Yangi O’zbekistonda ma’naviyat sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar: muammo va yechimlar
Download 6.45 Kb.
|
maqola
Yangi O’zbekistonda ma’naviyat sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar: muammo va yechimlar. Ma'naviyat insonning insoniylik mohiyati, inson shaxsida tarkib topgan ijobiy fazilatlar majmui. Shaxsdagi ijobiy fazilatlar jamiyatda tarixan shakllanadi. Shunday ekan, ular ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Odatda inson shaxsidagi ijobiy fazilatlar avlodlardan avlodlarga o'tishi, e'zozlanishi bilan qadriyatga aylanadi. Qadriyatlar o'z navbatida inson aqli, tafakkuri, xarakteri, tuyg'uhissini shakllantiradi. Shu asno ma'naviyatning jamiyatdagi yetakchi g'oyalarga ham bog'liqligi anglashiladi. Jamiyatimizda kelajagi buyuk huquqiy demokratik davlat yaratish davrning yetakchi g'oyasi sanaladiki, buyuk kelajak yaratish uchun komil avlodni ma'naviy yetuk, axloqiy yuksak, ruhan va jismonan sog'lom avlodni tarbiyalash hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Shu bilan birga, komil inson komil jamiyatda voyaga yetishi ham ma'lum. Mashhur donishmandimiz Abu Nasr Forobiy “Har bir inson tabiatan shunday yaratilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi, yolg'iz o'zi bunday narsalarni qo'lga kirita olmaydi, ularga ega bo'lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug'iladi” deb yozadi. Binobarin, jamiyat insonga inson sifatida shakllanishi uchungina emas, hatto oddiygina turmush kechirishi uchun ham kerak. Jamiyatning inson shaxsi, taqdiri, yashash tarziga ta'siri, avvalo, uning axloqiy huquqiy normalari bilan belgilanadi. Ma'naviyat yaxshilikka moyillik, yomonlikdan tiyilish, jamiyatning axloqiy, huquqiy, ma'rifiymadaniy mezonlariga amal qilish hissidir. Garchi yaxshilik va yomonlikning millati bo'lmasada, har bir millatning o'z ma'naviyati bor. Milliy ma'naviyat milliy qiyofa, milliy ruh degani. Ma'naviyat o'zini tanish, o'zni o'zgalar nazari bilan taftish qila bilish, demakdir. Har bir odam o'zini qanchalik tanisa, butun borliqni, Yaratganni ham shunchalik taniydi. Insonning ma'naviy komilligi jamiyatning odilligiga, jamiyatning odilligi ma'naviyatning yuksakligiga, ma'naviyatning yuksakligi esa shaxs kamolotiga ta'sir o'tkazaveradi. Shaxs, jamiyat va ma'naviyatning dialektik birligi insoniyat taraqqiyotining asosiy birligidir. Ma'naviyati yuksak, odob axloqli, ma'rifatli, madaniyatli kishilargina elim, yurtim deb yashaydi, birovlarga himmatmuruvvat ko'rsatishni, yordamga muhtoj kishilarga ko'mak berish va to'g'ri yo'l ko'rsatishni o'zi uchun baxt deb biladi. Yuksak madaniyat sohibi bo'lgan insonlar boshiga mushkul ish tushgan kishining mushkulini oson qiladi, dardiga malham bo'ladi, hojatini chiqaradi, yetimesirlarni parvarish qiladi. Ma'naviyatli, ma'rifatli kishilarda milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'usi, oriyat kuchli bo'ladi. Ana shunday fazilatlarga ega bo'lgan kishilar o'z millati, elulusi manfaati sharafini himoya qilishni o'zi uchun shonsharaf deb biladi. Vataniga xavf tug'ilsa, uning ximoyasi yo'lida moldunyosini, jonu jahonni ayama ydi, fidoiylik va qahramonlik namunalarini ko'rsatadi. Umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida inklyuziv ta’limni barqaror rivojlantirish istiqbollari. Download 6.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling