Yangi uskunalar barcha elementlarni tahlil qila oladi
Download 0.65 Mb.
|
Yangi uskunalar barcha elementlarni tahlil qila oladi
Yangi uskunalar barcha elementlarni tahlil qila oladi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Rux zavodida amalga oshirilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari doirasida zamoniy uskunalar bilan ta’minlangan ikkita laboratoriya foydalanishga topshirildi. Zavodning sulfat kislotasi hamda kadmiy sexlari tasarrufidagi bu laboratoriyalarga o‘rnatilgan (Germaniya davlatida ishlab chiqarilgan ) ICP induktiv plazmali atom emission spektrometri Mendeleyev davriy jadvalidagi inert gazlaridan tashqari, barcha elementlar tahlilini o‘tkazish imkoniyatiga ega. Mazkur uskuna texnologlar tomonidan talab etilayotgan ko‘plab elementlarning miqdor analizini sifatli, uzluksiz va yuqori darajada xatoliklarsiz bajarilishini ta’minlaydi. “Endilikda bitta eritmaning o‘zidan tahlil jarayonida tarkibidan 50 tagacha elementni aniqlay olish imkoniyati yaratildi. Laboratoriyalarimiz ekspress tahlil o‘tkazishi bilan ahamiyatli. Shuningdek, Spectro Xepos rentgen spektral analizatori ham olingan va yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Hozirda shu analizatorni ishga tushirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan laborantlar radiatsiya xavfsizligi borasida Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida malakalarini oshirmoqda. Ekspress tahlil qilishda ushbu uskuna juda ahamiyatli. Avval analitik kimyoda titrlash uslubida tahlil qilish mumkin edi. Hozirda mazkur zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda har qanday elementning namunasini tahlil etish imkoniyati bor”, — deydi Rux zavodi kimyoviy ishlab chiqarish laboratoriyasi guruh rahbari Nargiza Otaqulova. Shuningdek, sulfat kislotasi sexi laboratoriyasi ham zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Bu yerda yarim tomchi sulfat kislotasi namunasi tahlilidagi xatolik ham juda katta rol o‘ynaydi. O‘ta aniqlikda ishlovchi bu uskunalar esa xatolikka yo‘l qo‘ymaydi. Mazkur laboratoriyalardagi eski analitik jihozlar yangilari bilan almashtirildi. Jumladan, KFK fotoelektrokolorimetr, elektron ionomer, elektron namlikni aniqlovchi analizator, analitik hamda elektron texnik tarozilar, mufel va quritish pechlari kabi yangi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan. Rekonstruksiya doirasida Rux zavodining tanlab eritish va elektrolit sexlaridagi laboratoriyalari ham yaqin kunlarda ishga tushiriladi. Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihozlash, kombinatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlab, eksport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling