Rektifikatsiya yordamida gazlarni ajratish.
Ajralib chiqayotgan hamma gazsimon maxsulotlar kompressor yordamida siqilib keyin suv va ammiak bilan sovutgichlarda 4°С gacha sovutiladi. So'ngra reforming va ABT ustanovkalaridagi tindirish kolonalarida ajralib chiqqan qismi bilan aralashtirib birinchi kolonna dietanizatorga beriladi. Bu kalonnada "quruq" yengil gaz ajralib chiqadi, ikkinchi kolonnada gaz C5 va yuqori fraksiyalardan ajraladi. Uchinchi kalonnada СзН8 gazi ajralib chiqadi. To'rtinchi kolonnada n-butan va izobutanlar ajraladi.
Yuqori haroratli кreking va kokslash jarayonlarida ajralib chiqadigan gazlarni tarkibida sezilarli darajada CH4 gazi bo'lganligi sababli birinchi kolonaning ishlash qobiliyati og'irlashadi.
Shu sababli ushbu ustanovkalar qo’shimcha ravishda absorbsion kalonnasi bilan ta’minlanib gazlar birinchi navbatda bu kalonnada metan va etanlardan tozalanadi. Bu absorber, desorber deb ataladigan apparat ikki qismdan iborat bo’lib: tepa qismida gazni yutuvchi absorbent suyuq holda beriladi. Apparatni o’rta qismiga gaz keltiriladi. Pastgi qismi esa isitiladi. Bu qurilmani ASFU deb ataldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |