Yangi qurilish Ekspertizaga loyiha-smeta hujjatlarini taqdim etishda Vazirlar Mahkamsining


Download 33.35 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi33.35 Kb.
#1253482
  1   2   3
Bog'liq
EKSPERTIZAGA TAQDIM ETISHDA SO\'RALADIGAN HUJJATLAR


Yangi qurilish
Ekspertizaga loyiha-smeta hujjatlarini taqdim etishda Vazirlar Mahkamsining 17.09.2021-yildagi 579-sonli qaroriga va amaldagi me’yoriy hujjatlarga va ShNQ larga muvofiq mavjud quyidagi hujjatlar bo‘lishi shart.

Yangi qurilish bo‘yicha shaharsozlik xujjatlarini axborot tizimi orqali ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:

  1. Tashkilot blankasida ekspert tashkiloti nomiga buyurtmachi (loyihachi) nomidan yuridik manzili, IFUT, MFO, hisob raqami ko‘rsatilgan ariza. “Shaffof qurilish” MAT orqali yuklanganda ariza yuklanmaydi.

  2. Obyektni qurish uchun asos bo‘lgan normativ xujjat (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasinning topshiriqlari, qarorlari va boshqalar);

  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar yoki Toshkent shaxar Qurilish bosh boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (bayon, yil, oy, kun);

  4. Belgilangan tartibda mutasaddi idoralar tomonidan tasdiqlangan loyihalash topshirig‘i. PQ-378 22.09.2022-y. 9-bandiga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab: buyurtmachi xizmatlari texnik topshiriqlar hamda unga qo‘yiladigan funksional va ekspluatatsiya talablarini idoraviy qurilish normalariga asosan ishlab chiqadi va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar bilan kelishadi;

  5. Muhandislik tarmoqlariga ulanishning texnik shartlari, muhandislik tarmoqlarini nazorat qiluvchi va foydalanuvchi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan materiallar;

  6. Qurilish maydonining muhandislik-geologik tadqiqotlari natijalari to‘g‘risidagi xulosalar;

  7. Loyiha-tadqiqot ishlari uchun tuzilgan shartnoma (shartnoma nusxasi);

  8. Loyihalashtirish uchun litsenziya (litsenziya raqami, berilgan yil, oy, kun). Qurilish vazirining 04.02.2021- yildagi 06-06/1134 xati lisenziya mc.uz saytida ro’yxatdan o’tgan bo’lishi shart.

  9. Obyekt joylashgan hududdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar yoki Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmalari tomonidan qabul qilingan kengash xulosasi (VMQ-200 20.04.2022-y qarorga asosan rasmiylashtiriladi);

  10. Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish qo‘mita organlarining e’tirozlarsiz xulosasi (ekspert so‘roviga ko‘ra, tegishli hollarda);

  11. Loyihalashning avvalgi bosqichda ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan materiallar va hujjatlar (ekspert so‘roviga ko‘ra, tegishli hollarda);

  12. Maxsus vakolatli organning ilmiy-tadqiqot kengashi bayoni (xulosasi) (ekspert tashkilotining so‘roviga ko‘rab o‘ta muhim, maxsus yoki strategik obyektlar bo‘yicha tegishli hollarda);

  13. Sohaviy xulosasi (ekspert so‘roviga ko‘ra, tegishli hollarda);

  14. Loyiha topshirig‘iga asosan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari.

Shunindek, quyidagi hujjatlar talab etiladi;

  1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining 2018-yil 24-dekabrdagi 05/1-340 –sonli xatiga asosan Qurilishni tashkillashtirish loyihasi (QTL).

  2. Litsenziya Qurilish vazirligining rasmiy veb saytiga joylanmagan bo’lsa davlat xizmatlarini ko’rsatmaslik Qurilish vazirining 04.02.2021- yildagi 06-06/1134 xati bilan ko’rsatib o’tilgan.


* (14-ni topshirish uchun 1-9 majburiy, 10-13 ekspert so‘roviga asosan, 15-16 majburiy).


Obyektlarni rekonstruksiya qilish
Ekspertizaga loyiha-smeta hujjatlarini taqdim etishda Vazirlar Mahkamsining 17.09.2021-yildagi 579-sonli qaroriga va amaldagi me’yoriy hujjatlarga va ShNQ larga muvofiq mavjud quyidagi hujjatlar bo‘lishi shart.
Obyektlarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha shaharsozlik xujjatlarini axborot tizimi orqali ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:

  1. Tashkilot blankasida ekspert tashkiloti nomiga buyurtmachi (loyihachi) nomidan yuridik manzili, IFUT, MFO, hisob raqami ko‘rsatilgan ariza. “Shaffof qurilish” MAT orqali yuklanganda ariza yuklanmaydi.

  2. Obyektni rekonstruksiya qilish uchun asos bo‘lgan normativ xujjat (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, qarori va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasinning qarorlari, topshiriqlari va boshqa xujjatlar);

  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar yoki Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (bayon, yil, oy, kun);


  4. Download 33.35 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling