San’at markazi
«Savatchalarni naksh bilan bezaymiz»
Maksad: mayda qo‘l motorikalari rivojlanadi,
mo‘yqalam yordamida turli naqshlarni chizishni
o‘rganadi.
Kerakli jihoz va materiallar: tuzli xamirdan yasalgan savatcha, bo‘yoqlar, guash.
Faoliyatning borishi:
1. Tuzli xamir yoki oq loydan yasalgan
savatchalarni tanlash.
2. Turli naksh namunalarini kuzatish.
3. Savatni o‘zlari yoqgirgan naqshlar,
gullar bilan bezatish.
4. Mo‘yqalamdan to‘g‘ri foydalanish.
Qo‘shimcha: ijodiy ishlar ko‘rgazmasini tashkil
etish.
E’tiborga molik jihati: hayoti va sog‘ligini
muhofaza qilish va toza ishlashni bilish,
tafakkur va mayda motorikani rivojlantirish.
San’at markazi
Loy ishi: «Hosil yig‘ib olamiz»
Maqsad: tasavvurlari, qo‘l motorikalari
rivojlanadi, hajm, shakl va rangni uyg‘unlashtira olish malakasi o‘sadi.
Kerakli jihoz va materiallar: oq loy yoki sho‘r xamir, guashlar, tabiiy materiallar, plastilin.
Faoliyatning borishi:
1. Tuzli xamir yoki oq loydan yasalgan,
naqshlar bilan bezatilgan savatlarni tanlash.
2. Plastilindan meva va sabzavotlarni
yasash (bola tanloviga ko‘ra).
3. Savatni meva va sabzavotlar bilan
to‘ldirish.
Qo‘shimcha: ijodiy ishlar ko‘rgazmasini tashkil
etish.
E’tiborga molik jihati: hayoti va sog‘ligini
muhofaza qilish va toza ishlashiga, tafakkur
va mayda motorikani rivojlanishiga ahamiyat
Beriladi.
OKTABR
OY MAVZUSI: «KUZ BO‘YOQLARI»
Do'stlaringiz bilan baham: |