Yangi O’zbekistonda ijtimoiy-siyosat I bob. O’zbekistonda ijtimoiy-siyosat taraqqiyoti


Download 22.04 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi22.04 Kb.
#1479054
Bog'liq
Yangi O bmi


Yangi O’zbekistonda ijtimoiy-siyosat
I BOB. O’zbekistonda ijtimoiy-siyosat taraqqiyoti

  1. Jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy-siyosatning ahamiyati

  2. Mustaqillik dastalabki yillarida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosat

II BOB. O’zbekiston ijtimoiy-siyosatida yangi davrning boshlanishi

  1. O’zbekiston ijtimoiy davlat

  2. “Inson-jamiyat-davlat” konseptsiyasi

  3. Ta’limdagi islohotlar Uchunchi Renessans poydevori

III BOB. Umumiy xulosa

Kirish
Ijtimoiy siyosat barcha davrlarda, barcha davlatlar siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib kelmoqda. Xususan, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, mamlakat hayotida jiddiy o’zgarishlar, tub yangilanishlar yuz bera boshladi. Siyosiy munosabatlarda yangicha tafakkur tarsi shakillandi, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida fuqarolarning real ishtirokini ta’minlash va uning kafolatli tizimini yaratish mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli islohatlarning asosini tashkil etdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov mamnuniyat bilan: “Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo’l qo’ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini ta’minlagan holda, O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldik”, deb aytgan edi. Haqiqatdan, O’zbekistonda o’tish davrida kuchli ijtimoiy siyosat tizimi shakllantirildi va uni amaliyotga kengroq tatbiq qilish, takomillashtirish ishlari olib borildi. Bugungi kunda ham ijtimoiy siyosat davlatning muhim masalalaridan bo’lib qolmoqda va islohatlarning amaliy davomi olib borilmoqda.
Endilikda, O’zbekistonda muayyan to’plangan tajribalar ijtimoiy siyosat tizimini davomli takomillashtirib borishni talab etmoqda. Endi ijtimoiy siyosatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish ehtiyoji paydo bo’ldi. Shu munosabat bilan aholini yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan har bir shaxsni ishonchli bo’lgan maqsadli ijtimoiy muhofaza qilishga, ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga izchillik bilan o’tish jarayoni kechmoqda.
Avval boshidan, mamlakatimizda ijtimoiy himoyalashning asossiz tekischilik tizimidan voz kechilib, sharqda ming yillar davomida qaror topgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, turmush tarzi va dunyoqarashiga muvofiq keladigan o’ziga xos yo’l tanlab olindi va aholini ijtimoiy himoyalashga yangicha munosabat shakillantirila boshlandi. Ijtimoiy ko’mak berishning yangicha tizimi o’ziga xos “o’zbek modeli” ni tarkibiy qismi bo’ldi. Yani aytilayotgan muvofiqlashtirilgan ijtimoiy ko’mak berishning tizimida mahalla instituti ustuvor mavqega ega bo’ldi. Bu tizim o’z navbatida jamiyatning, yani jamiyatimizning oilalar mustahkamligi, jamoatchilik g’oyalari, jamoa manfaatlarining birligi, ko’pchilik g’oyalari, jamoa manfaatlarining birligi, ko’pchilik fikrining ustunligiga asoslanish kabi muhim jihatlarini o’zida mujassam etdi.
Download 22.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling