Kerakli jihoz va materiallar:
niqoblar,
rul, mashinalar, kostyumlar, furajkalar, mavzu
yuzasidan turli vaziyatli illyustratsiyalar.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzu
yuzasidan syujetli rasmlarni
ko‘rish.
2. Rollarni taqsimlash va turli
vaziyatlarni sahnalaashtirish.
3. Tezkor chaqiruv telefonlaridan
foydalanish.
4. O‘yin, muhokama va bolalarni
rag‘batlantiri sh.
E’tiborga molik jihati: lug‘atni
boyitish,
ijodiy qobiliyatni rivojlantirish va hayot
xavfsizligi qoidalariga amal qilishiga ahamiyat Beriladi.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
«Xavfli buyumlar» ta’limiy o‘yini
Maqsad: bolalar turmushdagi xavfli buyumlar:
elektr asboblar,
gaz plitasi, gugurt haqida
dastlabki tushunchalarga ega bo‘ladilar. Ayrim
asboblarning bolalar uchun havfli tomonlarini
tushunib oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: mavzu bo‘yicha
illyustratsiyalar, plakatlar, xavfli predmetlar va tezkor xizmat raqamlari ko‘rsatilgan peshlavha.
1. Faoliyatning borishi.
2. Syujetli rasm va plakatlarni kuzatish.
3. Rasmlar bo‘yicha tayanch so‘zlarni aytish.
4. Rasmdagi vaziyatlarni tavsiflash.
5.
Mos rakamli peshlavhani topish, undagi
tezkor xizmatning raqamini aygish.
6. Bolalar ishining muhokamasi, rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha: badiiy adabiyot namunalari bilan
tanishish.
Do'stlaringiz bilan baham: