Январь ойи


Download 1.3 Mb.
bet12/17
Sana13.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1192632
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Katta g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Kerakli jihozlar: qamish, yog’och kubiklar, qog’oz
qutilar va uylar suratlari.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmlar orqali uylar nimalardan
qurilishi mumkin ekanligini o’rtoqlashish.
2. Uy namunalarini ko’zdan kechirish.
3. Uylarni nimadan qurilganligini tahlil
qilish.
4. Tayyor uy maketlarini birma-bir qo’pol
harakatlari orqali mustahkamligini sinab
ko’rish.
5. Natijani tahlil qilish.
6. Mustahkam va mustahkam bo’lmaganligi
sababini aniqlash.
7. O’zaro fikr almashish.
Qo‘shimcha: qamishdan chayla qurish, gugurt
qutichalaridan qolip sifatida foydalanib,
loydan g’isht quyish va shu g’ishtlardan mustahkam
uy qurish.
Alohida e’tibor qaratiladi: bajarilayotgan
ishning mustahkam ligi va kerakli jihozni
tanlashda uning xususiyatlarini inobatga
olinishiga ahamiyat beriladi.
San’at markazi
Rasm: «Mening uyim»
Maqsad: bolalar turli ranglardan foydalanib,
mavzu yuzasidan rasm chizishi, o’z uylarini ko’z
oldiga keltirib, xotiralarini mustahkamlashi,
kelajakda qanday uyda yashashini chizishlari yoki
yasashlari mumkin.
Kerakli jihoz va materiallar: ok qog’oz, rangli
qalam, rangli bo’yoq, mo’yqalam, suv bilan stakan,
sochiqcha va namuna.
Faoliyatning borishi:
1. Namunalarni kuzatish.
2. Taxminiy rejalashtirish.
3. Kerakli jihozlarni tanlash.
4. Ijodiy ish.
5. Tayyor ishni Qo‘shimcha detallar bilan
boyitish.
Qo‘shimcha: «Bizning oila uchun katta uy» mavzusida jamoa ishini bajarish.
Alohida e’tibor qaratiladi: tasviriy mashg’ulotlarni mustaqil bajarish.
Qurish, konstruktsinlash va matematika
markazi
Men yashayotgan uy
Maqsad: bolalar qurish-yasash ishlarini amalga
oshirishda aniq hisobni bilishi, matematik
tasavvurlarini kengaytirib, qurilishdagi
ketma-ketlikka rioya qilishlari, sanoq sonlarni
farqlay olishi «Nechinchi?», «Qancha?» kabi
savollarga javob berishlari lozim.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling