Yangi metodik adabiyotlarga taqriz yozish
Download 8.69 Kb.
|
mustaqil talim 7
Yangi metodik adabiyotlarga taqriz yozish. Arabcha «taqriz» so’zi – retsenziya yozish; biror kitob (asar)ni maqtab yozish, degan ma’noni anglatadi. Ilmiy, badiiy va boshqa turdagi asarga tanqidiy nuqtai nazardan berilgan yozma baho, tahlil. 📝Taqrizni yozish jarayonida esa asosiy fokus kitobdagi faktlar, aniq ma’lumotlarni keltirishga emas, asarni o’qigandan so’ng kitobxonda qanday xulosa kelib chiqqanligini yoritishga qaratiladi. Yozilgan taqriz quyidagi talablarga javob berishi kerak: 🔵Asarning mavzusi nima? 🟢Asardan qanday g’oyalar kelib chiqadi? 🟡Asarning bugungi kundagi ahamiyati qanday? 🟤Asar nima uchun o’qilishi kerak? (Sabablari keltirib o’tiladi) 🟣Qaysi yosh toifasiga mo’ljallangan? ⚫️Asardan iqtibos yoki asar matnidan parcha keltirib, tahlil qilish. Kitobxon muhim deb hisoblagan, o’ziga kuchli ta’sir qilgan jumlalarni ham kiritib o’tishi kerak. 🟠Asar voqealarini hayotga bog’lashga harakat qilinadi. ⚪️Taqriz so’nggida kitobxon o’zingiz asar haqidagi asosiy xulosasini keltirib o’tishi kerak. ❌Taqriz matni 400 ta so’zdan oshmasligi kerak. Fikringizni kam so’z qo’llab, qisqa va lo’nda ifodalashga harakat qiling. (400 ta so’zdan oshgan taqrizlar avtomatik ravishda chetlatiladi). ❎Taqrizda kitobni shundayligicha ko’chirib qo’ymang. Shaxsiy fikringizni bildirishga harakat qiling. Turli kanallar, Google, Chrome va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqa shaxslar tomonidan yozilgan matnlarni ko’chirganlarning taqrizi ham tekshirilmaydi. Imlo qoidalariga amal qilishga harakat qiling (ş, ö, c, w…kabi belgilardan foydalanmasdan, asl harfda ifodalang). (Lotin alifbosida yozishga qiynaladiganlar krill alifbosida yozish imkoniyatiga ham ega!) 🌝Taqrizni shunday darajada yozingki, taqrizingizni o’qigan kishi bu asarni o’qishga qiziqib qolsin, taqrizingiz asarni topib o’qishga majbur qila olsin. 💭Taqrizni telegramda elektron shaklda yoki sayt, bot orqali rasmli qilib yaratishingiz mumkin. Download 8.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling