Yangi o'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari


Download 0.81 Mb.
bet2/6
Sana31.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1312567
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
biznes

Zavodlar

2010 yil

2011 yil

2012 yil

“GMUzbekistan” ҚК

217000

222000

236000

МЧЖ “JV MAN AutoUzbekistan”

414

534

1018

МЧЖ “SamAvto”

1948

2019

2381

“GM Power train – Uzbekistan” ҚК





32000

“O‘zavtosanoat” AK bo‘yicha Investitsiya dasturi doirasida 2012 yilda bajarilgan investitsion loyihalar soni 25 ta bo‘lib, ularning umumiy qiymati 425,87 mlrd. co‘mni tashkil etdi (3-javdalga qarang). Bu ishlarning natijasida jami 2396 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.


2012 yilda respublikaning barcha avtomobil transporti vositalarida jami 1 mlrd. 216 mln. tonna yuk va 6 mlrd. 645 mln. yo‘lovchi tashilib, ushbu ko‘rsatkich 2011 yilga nisbatan tegishli ravishda 105,2 va 105,8 foizni tashkil etmoqda. 2012 yil davomida esa Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan “Isuzu” rusumli avtobuslardan Buxoro viloyatida 197 ta, Samarqand viloyatida 72 ta, Andijon viloyatida 60 ta, Qashqadaryo viloyatida 55 ta, Xorazm viloyatida 53 ta, Navoiy viloyatida 44 ta, Surxondaryo viloyatida 35 ta, Farg‘ona viloyatida 34 ta, Toshkent shahrida 22 ta, Toshkent viloyatida 13 ta va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 ta – jami 597 ta avtobus lizing asosida sotib olinib, shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi tomonidan 96 ta “Mercedes Benz” rusumli avtobuslar olib kelinib, shahar xalqa yo‘nalishlariga biriktirildi. Bu tadbirlar samarasida ko‘plab fuqarolar ish bilan ta’minlandi, xizmat ko‘rsatish darajasi va madaniyati yaxshilandi.
O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning hal qiluvchi transport-tranzit tarmog‘iga aylanishi uchun transport-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yangilash, mahalliy va xalqaro transport xizmatlari tarkibini diversifikatsiya etish, yangi transport yo‘laklarini shakllantirish va rivojlantirish, transport xizmatlari sifatini yanada oshirish va tannarxini kamaytirish talab etiladi.
Mazkur yo‘nalishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi PQ-1446-sonli Qaroriga muvofiq tasdiqlangan “2011 – 2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi dastur fikrimizning dalilidir. Ushbu dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlarining respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarini istiqbolda rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan dasturlar bilan uzviy bog‘liq holda ildam rivojlanishini ta’minlash hamda buning negizida yangi ish joylarini yaratish, aholining bandligi va turmush darajasini uzluksiz o‘sib borishiga erishishdan iboratdir.
Mazkur dasturdan umumiy qiymati 8 milliard 504 million dollarlik jami 85 ta loyiha o‘rin olgan bo‘lib (4-jadval), ularning bajarilishi natijasida jami 14394 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling