Temir kuporosi

196. Tabiiy gips 150-170°C da qizdirilganda 3/4 qism suvni chiqarib yuboradi nimaga aylanadi?

A) suvsiz gips B) mis kuporasi C) alebastr D) suvsiz natriy sulfat

197. Quyida berilgan qaysi modda metallar sirtini metal qoplami bilan qoplashda qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi?

A) Suvsiz natriy sulfat B) gips C) mis kuporosi D) Temir kuporosi

198. Oltingugurt (IV)-oksiddan oltingugurt (VI)-oksid olishda qaysi katalizatror sifatida jarayonni tezlashtiradi.

A) MnO2 B) V2O5 C) CuO D) HgO

199. Suv bilan o‘zaro reaksiyasi atmosfera kislorodi ishtirokida juda sekin va uzoq muddat davom etadi.

A) misning B) temirning C) kaliyning D) kalsiyning

200. Qaysi reaksiya juda tez sodir bo‘ladi, hatto ajralib chiqayotgan vodorod yonib ketadi. Reaksiya yonish bilan ro‘y beradi?



A) 2K + 2H2O = 2KOH + H2 B) 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 C) 2Li + 2H2O = 2LiOH + H2 D) Cu + 2H2O = Cu(OH)2 + H2

201. Qaysi metall suv bilan reaksiyaga kirishmaydi? A) mis B) temir C) kaliy D) kalsiy

202. Ingibitorlar bu?

A) moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishish imkoniyatini susaytiradigan moddalar

B) kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan, ammo o‘zi o‘zgarmay qoladigan moddalar

C) oraliq mahsulot bo’lib tarkibi o’zgaradigan moddalar

D) suv bilan ta’sirlashmaydigan moddalar

203. katalizatorlar bu?

A) moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishish imkoniyatini susaytiradigan moddalar



B) kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan, ammo o‘zi o‘zgarmay qoladigan moddalar

C) oraliq mahsulot bo’lib tarkibi o’zgaradigan moddalar

D) suv bilan ta’sirlashmaydigan moddalar

204. Qaytar reaksiyani tanlang. A) CaCO3 + 2HCl B) NaOH + HNO3 C) SO2 + H2O D) Zn + H2SO4

205. Qaytar kimyoviy reaksiyalarda dastlabki moddalar sarflanib ularning eritmadagi konsentratsiyasi kamayib boradi, natijada to‘g‘ri reaksiyani tezligi . . . .

A) susayadi B) ortadi C) o’zgarmaydi D) b.j.y

206. Qaytar kimyoviy reaksiyalarda reaksiya davomida hosil bo‘layotgan mahsulotlarning konsentratsiyasi ortishi hisobiga teskari reaksiyaning tezligi . . . .

A) susayadi B) ortadi C) o’zgarmaydi D) b.j.y

207. Qaytar kimyoviy reaksiyalarda reaksiya davomida hosil bo‘layotgan mahsulotlarning konsentratsiyasi ortishi hisobiga to’g’ri reaksiyaning tezligi . . . .



A) susayadi B) ortadi C) o’zgarmaydi D) b.j.y

208. . . . kimyoviy muvozanatni siljitmaydi. Balki muvozanatni tezroq qaror topishiga yordam beradi.

A) bosim B) harora C) katalizator D) moddalar konsentratsiyasi

209. Quyidagi qaysi ta’sirlarda kimyoviy muvozanatni siljitish mumkin.

A) bosim, harorat va katalizator B) harorat, katalizator va moddalar konsentratsiyasi

C) bosim, katalizator va moddalar konsentratsiyasi D) bosim, harorat va moddalar konsentratsiyasi

210. Odatdagi sharoitda 100 g suvda 3,6 g brom eriydi va bu suvni bromli suv deb ataymiz. 30,4 g FeSO4 ni sulfat kislotali muhitda oksidlash uchun qancha(g) bromli suv kerak?

A) 260,22 B) 460,44 C) 360,33 D) 660,66



211. 2SO2 + O2 ↔ 2SO3


192

Na2CO3 + CaCO3 + 6SiO2 → Na2O · CaO · 6SiO2 +2CO2
Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling