Yangiyer-2023 Mavzu: Qurilish materiallarining tuzilishi. Reja: I


Download 1.14 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1408363
Bog'liq
4BAGBpzXTK04ca9ETyrw8YP-V2V9aMQW


TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI YANGIYER FILIALI
NOORGANIK MODDALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI FAKULTETI
QURILISH MATERIALLARI KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI YO’NALISHI
202-20 GURUH TALABASI
MATERIALLAR STRUKTURASI VA FAZOVIY MUVOZANAT FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
BAJARDI: IBROHIMOVA SARVINOZ
TEKSHIRDI: YUSUFJONOV MURODJON
YANGIYER-2023

Mavzu: Qurilish materiallarining tuzilishi. Reja:


I.
  • Kirish

  • II.
  • Umumiy malumot.
  • Yog’och. Qurilishi materiali:
  • Ichki tuzilishi .

  • III.
  • Xulosa.
  • Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Qurilish materiallari - binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlar. Umumiy ishlarga moʻljallangan va maxsus xillari bor. Qurilish materiallari deb oʻzing tarkibi, xossalari hom ashyoning turlari, ishlab chiqarish usullari bilan bir biridan farq qiladigan qurilishda ishlatiladigan ashyolarga aytiladi. Masalan: Qum, Gild tuproq, shagʻaltosh gips, ohak, sement va hokazo. Qurilish buyumlari deb aynan qurulish materiallaridan tayorlangan alohida buyumlarga aytiladi. Misol: Oddiy pishiq gʻisht, temir beton buyumlari yogʻoch buyumlar vs metal asosida olingan buyumlar.

2. Yog‘och eng qadimgi qurilish materiali bo‘lib, yer sharida notekis tarqalgan. 0‘rmon qayta tiklangani uchun yog‘och bitmas-tuganmas qurilish materiallari va buyumlari zaxirasidir. Yog‘och tayyorlanadigan o‘rmonlar Rossiya, Xitoy, Ukraina, Kavkaz, Qozog‘iston kabi mamlakatlarda ko‘plab uchraydi. Yog‘och yuqori mustahkamlik, qayishqoqlik, issiqlik izolyatsiyalovchi, suv va organik erituvchilarga chidamlilik xususiyatlariga ega. Yog‘och oson qayta ishlanadi, yelimlash, mix qoqish mumkin. Ammo tolasimon tuzilishi tufayli xossalarining turliligi, namlikdan deformatsiyalanishi, yonuvchanligi, chirishi kabilar yog‘ochning kamchiligidir. Qurilishda yog‘och xari, taxta, shpal, brus hollarida ishlatiladi. Yog‘ochni qayta ishlaganda hosil bo‘lgan payraha va qipiqdan fibrolit, arbolit, yog‘och tolali va yog‘och payrahali plitalar tayyorlanadi.

Yog‘ochning sifati uning turiga bog’liq. Yog‘och olinadigan daraxtlar ignabargli va bargli turlarga bo’linadi. Ignabargli daraxtlarga qarag‘ay, qoraqarag‘ay, tilog‘och, oq qarag‘ay, kedr va boshqalar kiradi. Bargli daraxtlarga eman, oqqayin, qora qayin, shumtol, arg‘uvon kabilar kiradi. Markaziy Osiyo tog’larida o‘sadigan archa va terak, ko‘k terak, chinor kabilar bino va inshootlar qurilishida to‘sin, ustun, pol, shift, eshik, rom kabi buyumlari olishda ishlatiladi. Chinor, yong‘oq va nok daraxtidan shkaf, javon va turli o‘ymakor buyumlar ishlanadi.

3. Daraxt ildiz, tana va shox-shabba qismlaridan iborat bo’lib, ularning ko’lami daraxtning turiga bog’liq bo’ladi. Daraxtning tana qismi 60-90 foizni tashkil etib, sanoatda qayta ishlashda katta ahamiyatga egadir. Yog‘ochning makrostrukturasini oddiy ko‘z yoki lupa yordamida, mikrostrukturasini esa faqat mikroskop yordamida o‘rganish mumkin. Yog‘och makrostrukturasini tanani radial va ko‘ndalang qirqimlari yordamida o‘rganiladi. Daraxt tanasi o‘zak, yog‘och!ik, kambiy va po‘stloq qismidan iborat bo’ladi.

Xulosa. Qurilishda ishlatiladigan barcha materiallar tuzulishiga va ishlatilishiga qarab har xil turlarga bo’linadi. Bunga misol qilib biz yog’och materiallari ko’rib chiqdik. Bunda yog’ochning tuzilishidan tortib ishlatilish soxasigacha ko’rib chiqdik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Construktin materiakstheur nature and behavior 4 thtdition. Peter Domone and John Illston. 2010 2. Eco-efficient Constraction and Building Materials Fernando Pasheco Torgal Said Jalali. 3. A.E.Odilxojaev, F.F. Karimova, U.J.Turgunbaev. Qurilish materiallari. Darslik. Toshkent. Adabiyot uchqunlari. 2018 4. A.E.Odilxojaev. Qurilish materiallari. 0 ‘quvqo‘llanma. Toshkent: ToshTYM 1.2016.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling