Jahon moliya bozorlarida boshlangan inqiroz ienaning revalvatsiyalashuvini tezlashtirdi. YAponiyada inflyatsiya darajasi dunyodagi eng past ko’rsatkichga teng bo’lganligi bois yapon ienasi jahon valyuta bozorida arzon likvidlik manbaiga aylandi. Iena kursi 2007 yilning oxirida 1 dollar - 113 ienadan 2009 yilning sentyabrida 1 dollar - 90-92 ienagacha, yevroga nisbatan esa 1 yevro - 160 ienadan 130-132 ienaga oshdi. - Jahon moliya bozorlarida boshlangan inqiroz ienaning revalvatsiyalashuvini tezlashtirdi. YAponiyada inflyatsiya darajasi dunyodagi eng past ko’rsatkichga teng bo’lganligi bois yapon ienasi jahon valyuta bozorida arzon likvidlik manbaiga aylandi. Iena kursi 2007 yilning oxirida 1 dollar - 113 ienadan 2009 yilning sentyabrida 1 dollar - 90-92 ienagacha, yevroga nisbatan esa 1 yevro - 160 ienadan 130-132 ienaga oshdi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida YAponiya sanoati maxsulotlari xorijiy bozorlarda "ortiqchalik" qilib qoldi va eksport hajmi keskin qisqardi. Sanoat ishlab chiqarish indeksi 2009 yilning fevralida 2005 yilga nisbatan 69,5% ga teng bo’ldi va pasayish 36,9 foizni tashkil etdi.
Mamlakat YAIM 2008 yilda 1,2%, 2009 yilda esa 6,3% ga pasaydi va ushbu pasayishning 70% i yapon tovarlariga bo’lgan tashqi talabning, qolgan 30% i ichki bozordagi talabning qisqarishi bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |