Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻyish marosimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yildan Oʻzbekistonga kelgan oliy va yuqori darajadagi mehmonlar tomonidan „Yangi Oʻzbekiston“ bogʻidagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻyish marosimi anʼanaga aylandi.
Xorijidan kelgan oliy va yuqori darajadagi mehmonlarning tashrifi chogʻida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida oʻtkazilgan Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻyish marosimlarining roʻyxati
№
|
Tashrif buyuruvchi
|
Lavozimi
|
Tashrifi sanasi
|
Tasviri
|
Izoh
|
1
|
Recep Tayyip Erdoğan[15]
|
Turkiya Respublikasi prezidenti
|
2022-yil 29-mart
|
|
Xorijiy davlat rahbarining ilk tashrifi
|
2
|
Sahibə Qafarova[16]
|
Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi raisi
|
2022-yil 1-aprel
|
|
|
3
|
Emomali Rahmon[17]
|
Tojikiston Respublikasi prezidenti
|
2022-yil 2-iyun
|
|
|
4
|
İlham Əliyev[14]
|
Ozarbayjon Respublikasi prezidenti
|
2022-yil 21-iyun
|
|
|
Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bogʻning yuqoridan koʻrinishini ulkan daraxtning beshta shoxiga oʻxshatish mumkin. Bu koʻrinish Oʻzbekiston Harakatlar strategiyasining beshta yoʻnalishi ramzi ekani maʼlum qilindi.
Bogʻ hududida turli attraksionlar, favvoralar, savdo va ovqatlanish shoxobchalari, 450 m² li sunʼiy muz maydoni va 5000 oʻrinli usti ochiq amfiteatr tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mustaqillik monumenti
Mustaqillik monumenti „Yangi Oʻzbekiston“ bogʻining markaziy qismida joylashgan monument boʻlib, unda Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va bugungi kunini aks ettiruvchi barelyeflar yasalgan. Barelyef muallifi, haykaltarosh Shohrux Oʻrozov. Monument balandligi 60 metr. Eng yuqori qismida humo qushi koʻrinishidagi installyatsiya oʻrnatilgan.
Monument barelyefi haykalining hozirgi koʻrinishi vaqtincha gipsdan tayyorlangan va stellaning yuzasiga moslab ishlangan haykaltaroshlik ishi sanaladi. Keyinchalik stella majmuasiga ishlangan barelyefning bronza koʻrinishi tayyorlanib, stella majmuasiga olib kelib oʻrnatilishi rejalashtirilgan[19].
Do'stlaringiz bilan baham: |