Taraqqiyot strategiyasi markazi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan 2017 yil 14 fevralda mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi samaradorligini ta’minlash maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashkil etildi. Ushbu markaz nohukumat va notijorat tashkilot bo‘lib, uning faoliyati doirasiga quyidagi yo‘nalish va vazifalar kiradi:
- Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonlarini ularning bajarilishi bo‘yicha mas’ul komissiya bilan hamkorlikda qo‘llab-quvvatlash;
- Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha xalqaro tashkilot va ekspertlar fikrlarini baholash, shuningdek, xalqaro tajribalar, jahon standartlarini o‘rganib borish;
- amalga oshirilayotgan tadbirlarning keng jamoatchilik va ekspertlar ishtirokidagi muhokamasini tashkil etish;
- Harakatlar strategiyasida belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- “Taraqqiyot strategiyasi” markazining eng muhim vazifalaridan biri chora-tadbirlarning bajarilishini tizimli monitoring qilib borish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha guruhlarga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
- Markaz 2017 yil 23 fevral kuni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |