Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik
Download 19.85 Kb.
|
Dildora Inoyatova
Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik Ilk bor maktabga qadam qo`ygan chog`larimda ustozim ’’Vatan’’degan tushunchani o`zgacha bir g`urur, iftixor ila ta`riflaganlarida hayron qolar edim. Ustozimning vatan haqidagi har bir so`zi chin qalbidan mamnunlik ila chiqayotganidan hayratlanar edim.Qiziq, Vatan shunchalar ulug`mikan? Vatan o`zi nima? Kindik qonimiz to`kilgan tuproqmi ? Onaizorning mungli va ayni chog`da nurli allasimi? Buvijonlarimiz aytgan rivoyat-u ertaklarmi? Oilami? Dasturxon atrofida to`planganimizda yoshi ulug` insonlarning qo`l ochib qilgan duolarimi? Yoki ustozimning faxr ila aytgan so`zlarimikan? Vatan, avvalo , ona allasidan, oila ostonasidan , mahalladan boshlanadi. Vatan bularning barchasidir. Vatan degan tushunchani har kim har xil tassavvur etadi. Rassom mo`yqalami orqali vatan tushunchasini tasvirlamoqchi bo`lsa , shoir-u yozuvchilar o`tkir qalami ila vatan ta`riflashga harakat qiladi. Meninmcha, ulg`ayganimiz , katta hayot ostonasiga qadam qo`yganimiz sari vatanning qamrov darajasi kengayib boradi. Vatan haqida gap ketganda , doimo ustozimning gaplari esimga keladi. ``Dunyoda ikkita narsa tanlanmydi. Vaatn va ota-ona. Bir asar qahramoni aytganidek, agar vatanni xo`rjinga solib yurganda edi, u Vatan bo`lmas edi. Vatan tanlanmaydi. Vatanni ko`tarib olib yurib bo`lmaydi,``- der edilar. Inson hayoti davomida boshqa yurtlarda yashashi mumkin. Lekin umrining oxirgi kunlarida vatan sog`inchi insonga azob beradi. Xayriddin Sultonovning ``Saodat sohili`` qissasida Bobur umrining so`nggi daqiqalarida unga yaqin bo`lganlar armoningizni ayting , bajo keltiraylik deganda Bobur men yurtimga qalandar bo`lib qaytishga roziman deydi. Aslini olganda qalandar kim u? Uni dunyoda xo`rjinidan boshqa hech narsa si yo`q. Bobur hamma narsasidan vos kechib kechishga tayyor bo`lgan. Insonning vataniga bo`lgan cheksiz muhabbatining, yurt sog`inchining yaqqol isbotini ko`rish mumkin. ``Vatanga muhabbat onaga muhabbat kabi muqaddas va yuksak tuyg`u. Onaga muhabbatning shunday bir o`ziga xosligi borki , odam bu tuyg`usi haqida olamlarga jar solib , hammani undan voqif qilavermaydi. Vatan muhabbati ham shunday : u hammaga ko`z-ko`z qilinmaydi , u to`g`risida tantanavor e`lonlar chop etilmaydi, har muyulishda odam ko`kragiga urib, Vatanga oshiqligini pisanda qilmaydi. Vatanga muhabbat bozorga solinadigan matoh emas, balki inson qalbining to`rida gard yuqtirmay pokiza saqlanadigan eng nafis , eng inja bir tuyg`udir. Uning to`g`risida huda behuda jar solaversang, har kuni amalda emas , og`izda namoyon etaversang, bu tuyg`uning muqaddasligi qolmaydi.`` Men ham shunday ulug` va jannatmakon yurtda tug`ilganimdan faxrlanaman. Bir to`kilib tag`in qomat tikladik , Yelkalarga millat yukin yukladik. Ozod vujudlarda ruh bo`ldi bino, Binolar o`rnida davlat tikladik. Qay kun tildan uchdi qadrdon kalom- Dunyolarni quchdi o`zbek degan nom! Mustaqillik bu ulug` ne`mat. Har bir shaxs bu ulug` ne`matning qadriga yetishi , vatan xizmati yo`lida sobit qadam turishi lozim. Dunyoda mustaqilligini qo`ldan boy bergan qancha davlatlar mavjud .Vatanimiz mustaqilligiga, tinchligiga ko`z tegmasin. Zero, istiqlol yillaridan boshlab erishilib kelinayotgan yutuq va marralar zamirida mustaqillik deb atalmish bebaho ne`mat yotadi. Yaqinda yurtimiz 30 yoshga toladi. Mustaqillikning 30 yillik yubileyini ``Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik`` g`oyasi ostida o`tkazilishi bejizga emas. Chunki O`zbekiston so`nggi 5 yil ichida misli ko`rilmagan darajada yutuqlarga ,o`zgarishlarga erishdi. Jahon miqyosida ham ``Yangi O`zbekiston`` deya atalishi har bir yurt fuqarosiga o`zgacha g`urur baxsh etadi. Birgina yoshlarga oid davlat siyosati , e`tibori yurt kelajagi bo`lmish yoshlarga g`amxo`rlikning yorqin namunasidir. Masalan, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 muhim tashabbus joriy etildi. Unga ko`ra: 1-tashabbus Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatrga qiziqishini oshirish, iste`dodini yuzaga chiqarish; 2-tashabbus Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobilyatini namoyon qilish; 3-tashabbus Yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish; 4-tashabbus Yoshlar o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish; 5- tashabbus Xotin-qizlarni ish bilan ta`minlash nazarda tutilgan. Bu o`z navbatida mamlakatning taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Zero, yurt kelajagi biz yoshlar qo`lida. Oybekning `` Navoiy`` romanida Navoiyning tabiricha, mamlakatdagi oddiy qorovuldan tortib yuqori mansabdagi shaxs o`z ishini sidqidildan bajarsa, davlat yuksaladi. Xulosa qilib aytganda, Shu ozod va obod vatanda yashar ekanmiz, har bir fuqaro uning ravnaqiga birday mas`uldir. Keling , azizlar, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilib, yurtimizni bundanda qudratli bo`lishiga o`z hissamizni qo`shaylik hamda Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik! Inoyatova Dildora Ilhom qizi. Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti 6-8-Uzb -19- guruh talabasi Download 19.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling