Yangiyo’l tuman 16-umumiy o’rta ta’lim maktabi Aniq fanlar metod birlashmasining 2-sonli qarori bayonnomasi
Download 17.38 Kb.
|
2-bayonnoma Sentyabr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibida ko’riladigan masalalar
- Kun tartibidagi ikkinchi masala
- Kun tartibidagi uchinchi masala
- Kun tartibidagi to’rtinchi masala
- Ushbu masalani uslub birlashma a’zolari atroflicha tahlil qilib QAROR QILDI
- 3. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan “Fan oyligi”ni yuqori saviyada tashkil etilsin va o’tkazilsin.
Yangiyo’l tuman 16-umumiy o’rta ta’lim maktabi Aniq fanlar metod birlashmasining 2-sonli qarori BAYONNOMASI 08.11.2020-yil 16-maktab Yig’ilish raisi: Bekturganova D. Kotiba: Abduxalilov B Yig’ilishda 6 nafar o’qituvchi qatnashdi. Kun tartibida ko’riladigan masalalar: Metodbirlashmaning 2020-2021 o’quv yilining I-choragida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi va 2-chorakda amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash. Xalq ta’limi vazirligining “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida variativ o’quv rejalarni tajriba sinovdan o’tkazish to’risida”gi Respublika Xalq ta’limi vazirining 405-sonli buyrui bilan tanishib chiqish. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora tadbirlari to’risida” gi 997-sonli buyruq ijrosini ta’minlash. Maktabda fan olimpiadasini saralash bosqichini yakuni hamda fan olimpiadasining tuman bosqichiga tayyorgarlik. Metodbirlashmasi a’zolarining dars mashulotlari jarayonida AKT vositalaridan unumli va samarali foydalanishlar darajalari hamda kompyuter savodxonligi past bo’lgan bo’lgan o’qituvchilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’risida Fanlaridan iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash borasida tashkil etilgan ishlar va ular bilan olib boriladigan mashulotlarning ahvoli to’risida “Matematika “fanidan milliy test tizimi uchun test petsifikatsiyasi.Oqituvchilar o’rtasida bo’lib o’tadigan Respublika olimpiadalari. Eshitildi:Kun tartibidagi birinchi masala: Metodbirlashmaning 2020-2021 o’quv yilining I-choragida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi va 2-chorakda amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash yuzasidan metod birlashma rahbari D.Bekturganova so’zi: 2020-2021 o’quv yilining 14-sentyabrdan 10-noyabr oralig’ida I-chorak yakunlanib, ma’lum vaqt davom etgan karantin tufayli o’quvchilardagi bo’shliqlarni to’ldirish yuzasidan o’tkazilgan to’garaklar,dars o’tish uslublari tahlil qilinib,II-chorakda Prezidentimiz tomonidan “Matematika” faniga alohida urg’u berganligi,bunda biz o’qituvchilarning yanada ma’suliyatli bo’lishimiz lozimligi aytib o’tildi. Butun dunyoni qamrab olgan Pandemiya tufayli o’quvchilarga ta’siri sezilarli darajada bo’lganligi,bo’shliqlarni to’ldirish uchun qo’shimcha mashg’ulotlarni tashkil qilib,to’garaklarga jalb qilishimiz orqali o’quvchilarimizni sifat o’zlashtirishlarini yuqori ko’rsatkichga ko’tarib olishimiz lozimligini aytib fikr bildirildi. Shu masala yuzasidan Sh.Yo’dasheva muzokaraga chiqib, yuqoridagi bildirilgan fikirlarga,talab va takliflarga o’rinli baho berishib metod birlashma so’zini maqulladilar. Kun tartibidagi ikkinchi masala: Xalq ta’limi vazirligining “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida variativ o’quv rejalarni tajriba sinovdan o’tkazish to’risida”gi Respublika Xalq ta’limi vazirining 405-sonli buyrug’i bilan tanishib chiqish.Ushbu masala yuzasidan metod birlashma rahbari D.Bekturganova so’zi: Respublika Xalq ta’limi vazirining 405-sonli buyrug’iga asoslanib,ta’lim tizimi sifat-samaradorligini oshirish,bitiruvchi o’quvchilarimizni Oliy Ta’lim markazslariga kirish reytingini oshirish nazarda tutilgan.Bunda o’quvchilardan ikkita yo’nalish Tabiy fanlar bilan Aniq fanlar yo’nalishidan so’rovnomalar o’tkazilib,natijada variativ sinflar tashkil etilib borish maqsadi ko’zlangan. Kun tartibidagi uchinchi masala: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora tadbirlari to’risida” gi 997-sonli buyruq ijrosini ta’minlash yuzasidan D. Bekturganova so’zi: Kun tartibidagi to’rtinchi masala: Maktabda fan olimpiadasini saralash bosqichini yakuni hamda fan olimpiadasining tuman bosqichiga tayyorgarlik. Maktab o’qituvchilari tomonidan yuritilishi lozim bo’lgan hujjatlar yuzasidan metodbirlashma a’zosi Zokirova Dilfuza so’zi: O‘qituvchilar uchun “qog‘ozbozlik” yuki keskin qisqartirildi. Endi ular faqat sinf jurnalini, jumladan, elektron ravishda Kundalik tizimi orqali, to‘ldirib boradilar. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning an’anaviy o‘quv dasturlari “O‘qituvchi kitobi"ga almashtiriladi. Maktab o‘qituvchilari tomonidan to‘ldirilishi kerak bo‘lgan hujjatlar soni bittaga qisqartirildi. Endilikda pedagoglardan faqat sinf jurnalini, jumladan, elektron ravishda Kundalik onlayn tizimi orqali, qayd qilib borishlari talab etiladi. 28 iyun kuni pedagogik mutaxassisliklar bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. O‘zgarishlar “o‘qituvchilarning pedagogik yukini optimallashtirish, ularni asosiy ish yuklamasiga qo‘shimcha ravishda hisobot va qog‘ozbozlikdan ozod qilish uchun” amalga oshirildi. Bu orqali o‘qituvchilarning barcha e’tiborlarini darslarni yanada qiziqarli o‘tkazishga qaratilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu masalani uslub birlashma a’zolari atroflicha tahlil qilib QAROR QILDI: 1.Muzokarada so’zga chiqqan uslub birlashma a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalari inobatga olinsin. 2.Barcha fan o’qituvchilariga: “O’rgan, o’rgat” tavsiyasiga oid ishlarni tashkil etish va faoliyatini belgilangan tartib asosida olib borish hamda amalga oshirilgan ishlar bo’yicha yig’ilishlarga tahliliy ma’lumot kiritilsin. 3. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan “Fan oyligi”ni yuqori saviyada tashkil etilsin va o’tkazilsin. 4. Ushbu qarorlarning bajarilishini nazorat qilish metod birlashma rahbari Bo’riboyeva Dilfuza zimmasiga yuklatilsin. Majlis raisi: Bo’riboyeva D.A. Kotiba: Abdutolipova D.A. Download 17.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling