«yangi materiallar texnologiyalari»


Download 6.42 Mb.
bet8/13
Sana13.11.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1771505
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
YaMT amaliy mashg\'ulot 2022-2023 yil

7.1-jadval.

To`ldirgich

6 m MPa

To`ldirgich

6 m MPa

Тo`ldirgichsiz
Yog`och uni
Asbolatola
Qog`oz tasma

35
40
35
75

Gazlama tasmasi
Shisha to`qima
Shisha tola

100
280
300

Plastmassalar ko`pincha cho`zilishga sinaladi. Sinov namunalari yo`nib tayyorlanadi. Faqat tolali yoki qatlamli plastmassalardan namunalar yo`nib tayyorlanadi.


Ko`pgina materiallarning mexanik xossalari temperaturaga bog`liq, mustahkamlik chegarasi , oquvchanlik chegarasi , va proportsionallik chegarasi temperatura ko`tarilishi bilan kamayadi, pasayishi bilan ortadi. Plastik xarakteristikalari esa temperatura ko’tarilishi bilan ortadi, pasayishi bilan kamayadi. Temperatura ortishi bilan elastiklik moduli E kamayadi. Puasson koeffitsenti ortadi, temperatura pasayganda esa teskari xodisani kuzatamiz.
Ba'zi materiallar bu qoidalardan mustasnodir, ba'zilar esa o`ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, uglerodli po`latni qizidirganda avvaliga uning mustahkamlilik chegarasi ortadi, 300 0C temperaturada eng katta qiymatga erishadi.
( =300=1,2 20) keyin esa intensiv ravishda kamayadi, oquvchanlik maydonchasi kichrayadi va 3000 da butunlay yo`qoladi.
Po`latlar sovitilsa, mustahkamlik xarakteristikalari oshadi. Atom reaktorlari, atom elektr stantsiyalari sinxrofazotroplarida paydo bo`ladigan radiaktiv nurlanish ta'sirini ko`rib chiqamiz. Nurlanish materiallarining mustahkamlik xossalarini oshiradi, plastik xossalarini kamaytiradi, ya'ni nurlash o`z ta'siriga ko`ra mustahkamlik va plastiklik xossasiga temperatura pasayishi kabi ta'sir etadi. Nurlanish plastmassalarining plastik xossasini kamaytiradi. Ba'zi plastmassalarga ta'sir etmaydi (masalan polietilenga esa (masalan katalin) mustahkamligini kamaytirib yuboradi.
Metallarning mustahkamlik va plastiklik xarakteristikalarini o`zgartirish uchun ularga termik ishlov beriladi. U ma'lum temperaturada qizdirilish va sovitish rejimlaridan iborat bo`ladi.
Yumshatish uchun po`lat ma'lum temperaturada qizdiriladi, uzoq muddat bu temperaturada ushlab turiladi va keyin asta-sekin sovitiladi.
Toblash uchun po`lat ma'lum temperaturada qizdiriladi, so`ngra suv yoki moyda sovitiladi. Toblangan po`latning mustahkamligi juda yuqori bo’ladi.



Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling