Marketing nima? - Marketingning eng qisqa ta’riflaridan biri quyidagicha:
«Marketing - bu firmaga foyda keltirgan holda insonlar ehtiyojini qondirishdir». Marketing (inglizcha market - bozor va unga «ing» qo`shilganda «bozor bilan bog`liq faoliyat” ma`nosini anglatadi. - Marketing - bu ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish va foyda olish maqsadida, tovarlarni bozorlarda sotish, talabni shakllantirish va tovarlar savdosini rag`batlantirish, ayriboshlashni rivojlantirish va tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan tovarlar, xizmatlar keng miqyosli faoliyat turidir.
MARKETING MAJMUASI
Marketingning quyidagi turlari tavsifi xalqaro marketing maqsadlariga nisbatan mos keladi: - differenstiastiyalashgan, bozorning bir necha segmentidan foydalanib, ularning har biriga alohida taklif bilan chiqishga mo’ljallangan;
- konversiyaviy, salbiy (manfiy) talabni engib o’tish uchun sharoit yaratuvchi;
- konstentrastiyalashgan, butun xatti -harakatlarni; muayyan alohida bozorga qaratuvchi;
- ommaviy iste’mol tovarlariga nisbatan qo’llaniladigan;
- qarshilik qiluvchi, ayrim tovar va xizmatlarga bo’lgan norastional va irrastional talab ta’sirini chegaralashga qaratilgan;
- rivojlantiruvchi, potenstial talabni real talabga aylantirishga yo’naltirilgan;
- strategik, firmaning ichki va tashqi imkoniyatlarini o’rganish va ulardan foydalanishga asoslangan;
- maqsadli, bozorning aniq segmentiga yo’naltirilgan;
- narx tovarga narx belgilashga asoslangan.
Marketingning asosiy atamalari quyidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi: zaruriyat, ehtiyoj, talab, tovar, ayriboshlash, bitim, bozor va h.k. - Zaruriyat - inson tomonidan biror-bir narsa etishmayotganligini sezish. Inson zaruriyatlari xilma - xil va murakkab bo’ladi. Bular jismoniy zaruriyat; dam olishga bo’lgan zaruriyat; ijtimoiy zaruriyat; shaxsiy zaruriyat va boshqalar. Ular inson tabiatining birlamchi tarkibiy qismi sanaladi. Inson zaruriyatlari, ehtiyojlari va talablari tovarlar bilan qondiriladi. Tovar deganda ehtiyoj yoki zaruriyatni qondira oladigan va e’tibor, jalb qilish, foydalanish yoki iste’mol maqsadida bozorga taklif qilinadigan narsa tushuniladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar o’z tovarini sotish uchun xaridorlarni izlashi, ularning ehtiyojlarini aniqlashi va ushbu ehtiyojlarni iloji boricha to’laroq qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarishlari lozim.
- Ehtiyoj - har bir insonning madaniy darajasi va shaxsiyatiga muvofiq o’ziga xos shaklni olgan zaruriyatdir. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida, turoperatorlar, turmahsulotga ega bo’lish istagini paydo qilish uchun maqsadli xatti-harakatlarni amalga oshiradilar.
- Talab - xarid qobiliyati bilan ta’minlangan ehtiyoj.
- Bozor — bu:
Do'stlaringiz bilan baham: |