168. A.Oripovning ilk she’riy to’plami qanday nomlangan?
A) Sevgi
B) Ayriliq
C) Mitti yulduz
D) Sog‘inch
169. H.Olimjonning ilk she’ri qaysi gazetada chop etilgan?
A) Zarafshon
B) Xalq oynasi
C) Oyna
D) Sharq yulduzi
170. “Tong shabadasi” hikoyalar to‘plami kimning qalamiga mansub?
A) Sh.Rahmon
B) O.Matjon
C) Zulfiya
D) H.Olimjon
171. H.Olimjonning qaysi she’ri uzoq safar taassurotlar ta’sirida yozilgan?
A) Nima bizga Amerika?
B) Baxtlar vodiysi
C) O‘lim yovga
D) O‘rik gullaganda
172. H.Olimjon qaysi asarini yozish oldidan «Qur’on»ni o‘rganib chiqadi?
A)Muqanna
B) Ofeliyaning o‘limi
C) Roksananing ko‘z yoshlari
D) Sevgi
173. H.Olimjonning qaysi dostonida sinfiy kurash, sotsialistik qurilish ishlari avj olgan davr tasvirlanadi?
A) Baxtlar vodiysi
B) O‘lim yovga
C) Temir qonun
D) Nima bizga Amerika?
174. Guloyin obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) Guliston
B) Bo‘ston
C) Muqanna
D) Oygul bilan Baxtiyor
175. Qaysi ijodkor «Muqanna» spektakliga yozgan taqrizida Guloyinni jahon adabiyotining Laurensiya, Neston-Darijon obrazlariga qiyos qilgan?
A) K.Yashin
B) H.Olimjon
C) M.Shayxzoda
D) O.Sharafiddinov
176. H.Olimjonning «Ofeliyaning o‘limi» she’ri qanday munosabat bilan yozilgan?
A) O‘zbek Milliy teatri sahnasida «Qirol Lir» spektaklining qo‘yilishi munosabati bilan
B) rafiqasi Zulfiyaxonimga nisbatan muhabbati tasviri
C) Olis yo‘llik safari taassurotlari asosida
D) O‘zbek Milliy teatri sahnasida «Hamlet» spektaklining qo‘yilishi munosabat bilan
177. H.Olimjonning adabiy merosi she’riyatdan tashqari, yana qanday janrlarni qamrab oladi?
A) she’riyat, ocherk, hikoya
B) hikoya, komediya, pyesa
C) pyesa, tragediya, tanqidiy maqola
D) she’riyat, ocherk, pyesa
Do'stlaringiz bilan baham: |