Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik !


Download 20.07 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi20.07 Kb.
#1607796
Bog'liq
MTM Ishlanma Mustaqillikka lotin


Mavzu :"Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!"


Ta’lim-tarbiyaviy maqsadi:


Mustaqil yurt dilbandlariga O‘zbekiston Vatan haqida tushuncha berish. O’zbekiston mustaqilligining 30 yilligi va bu yillar ichida erishgan yutuqlar, boy tarixiy merosimiz haqida keng qamrovli tushuncha berish.


Rivojlantiruvchi maqsad:


Fan madaniyat va sportda qo’lga kiritgan zafarlar yurtimiz sharafini olamga yoyayotgan iqtidorli farzandlarimiz haqida suhbat uyushtirish. Bolalarni Vatanparvarlik, ona-yurtga sadoqatli bo’lish ruhida tarbiyalash. Davlatimiz ramzlari haqidagi bilimlarni mustahkamlash, erkin va mustaqil fikrlash, qobilyatini rivojlantirish.


Kerakli jihoz:


O’zbekiston davlat ramzlari yurtimiz tarixi, mustaqillik yillari, erishilgan muvaffaqiyatlar to’g’risida hikoya qiluvchi rasmlar, fan, madaniyat va sport dunyoga tanilgan yurtdoshlarimiz va tarixiy shaxslar suratlari. Mustaqillik haqidagi bilimlarini boyitish, davlat ramzlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash.


Faoliyatning borishi:


Bolajonlar bu yil 1-sentabr kuni O’zbekiston Davlat mustaqlligini 30 yiligi to’yini katta tantana shodu-hurramlik bilan keng nishonlaymiz. Biz uchun eng ulug’, eng aziz ayyom bo’lmish mustaqillik bayrami, markazlarda va joylarda har tomonlama tayyorgarlik bilan kutib olish, mamlakatimizda ezgu o’zbek an’anaga aylanib qolgan. Bu bayram haqida so’z borar ekan, amalga oshirgan ishlarimizni bugungi yutuq va marralariga avvalo qanday og’ir va mashaqqatli mehnat evaziga erishganimizni yana bir bor eslab o’tamiz.
Mustaqillik avvalo qutlug’ ekanini faqat mustaqillik orqaligina shaxs o’z qadr-qimmatini anglashi istiqlol yurtimizda yashayotgan millati, dinidan qatiy nazar barcha fuqarolarni huquq va erkinliklarini taminlashning asosiy omili ekanligini anglatadi. O’zbekiston Respublikasi Mustaqllikga erishgandan so’ng o’z davlat ramzlari gerbi, bayrog’i va madhiyasiga ega bo’ldi.


Faoliyatning asosiy qismi:


Vatan haqida ko’plab maqollar mavjud. Masalan:

Vatanni sevmoq iymondandir”,


Bulbul chamanni sevar-odam Vananni”,


Vatan ostonadan boshlanadi”,


Vataning tinch-sen tinch.




Mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lida o'tgan davrda amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarda, hech shubhasiz, hayotimizning turli soha va tarmoqlarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor. Bu mehnatlariga javoban yurtboshimiz tomonidan ko’plab soxa egalariga orden va ko’krak nishonlari topshirildi. Biz yoshlar ham shunday faxriy insonlarga munosib kelajak avlod bo’lishimiz lozim.
Vatanimizni madh etuvchi ko’plab she’rlar mavjud.
Hozir esa ulardan birini eshitamiz.


V atan boshlanur avval qayerdan?
Vatan bu tan ichindadur,
Vatan nomus, Vatan or.
Vatan singlim kabi pokdir.
Vatan xalqdek xokizor.
Qayerda yashaymiz aytar qani kim?
Bir o’lka bor ertak misoli
Go’zallikda tengi yo’q makon.
M aftun etgan meni jamoli,
Qo’shiqlarim unga arg’imon
Bu ona yurt - O’zbekistonim.
Mutaqillik qaysi kun qilgan tantana?
Bu kun tarix yuziga
Zar bo’lib bitgan
Bobolarim bu kunni
Orziqib kutgan
Baxtiyor davronda yashaymiz mana
Yakuniy qism:



  1. Mustahkamlash



2. Rag’batlantirish
Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling