Yangi O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish borasida normativ-huquqiy asoslarning takomilashtirilishi
Download 15.1 Kb.
|
sherqo\'zi yangi maqola
Yangi O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish borasida normativ-huquqiy asoslarning takomilashtirilishi Mamlakatimizda jamiyatning rivojlanish tendensiyalari, aholining demografik oʻsishi, salmoqli qatlam boʻlgan yoshlarning intilishi, global texnologik jarayonlarni hisobga olmagan holda taʼlim tizimida oʻtkazilgan islohotlar kutilgan samarani bermadi. Uning asnosida muammolar koʻpaysa koʻpaydiki, kamaymadi. Oliy taʼlim islohoti, fuqarolarning oliy taʼlim olish huquqi toʻgʻrisida gap borar ekan, oʻrta maktab va kollejlar bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish masalasi ham yechimini kutayotgan oʻtkir muammolardan edi. Maktab va kollej bituruvchilari bilan oliy oʻquv yurtlarining nisbati keskin farq qilishi bilim olaman, degan ilmga chanqoq yoshlarning ehtiyojini qondira olmasligi oqibatida minglab yoshlarning yaqin va uzoq mamlakatlarga chiqib ketishiga olib keldi. Prezident tashabbusi bilan koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli 2017-2021-yillarda bu raqam oldingi 9 foizdan 28 foizga yetdi. Keyingi yillarda oliy taʼlim tizimiga nodavlat va xususiy sektorning, shuningdek, koʻplab xorijiy oliy oʻquv yurtlari va filiallarining kirib kelishi ijobiy holat boʻldi. Bir jihatdan oliy taʼlimning qamrovi kengaysa, ikkinchidan, davlat va nodavlat taʼlim muassasalari oʻrtasida ijobiy maʼnodagi oʻzaro raqobatni taʼminlaydi, tizimda bozor qonunlari ishlay boshlaydi. Zero uning natijasi muhim hisoblanadi, chunki har bir oliy oʻquv muassasasi sifatli kadr lar tayyorlash uchun kurashadi. Raqobat va bozor sifatsiz mahsulotlarni yoqtirmaydi. Natijada raqobatbardosh mahsulot yaratish har bir oliy taʼlim muassasasining asosiy maqsadiga aylanadi, natija kutilganidek yuqori boʻladi. Shularning oʻziyoq taʼlimdagi islohotlar chuqur oʻylangan holda olib borilayotganini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta’lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Biroq oliy ta’lim tizimida yutuqlar bilan bir qatorda hali yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Jumladan, yoshlarni ta’lim muassasalariga qabul qilish, ta’lim olish, talabalarni barcha yo‘nalishlarda qo‘llab - quvvatlash, talabalarning qo‘shimcha daromad topishi, yotoqxona bilan ta’minlanishi, ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish bo‘yicha bir qator qaror va farmonlar qabul qilingan bo‘lsada, natijador deb aytish mushkul. Download 15.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling