Yangilanayotgan o‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari reja


Harakatlar strategiyasining ilmiy-nazariy asoslari


Download 182.26 Kb.
bet3/18
Sana06.04.2023
Hajmi182.26 Kb.
#1277666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
12 Mavzu

Harakatlar strategiyasining ilmiy-nazariy asoslari
1. Harakatlar strategiyasi xalqchillik, insonparvarlik, bag‘rikenglik va ezgulik g‘oyalariga tayanadi. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni baholash va ularga yondashishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligining ustuvor ahamiyatga ega ekani haqidagi nazariyaga asoslanadi.
Ma’lumki, dunyoda azaldan ikki omil kurashi, ya’ni kuchni hurmat qilish madaniyati hamda mehrni, yaxshilikni hurmat qilish madaniyati o‘rtasida tortishuv davom etib keladi.
2. Kuchni hurmat qiladigan madaniyat nazariyotchilari “maqsadga erishish uchun har qanday vositadan foydalanish mumkin, chunki natija vositani oqlaydi” degan tamoyil asosida ish tutsa, mehrni hurmat qilish madaniyati tarafdorlari esa natijaga faqat to‘g‘rilik, haq-haqiqat va haqqoniylik orqali erishishni talab etadi.O‘zbekiston tazyiq o‘tkaztuvchi kuchni, zo‘ravonlikni emas, o‘zaro hurmat, mehr va do‘stlikni hurmat qiladigan, qadrlaydigan mamlakatdir. Harakatlar strategiyasining nazariy asosini do‘stlik, tinchlik va hamkorlikni, qo‘shni davlatlar bilan raqobatga kirishish emas, balki yaqin do‘st va hamkor bo‘lib, umumiy muammolarni birgalikda samarali hal etishni tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi etib belgilanganida namoyon bo‘ladi.
3. Tarixni yaratuvchi kuch alohida aholi qatlami, ma’lum bir partiya yoki atoqli arboblar, alohida shaxslar emas, balki xalq ekani Harakatlar strategiyasi uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Tarix xalq va uning faol, fidoyi vakillarining mehnati, sa’y-harakatlari, ularning shu yo‘lga baxshida umri natijasida yaratiladi. SHu boisdan ham Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, jadidlar, F.Xo‘jaev, A.Ikromov, SH.Rashidov, I.Karimov singari yurtimiz mustaqilligi va ravnaqi uchun kurashgan tarixiy shaxslar hamda mustaqillikni qo‘lga kiritish va uni mustahkamlash yo‘lida o‘zini ayamasdan mehnat qilgan minglab zahmatkash insonlar, ishlab chiqarish sohasi xodimlari, olimlar, yozuvchilar, rahbarlarning mehnatiga munosib hurmat va e’zoz ko‘rsatilmoqda.
4. Harakatlar strategiyasi hayotga qat’iy ishonch va pozitiv qarash nazariyasini ham taqozo etadi. A.Navoiy, Z.M.Bobur va boshqa ajdodlarimizning asarlarida kelajakka yaxshilik nazari bilan qarash, hayotga shukronalik bilan yondashuv barqaror ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qilishini, odamlarning baxtli hayotini yuzaga keltirishi, ta’minlashi va kafolatlashini nazariy asoslab berishgan.
5. Harakatlar strategiyasi mantiqan puxta asoslangan hujjat sifatida hayotga pragmatik yondashuv nazariyasiga tayanadi. Pragmatik yondashuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni aniq ijtimoiy manfaat va foydani ko‘zlab, oqilona va natijadorlik tamoyillari negizida boshqarishning amaliyotga joriy etilishida namoyon bo‘ladi.
6. Ma’rifatning yaratuvchanlik kuchini har bir soha, kasb hamda shaxslar faoliyatida ro‘yobga chiqarish amaliyoti va nazariyasi Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarida asoslandi va hayotning deyarli barcha jabhalariga keng joriy etilmoqda va bu nazariya o‘zining real samarasini bermoqda.
7. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga preventiv (profilaktik, oldindan ko‘riladigan tadbirlar asosidagi) yondashuv nazariyasi bugungi kunda boshqaruv jarayonida real amal qila boshladi. Bunday yondashuv yuz berishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olishning maqbul yo‘li sifatida tinchlikni saqlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, farzandlar tarbiyasida, ularning qalbi va ongini turli zararli ta’sirlardan asrashda hushyor va ogoh bo‘lish sohalarida profilaktik yondashuv sifatida namoyon bo‘lmoqda.
8. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni adolat va faqat xalq manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish nazariyasi Harakatlar strategiyasida ilk bor davlatning ustuvor va davomli, ochiq siyosati sifatida amal qila boshladi. Adolat tamoyili davlat va jamiyatning barcha sohalarida ustuvor ijtimoiy-ma’naviy asos va harakatlantiruvchi kus sifatida tobora ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda.
9. Davlat manfaatlariga nisbatan xalq va inson manfaatlarining ustuvor ekani bilan bog‘liq nazariya “Inson manfaatlari har narsadan ulug‘” degan g‘oya asosida amalda namoyon bo‘lmoqda.
10. Davlat va jamiyat boshqaruvida komromiss emas, ya’ni yon bosish balki konsensus, ya’ni kelishish nazariyasiga tayanilmoqda. Ijtimoiy munosabatlarda konsensus, ya’ni hamjihatlik, yakdillik nazariyasi odamlarining ko‘tarinki ruhiyatini ta’minlaydigan ijtimoiy-ma’naviy muhitni barcha oila, mahalla, korxona va tashkilotlarda shakllantirish talabi sifatida maydonga chiqmoqda va bu talab keng ko‘lamli ijtimoiy harakatga aylanmoqda.
11. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish avlodlararo yakdillikni ta’minlashni taqozo etadi. YA’ni aholi turli qatlamlari, yoshlar hamda katta avlod vakillari o‘rtasida ma’naviyat, odob-axloq, ijtimoiy ideallar talqini, Vatan taqdiri va istiqboli masalalarida o‘zaro tushunish, avlodlararo vorisiylik munosabatlarining amal qilishi nazariyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
12. Ijtimoiy jarayonlarni o‘zaro hamkorlik asosida maqsadli optimallashtirish, ya’ni sinergetik yondashuv nazariyasi keng qo‘llanilmoqda. Sinergetikani hamma sohalarga nisbatan keng qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda. Masalan, jamiyatda sinergetika o‘zini o‘zi eng maqbul tashkil etish imkoniyati sifatida turli muassasa va sohalararo hamkorlik tarzida ham amal qilmoqda.
13. Harakatlar strategiyasining eng muhim jihatlaridan yana biri har beshta yo‘nalish o‘zaro uyg‘un va hamohang tarzda, bir-birini qo‘llab-quvvatlagan holda rivojlanadi.

2017-2021-YILLARDA O‘ZBEKISTONNI YANADA RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA HARAKATLAR STRATEGIYASINING USTUVOR YO‘NALISHLARI


2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
- Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari;
- Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari;
- Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari;
- Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;
- Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.
- Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat hisoblanadi. Huquqiy demokratik davlat ko‘rinishidagi xalq davlati qurilmoqda.



Download 182.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling