Yangi va eng yangi davr Yevropa falsafasi Reja
Download 76.96 Kb.
|
New Microsoft Word Document (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jon Toland
Jon Lokk (I632-I704) ning hayoti va ijodiy faoliyati Angliyada ikkinchi burjua revolyusiyasi va undan keyingi davrda kechgan. Bu revolyusiya ingliz burjuaziyasi va yangi dvoryanlarning siyosiy kelishuvi bilan tugab, uning natijasida feodalizm qoldiqlarini tugatish, kapitalizmni taraqqiy ettirish uchun qulay sharoit vujudga kelgan edi. Lokk liberal burjuaziyaning ideologi bo‘lib, o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida Angliyada revolyusiyadan keyin o‘rnatilgan konstitutsion davlat tuzumini yoqlab chikdi. U XVII asrda keng tarqalgan “tabiiy xuquh” nazariyasini rivojlantirdi. Uning ta’limotiga ko‘ra, tabiiy holatdan grajdanlikka o‘tishga va davlatning vujudga kelishiga sabab, tabiiy holatdagi huquqning mukammal emasligidir. Davlat kishilarning o‘zaro kelishuviga muvofiq vujudga kelgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi – inson erkinligi va mulkchilikni himoya qilishdan iborat.Asosiy falsafiy asari “Inson aqli to‘grisida tajriba” bo‘lib, unda Lokk Bekon va Gobbsning bilish haqida ilgari surgan prinsiplarini rivojlantiradi, bilimlar va g‘oyalarning tajribadan kelib chiqishini asoslaydi. Bilish nazariyasida u sensualistik pozitsiyada turadi.Lokk tajribaning 2 ta turini: ichki va tashqi tajribaning mavjudligini aytadi. Tashqi tajriba predmet va hodisalarning inson sezgi organlariga ta’sir qilishidan iborat bo‘lib, uning natijasida sezgi g‘oyalari hosil bo‘ladi. Bu g‘oyalar aql tomonidan qayta ishlanib, murakkab g‘oyalar, tushunchalar hosil bo‘ladi (masalan, go‘zallik, do‘st, butun olam g‘oyalari va shu kabilar). Ichki tajriba (refleksiya) insonning ichki dunyosini, ruhiy kechinmalarini bilishga qaratilgan. Bu tajribani talqin qilishda Lokk insonning tashqi olam bilan bo‘lgan o‘zaro ta’sirini hisobga olmaydi.Tashqi tajriba asosida sezgi g‘oyalari orqali inson predmetlarning sifatini biladi. Ularni Lokk birlamchi va ikkilamchi sifatlarga bo‘ladi. Birlamchi sifatlar (fazo, zichlik, harakat, son, figura kabilar) sezgilarimizda qanday bo‘lsa, predmetlarda ham shunday, ya’ni ular predmetlarning real xususiyatlaridir. Ikkilamchi sifatlar esa (rang, tovush, ta’m va shu kabilar) predmetlarga xos emas, ular sub’ektiv xarakterga ega.Lokk metafizik metodni yaratishda sezilarli rol o‘ynagan. Bekon bilan birgalikda bu metodni tabiyotshunoslikdan falsafa sohasiga olib o‘tgan.
Bulardan tashqari ushbu davrda Jon Toland (I670-I722), Spinoza. (I632-I677), Leybnits (I646-I7I6), Jorj Berkli (1685-1753) va David Yum (1711-1776) kabi buyuk faylasuflar o’z faoliyatlarini olib borganlar. 2.Fransuz ma’rifatparvarlari va ularning ta’limotlari. Yangi davr falsafiy fikrining muhim yo‘nalishlaridan birini ma’rifatchilik falsafasi tashkil etadi. U G‘arbiy yevropaning ilg‘or mamlakatlarida, xususan Fransiya, Angliya, Germaniyada shakllandi va rivojlandi.Fransuz ma’rifatparvarlarining dunyoqarashi asosan XVII asr fransuz materializmiga asoslangan, jamiyatni tubdan qayta qurish uchun bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi ijtimoiy qarashlar majmuasidan iborat bo‘lgan falsafiy ta’limotdir.O‘sha paytda yevropa ijtimoiy muhitida keskin burilishlar davri boshlangan edi. Bu bir tomondan, xristian katolik cherkovining jamiyat ustidan hukmronligini yo‘qotgan; ikkinchi tomondan esa, xristian cherkovi mafkurasining o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan izchil ta’limotning shakllanib yetilmagan davriga to‘g‘ri keladi. Jamiyatning ilg‘or ziyolilari oldida jamiyatni qanday qilib aqlga muvofiq tarzda qayta ko‘rsa bo‘ladi?, degan savol ko‘ndalang turgan edi. Bunga ular jamiyatning barcha a’zolarini dunyoviy fanlarni o‘qitish orqali erishish mumkin, degan javob berishdilar. Ma’rifatparvarlar fikricha, qurilishi zarur bo‘lgan jamiyat: 1) dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borishi kerak; 2) davlat ko‘pchilik fuqarolarning xohish-irodasini qonunlashtirib, uni amalga oshiruvchi siyosiy tashkilot bo‘lishi kerak; 3) davlatni dindan, maktabni cherkovdan ajratish prinsiplariga amal qilinishi kerak; 4) jamiyatning bosh tamoyili gumanizm g‘oyalariga mos kelishi kerak edi.Ularning falsafiy ta’limoti bo‘yicha inson – tabiatning bir bo‘lagi. Tabiat o‘z-holicha yashaydi, ya’ni uni hyech kim yaratmagan va uni hyech qanday qudrat yo‘q qila olmaydi.Materiya – tabiatning qurilish materialidir. Tabiatda uning ichki qonuniyati hukmronlik qiladi. Tabiat mexaniq harakat qonunlariga muvofiq harakat qiladi va rivojlanadi. Inson tabiatning mahsuli bo‘la turib, moddiy bo‘lmagan ruh bilan materiyani o‘zida jo qilishi mumkin emas. U to‘la moddiy va tabiat qonunlariga muvofiq harakat qiladi va faoliyat ko‘rsatadi. Insonda moddiy xususiyatlarga hos his qilish qobiliyati mavjud bo‘lib, u tabiatning qolgan qismi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishini, hayotda o‘z o‘rnini topishini ta’minlaydi. Aql xissiyot bilan aynanlashtiriladi (Gelvetsiy) yoki umumiy his qilish jarayoni (Didro) sifatida namoyon bo‘ladi, deb ta’kidlanadi.Inson o‘zi erishgan yutuqlarni saqlab qolish uchun azob-uqubatdan qochishi, lazzat va roxatga intilishi zarur– bu tabiatning umumiy qonuniyatidir, deyiladi.Xristian mafkurasida ta’lim berilganidek inson tabiatan yomon yoki yaxshi bo‘lib tug‘ilmaydi. Insondagi barcha yaxshi yoki yomon xislatlar ijtimoiy muhit ta’siri ostida va bevosita tarbiyaning natijasi ularoq shakllanadi, deb qayd qilinadi. Ularning mafkurasiga muvofiq to‘g‘pi tarbiya topgan kishi a) ma’rifatli, b) me’yor darajasida xudbin bo‘lishi kerak. Unday kishilarda «Yashashni bil, o‘zgalarga ham yashashga imkon ber» tamoyil amal qiladi.Demak, bu tamoyillarga amal qilgan holda, barcha xalqlar va elatlar, ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, umuman barcha fuqarolarning xuquqiy tengligini ta’minlaydigan tuzum barpo qilishga intilib yashash kerak. Ana shunday jamiyatgina har bir fuqaro uchun kam miqdordagi azob uqubat va kerakli darajadagi poxat-farog‘atda yashashni ta’minlashi mumkin. Kishini yaxshi yoki yomon odam qilib tarbiyalash mumkin, deb hisoblaydi Gelvetsiy. Yana bir ma’rifatparvar D.Didro (1713-1784) esa kishida tug‘ma ravishda boshqalarga yordamga intilish mavjud bo‘ladi, o‘z navbatida, bu intilish pirovardida o‘ziga foyda olib keladi, deb hisoblaydi. Didro ta’limoti bo‘yicha, inson tabiatan yaxshi bo‘lib tug‘iladi. Tarbiya faqat yaxshi bo‘lishga tabiiy moyillik prinsipini jamiyat uchun yaxshi odam qilib shakllantirishi mumkin.Fransuz ma’rifatparvarlarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlari XIX, XX asrda dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan qator mamlakatlar uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Fransuz ma’rifatarvarlarining o‘lmas ta’limoti dunyoning gumanizm va dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borib, demokratik tuzumning g‘alaba qilishida g‘oyaviy-nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Bu ma’rifatparvarlarning falsafiy-ijtimoiy qarashlari asosida Butun jahon inson huquqlari deklaratsiyasi BMTda (1948) qabul qilindi. Ezgulikka yo‘g‘pilgan ma’rifat – ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi, adolatli, erkin, farovon hayotni ta’minlab beruvchi kuch ekanligi va yer yuzida, Zardusht bashorat qilganidek, ezgulikning qabohat ustidan g‘alaba qozonishini ta’minlab bera oladigan yagona ilinj ekanligini insoniyatga sistemali bayon qilib bergan kishilar fransuz ma’rifatparvarlar edilar. Download 76.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling