Yangilik kiritaman, tatbiq etaman, o’zgartiraman
Download 19.87 Kb.
|
Innovatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Pedagogik neologiya
- 3. Pedagogik praksologiya
- Masalan: IX sinflarda “
- Bir so’z bilan aytganda ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tadbiq etilsagina, ta’lim samarasi yangi bosqichga ko’tariladi . Yani
- O’quvchining o’quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi - Bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi .
- Shaxs jamiyatda o’zining o’rnini tezroq topib olishga muhit yaratadi .
- Igna bilan quduq qazgan misoli
Innovatsiya — lotincha so’z bo’lib, “yangilik kiritaman, tatbiq etaman, o’zgartiraman “ degan ma’nolarni bildiradi . Keng ma’noda qaraganda ta’lim tizimidagi har qanday o’zgarish – bu pedagogik innovatsiyadir. Bu ta’limot uch yo’nalishni o’z ichiga oladi : 1. Pedagogik neologiya ( yunoncha neo- yangi va “Logos” – ta’lim –yangilik haqidagi ta’limot ) bunda pedagogika sohasidagi yangiliklar o’rganiladi va umumlashtiriladi 2. Pedagogik akseologiya ( yunoncha “Aksioma “- hurmat qilmoq, isbotlanmaydigan ta’limot ) deyilib bunda pedagogik yangiliklar ichidan eng samaralisi tanlab olinadi . 3. Pedagogik praksologiya ( yunoncha “Proks “ – harakat, “Logos” – ta’lim ,amaliyotga qo’llash haqidagi ta’limot ) deyilib bunda tanlab olingan pedagogik yangiliklar amaliyotda qo’llaniladi . O’qituvchiga qo’yiladigan talablar : - Innovatsion texnalogiya tushunchasini, uning mazmun mohiyatini bilishi ; - Innovatsion texnalogiyalarning ta’lim maqsadini amalgam oshirishdagi o’rni va rolini bilishi. - Innovatsion texnalogiyalarni fanlar bo’yicha qo’llash prinsiplarini bilishi, o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo’llarini bilishi. - O’quvchilarning o’z ustida mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullarini egallashi . - Ko’rgazmali o’qitish usullarini bilishi va egallashi. Ilg’or pedagogic texnalogiyalarni qo’llab namunaviy o’quv mashg’ulotlarini o’qitish ta’lim – tarbiyaning faollashtiruvchi usullarini bilishi va egallashi kerak. Bugungu kunda Ozbekistonda uzluksiz ta’lim ta’lim tizimida 80 ga yaqin innovatsion texnologiyalar va metodlardan foydalanilmoqda . Masalan: - “Bumerang “ - “Loyihalash “ - “Ishbilarmonlik rolli o’yini “ - “Charxpalak “ texnalogiyalari - “Klaster “ metodi . - “Xulosalash “texnalogiyalari . - “Muommoli o’qitish texnalogiyalari .” - “Beer (Yelpig’ich ) texnalogiyalari .” - “Muammo “ - Debatlar . - “Mini test metodi “ - Skarabey texnalogiyasi - “Aqliy hujum “ - “Ikki qismli kundalik “ O’qituvchi qaysi fandan dars o’tmasin, har doim “Qanday o’qitish kerak? “ degan savol turadi. Bu masalani yechimi faqatgina shu pedagogning mahoratiga bog’liq . Maqsadimiz: “Sen buni bilishing kerak “ degan majburlovchi da’vatdan “ Menga bu zarur va men buni bilishga ,uni hayotga qo’llashga qodirman “ degan ichki ishonch va intilishni yug’otish ! O’qitish jarayonida qo’llaniladigan usullar juda ko’p. Bu usullar bolaning yosh xususiyatlariga , ko’pchilikni o’qitishga yoki individual ta’lim berishga mo’ljallangan bo’ladi. 1. Blits — uch bosqichda olib boriladi. Hamma bosqichlar uchun bir xil vaqt ajratiladi .Shu o’yinni VI sinfda “Tovush manbalari “ mavzusiga qo’llalik . I bosqich : Bunda har bir o’quvchi induvidual holatda islaydi Shart: “Tovushning tabiiy manbalari”ga ettita misol yozing 1 daqiqa vaqt ajratiladi. Keyin o’qib eshitiladi . II bosqichda o’quvchilar ikkitadan bo’lib III bosqichda Qatoridagi o’quvchilar bir guruh bo’lib 1 daqiqa ichida 30 ta “Tovushning tabiiy manbalari”ga misol yozishadi. Keyin o’qib eshitiladi . Bu metod bolalarni hamjihat bo’lib fikirlashga, tezkorlikka o’rgatadi . II .Bumerang Ushbu texnalogiya dars jarayonida, darsdan tashqari bo’sh vaqtlarda turli adabiyotlar tarixiy manbalar, matnlar bilan ishlash jarayonida o’quvchilarning o’rganilgan mavzuni yaxshi eslab qolish og’zaki nutqini rivojlantirish va o’z fikrlarini erkin bayon eta olish malaksini shakllantiradi shuningdek bir dars davomida barcha o’quvchilarni baholash imkonini beruvchi texnalogiya hisoblanadi Bu texnalogiyadan yangi mavzuni yoki materialni o’rganish jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 1- bosqich .O’quvchilar 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo’linadi . 2- bosqich .O’qituvchi har bir guruh va uning har bir a’zosiga mustaqil o’rganish fikrlash va yodda saqlab qolish uchun o’rganilayotgan yangi mavzu bo’yicha alohida yozma tarqatma material beradi. Tarqatma material umumiy mavzuning bir qismini tashkil etib, guruhning barcha a’zolariga bir xil mazmunda berilishi kerak. Demak yangi mavzu oldindan tashkil etiladigan guruhlar soniga qarab to’rt yoki besh qismga bo’linishi lozim. Shunda har bir guruh yangi mavzuga oid alohida matnga ega bo’ladi . 3- bosqich.Gguruhning har bir a’zosi matnni yakka tartibda alohida o’rganib chiqib, eslab qolishi, keyin esa guruh a’zolari matnini o’zaro savol-javob asosida guruhda muhokama qilishi kerak. Matnning katta kichikligiga qarab bu ishga 10 min ajratiladi . 4- bosqich. O’qituvchi har bir guruh yoniga kelib oldindan raqam yozilgan kartochkalardan bittadan olishni taklif etadi ( qog’oz soni guruhdagi o’quvchilar soniga teng bo’lishi kerak, 1 raqamini olganlar 1- guruhga, 2 raqamini olganlar 2- guruhga va hokazo .) O’qituvchi raqamlar bo’yicha yangi guruh tuzishni taklif etadi . 5- bosqich .Yangi tuzilgan guruhning har bir a’zosi endi o’ziga 2ta vazifani ham o’qituvchi, ham o’quvchi vazifasini oladi .Yani guruhning har bir a’zosidan oldingi guruhda o’zi o’rganib chiqqan maqtn mazmunini yangi guruh o’zolaroga o’rgatishi va o’z navbatida guruhning boshqa a’zolarining matnlarini ham o’zlashtirib olish talab etiladi. bunda guruhning har bir ishtirokchisi o’zi o’zlashtirgan materualni so’zlab berishi orqaki boshqalarga yetkazishi lozim.buningv uchun 20 daqiqa vaqt ajratiladi. natijada raqamlar bo’yicha tuzilgan yangi guruhlar umumiy mavzu boyicha barcha materialni o’zlashtirishga erishadilar. 6- bosqich. Guruhdagilar bir-birlariga o’z matnlarini gapirib bergach , matn qanday o’zlashtirilganini tekshirish uchun o’qituvchi guruh a’zolariga o’z matnlaridan kelib chiqib bir-birlariga savol berishlari tushuntiriladi va guruh ichida shu tariqa ichki nazorat o’tkaziladi. bu esa guruhdagilarning bir-birlariga so’zlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan qanday o’zlashtirilganini aniqlashga va mustahkamlashga yordam beradi. 7- bosqich. O’qituvchi barcha o’quvchilarning oldingi guruhlarga qaytarilishlarini so’raydi va hamma dastlabki guruhiga qaytadi . 8- O’qituvchi barcha o’quvchilarning mavzuga oid hamma material bilan tanishib chiqqanligini hisobga olgan holda sinfdagi hohlagan o’quvchisidan usgbu mavzuga oid hohlagan savolini so’rashi mumkinligini va nazorat savollarini reytini ballariasosida baholashini aytadi 9- bosqich. O’qituvchi tarqatma materiallardagi savollar asosida guruhlarning o’zlashtirishini tekshirib chiqadi 10- bosqich. O’qituvchi har bir guruhga o’z materiali asosida yangidan 3ta savol tuzishni aytadi Vaqt 3-5 daqiqa 11- bosqich .Bu bosqichda guruhlar bir – birlariga o’zlari tuzgan savollarni beradilar va berilgan javoblar baholanadi. Agar guruhlar savolga javob bera olmasa o’zlari to’ldiradi va qo’shimcha balni qo’lga kiritadilar . 12- Yakuniy bosqichda guruhlar to’plagan ballar hisoblanib, rag’batlantiriladi .Bunda guruh a’zolarining ham fikrlari inobatga olinib ballar qo’yiladi . Bu o’yinni masalan VII sinfda 30-mavzu. Sirpanish ishqalanishi. Dumalanish ishqalanishi mavzusini o’tishda qo’llashni ko’raylik . I- bosqichda o’quvchilarga kartochkalar tarqatamiz. Tarqatib bo’lgach ochib qarashlari aytiladi. Kartochkalarda “ Doira “, “Rubob “, “G’jjak”, “Surnay “ yozuvlari bo’ladi. O’quvchilardan gapirmasdan pantamimo qilib o’z guruhlarini topishlari aytiladi. 2-3-bosqich: “Doira “ guruhi a’zolariga “Sirpanish ishqalanishi deb nimaga aytiladi ?” “Rubob “guruhi a’zolariga “ Sirpanish ishqalanish kuchi formulasi, undagi kattaliklar “,“G’jjak” guruhi a’zolariga “Dumalanish ishqalanishi deb nimaga aytiladi ?”, “Surnay “ guruhi a’zolariga “ Dumalanish ishqalanish kuchi qanday kattaliklarga bog’liq? “ degan topshiriqlar beriladi .Guruh a’zolari savollarni yotib beruvchi matnni alohida daftarlariga yozishlari eslatiladi .Buning uchun 8 min vaqt berilgani eslatiladi . 4-bosqich. O’quvchilarda “1 ” va “2” raqam yozilgan kartochkalarni tarqatib chiqamiz. 5- bosqich .Yangi tuzilgan guruhlar bir birlariga o’zlariga berilgan topshiriqlarni o’rgatishadi ( “Mehmonlarga “) … Shu tartibda barcha bosqichlarni yuqorida aytilgandek tashkil etiladi. IV. “Klaster “ . Klaster inglizcha so’z bo’lib ( cluster ), bosh, bir shingil, popuk ma’nosini anglatadi. Klaster – bu ma’lum bir mavzu bo’yicha o’ylashga yordam beruvchi strategiya bo’lib fikrlashning nochiziqli shaklidir. Klasterni o’tkazish usuli 1.Doskaning o’rtasiga tayanch, asosiy formula, tushuncha yoki fizik qonun yozib qo’yiladi 2 O’quvchilar shu so’z bilan bog’liq hayoliga kelgan barcha so’z va gaplarni aytadilar. Ularni o’qituvchi, boshlovchi o’quvchi yoki fikr aytgan o’quvchining o’zi doskaga yozib qo’yadi . 3 Go’yalarni aytish va yozish belgilangan vaqt davomida amalga oshiriladi . 4 Yozish tugagach, yozilgan so’zlar orasida bog’liqlik tahlil qilinadi va chiziqchalar chiziladi .
Doirachalar ichiga : Og’rlik kuchi, elastiklik kuchi, jism tezligini o’zgartiruvchi sabab, Nyuton , dinamometr, jism shaklini o’zgartiruvchi sabab …. yozilishi mumkin. bog’liqlik chiroyli chiqmasa shingil, yoki popuk hosil bo’lmay qoladi . V. “Sinkveyn “ tuzish. Qisqa gapda katta o’quv axborotni o’z ichiga olgan qofiyalanmagan misra. Sinkveyn — fransuzcha so’z bo’lib “besh “ degan ma’noni bildiradi. U besh qatordan iborat bo’ladi . 1- qator: Mavzu bitta so’z bilan yoziladi . 2- qator: mavzu ikkita so’z bilan yoziladi . 3- qator : Mavzudagi voqea uchta so’z bilan yoziladi 4- qator: Munosabat, hissiyot to’rtta so’z bilan yoziladi . 5- qator: Mavzu mazmuni bitta so’z bilan yoziladi . Masalan: IX sinflarda “Koinot haqidagi tasavvurlar bo’limi”da
Xulosa : Innovatsion usullarni qo’llashda dars o’qitilganda sinfda qoloq, mavzuni o’zlashtirmaydigan o’quvchi qolmaydi. Deyarli barcha o’quvchilar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari ortadi. O’quvchilarning kelgusidagi mustaqil bilim olishlariga, hunar o’rganishlariga imkon yaratadi. Pedagogik faoliyatim davomida VI- VII – VIII – IX sinflarda turli xil didaktik o’yinlardan foydalanib kelmoqdaman va uning natijasini ham tahlil qilib kelmoqdaman . Darslarda didaktik o’yinlardan foydalanish, o’quvchilarni ahillik, birdamlikka va sinfda do’stona muhitni shakllantirishga yordam beradi . Bir so’z bilan aytganda ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tadbiq etilsagina, ta’lim samarasi yangi bosqichga ko’tariladi . Yani: - Bolaning talabi, moyilligi, istak xoxishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi - O’quvchining o’quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi - Bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi . - U umr bo’yi o’z bilimini o’ziga foydalanishga ishonch faydo bo’ladi - Erkin fikrlash malakasi shakllanadi . - Shaxs jamiyatda o’zining o’rnini tezroq topib olishga muhit yaratadi . Buning uchun bugun biz o’quvchiga “Sen buni bilishing kerak “ degan majburlovchi da’vatdan “ Menga bu zarur va men buni bilishga ,uni hayotga qo’llashga qodirman “ degan ichki ishonch va intilishni yug’otishimiz kerak. Igna bilan quduq qazgan misoli , Muallim chekadi og’ir mashaqqat . U mudom yashaydi g’arazdan holi , Muallimga bo’lsin eng buyuk xurmat ! Download 19.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling