"Yangi Urgut" kanalini Urgut tumani xo‘jaligini rivoshlanishidagi ahamiyati


Download 23.01 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi23.01 Kb.
#1225359
Bog'liq
Yangi Urgut kanali


“Yangi Urgut” kanalini Urgut tumani xo‘jaligini rivoshlanishidagi ahamiyati


Bizga ma’lumki arid iqlimli mamlakatimiz sharoiti suvning ahamiyati beqiyosdir. Ayniqsa mamlakatimiz aholisi hayoti va xalq xo‘jaligida daryolar va uning tarmoqlari muhim o‘rin tutadi. Chunki qadimdan mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilikka asoslangan aholi manzilgohlari daryolar va soylar bo‘yida tarkib topgan. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi va industrial ishlab chiqarishning yuksalishi hamda aholi sonining o‘sishi natijasida maishiy komunal sohalar va sanoatda ham suvga bo‘lgan talab ortib bormoqda.
Jumladan Urgut tumani suv resurslari bilan eng yaxshi ta’minlangan hududlardan biridir. Ayniqsa u oqar suvlarning ko‘pligi jihatidan boshqa tumanlardan ajralib turadi. Bunda Zarafshon daryosidan suv oluvchi Darg‘om kanali va uning irigatsiya tarmog‘i bo‘lgan Yangi Urgut kanalining ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Ushbu maqolaning mazmuni ham Yangi Urgut kanalining xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berishdan iboratdir.
Yangi Urgut kanali 1961-yilda qazilgan va uzunligi 65 km bo‘lib, shundan 36.6 km qismi Urgut tumani hududidan oqib o‘tadi. Kanal suvi bilan Urgut, Samarqand va Nurobod tumanlarining 24 ming gektar yeri sug‘oriladi. Urgut tumanining o‘zida esa 16301 gektar yer suv bilan ta’minlanadi. Kanalda 60 ta suv berish nuqtalari, 8 ta UNS, 9 ta xo‘jalik hisobidagi nasos stansiyalari, 30 ta kichik nasos stansiyalari joylashgan.
Yangi Urgut kanali suvi bilan tuman hududidagi asosiy dehqonchilik maydonlari sug'oriladi. Xususan tumandagi tumandagi jami 9 ming gektar tamaki maydonlarining qariyb 3 ming gektari kanal havzasida joylashgan. Bundan tashqari kanal suvi bilan 2021-yilda 1582 ga g‘alla, 497 ga beda, yem xashak ekinlar (soya, kungaboqar va kunjut), 346 ga makkajo’xori, 3505 ga bog‘ va tok, 810 ga kartoshka, 103 ga dukkakli ekinlar, 380 ga boshqa ekin turlari va 4056 ga tomorqadagi ekinlar sug‘orilgan.






1-rasm Asosiy dehqonchilik ekinlarining jami dehqonchilik maydonlaridagi ulushi. (maydon va foizlarda ko‘rinishi)

Umuman olganda tumanda yetishtirilgan oziq ovqat mahsulotlarining asosiy qismi kanal havzasida joylashgan yerlarda yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkichlar tuman aholisini qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda “Yangi Urgut” kanalining ahamiyati naqadar yuqori ekanligini ko‘rsatib beradi.





Oylar mobayonida sug'orish va nosug'orish mavsumida olingan suvlar mln m3

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XII

XII

Jami

0,00

1,32

5,99

7,00

25,25

31,41

32,85

22,6

12,26

17,6

8,02

0,00

168,3



2-rasm. Oylar mobayonida sug‘orish va nosug‘orish mavsumida olingan suvlar mln m3


2-rasmda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki “Yangi Urgut” kanali Darg‘om kanalidan 2021-yil 168.3 mln m3 suv olgan. Kanaldan eng ko‘p suv olgan vaqt vegetatsiya davriga to‘g‘ri kelgan va aynan shu davrda kanal suvi qishloq xo‘jaligiga jadal safarbar etiladi. Va aksincha qish oylarida (I va XII) kanalda suv bo‘lmaydi.


Suv ajratish nuqtalari

Sug‘orish va nosug‘orish davrida olingan suvlar mln m3

2015 y

2016 y

2017 y

2018 y

2019 y

2020 y

2021 y

2022 y (1 oktabrgacha)

Yangi Urgut boshi

176.71

220.73

235.76

243.66

225.89

228.52

168.30

122.97

1-jadval. Yangi Urgut kanalini 2015-2022-yillar davrida Darg‘om kanalidan olgan suv hajmi.


Yuqoridagi jadvalda ma’lumotlarga asosan oxirgi yitti yilda kanalda sarf bo‘lgan suvni tahlil qilsak eng ko‘p suvli davr 2018-yilga to‘g‘ri kelishini ko’ramiz. Undan keying davrlarda esa suv hajmining kamayib borishini ko‘rishimiz mumkun. Bunga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu davrda nafaqat respublikamizda balki mintaqada nisbatan qurg‘oqchil yillar bo‘lgan. Gidrometeorologiya xizmati bergan ma’lumotiga qaraganda 2015,2016 va 2020-2021 yillar mamlakatimiz daryolarida kam suvli davr kuzatilgan ekan. Daryolarda suv miqdorining yildan yilga kamayib borishi qishloq xo‘jaligida hosildorlikni kamayib ketishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mamalakat aholisi doimo o‘sib borar ekan qishloq xo‘jaligi mahsulatlariga bo’lgan talab oshib boraveradi.Bu esa insoniyat oldida dolzarb masalani ya’ni suv resurslaridan oqilona foydalanish majburiyatini qo‘yadi.


Xulosa qilib shuni aytish mumkunki Urgut tumanida mavjud qishloq xo‘jaligi yerlarini 30% dan ortig’ini Yangi Urgut kanali suv bilan ta’minlab kelmoqda.
Bundan tshaqari tumanda tashkil etilgan Urgut EIZ hududidagi zavod va fabrikalar ham kanal suvidan foydalanib kelmoqda. Bu mahsulotlar tumanda kanalning ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rsatib beradi.
Oxirgi vaqtlarda kanal suv taqsimotidagi nomutanosibliklar qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga bu holat fermerlar orasida suv bilan bog‘liq bo’lgan turli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bunday muammolarni odini olish va bartaraf etish uchun tumanda keng chora tadbirlar ko‘rilmoqda.
Kelajakda suvni kam talab etadigan ekin navlarini qishloq xo‘jaligida joriy qilish, nasos stansiyalarni suvni isrof qilishga yo‘l qo’ymaslik, arqiqlarni latoklab suvni shimilishga sarf bo‘lishini oldini olish va boshqalar orqali suv resurslaridan oqilona foydalanishmumkun. Qolaversa aholi orasida suvga bo‘lgan madaniyatni shakillantirish lozim.
Download 23.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling