Yara kasalligi
Download 23.62 Kb.
|
YARA KASALLIGI
YARA KASALLIGI Meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi — meʼda yoki oʻn ikki barmoq ichakda yara hosil boʻlishidan iborat kasallik. Koʻpincha 25—50 yashar erkaklarda, baʼzan ayollarda ham uchraydi. Kasallikning kelib chiqishiga kuchli hayajonlanish, qaygʻurish, qiyin hazm boʻladigan, yogʻli, achchiqshoʻr, oʻta issiq yoki sovuq taomlar isteʼmol qilish, tartibsiz ovqatlanish, chekish, spirtli ichimliklar ichish va boshqalar sabab boʻladi; irsiy moyillik ham rol oʻynaydi. Ogʻriq Yara kasalligining asosiy belgisi, u koʻproq toʻsh osti sohasida kuzatilib, ovqatdan keyin yarimbir yoki 1,5—2 soat oʻtgach boshlanadi. Oʻn ikki barmoq ichak yarasida nahorda (och qoringa) ogʻriq tutadi, bu holat koʻpincha ozgina ovqat yeyilgach oʻtib ketadi. Baʼzan ogʻriq orqaga yoki koʻkrak qafasiga tarqaladi. Meʼda yarasida koʻproq koʻkrak osti, ichak yarasida aksari kindik atrofi goh loʻqillab, goh achishib ogʻriydi. Kuchli ogʻriq tutganda bemor oyoqlarini bukib, chap yoki oʻng yonboshni yoki qornini bosib yotadi, baʼzan tizza va tirsaklariga tayanib oladi. Ogʻriq qancha kuchli boʻlmasin bemor qayt qilganidan soʻng toʻxtaydi. Ogʻriq bilan birga ayrim hollarda jigʻildon qaynab, kekirik keladi, koʻngil ayniydi. Yara oʻn ikki barmoq ichakda boʻlsa, koʻpincha qabziyat kuzatiladi; ayrim bemorlarning asabi zaiflashib, kayfiyati oʻzgaradi, qon bosimi pasayib, qoʻloyoqlari soviydi. Yara kasalligida meʼda shirasi koʻp, kam yoki meʼyorida ajraladi. Kasallik aksariyat surunkali kechadi, u vaqtvaqti bilan (bahor va kuzda) qoʻziydi, goh zoʻrayib, goh bosiladi. 1—2 oy davom etadigan bu davrda bemor ish qobiliyatini yoʻqotadi, baʼzan oʻz vaqtida davolanmasa, kasallik ogʻirlashib, turli asoratlarga sabab boʻladi. Xavfli asoratlardan biri yaraning teshilishidir, bunda qorinda toʻsatdan xanjar suqqandek ogʻriq paydo boʻlib, bemor hushdan ketishi mumkin. Bunday hollarda uni zudlik bilan kasalxonaga yotqizib operatsiya qilish kerak. Kasallikning asoratlaridan yana biri yaradan qon ketishidir, bunda bemor toʻsatdan holsizlanadi, badanini muzdek ter bosadi hushidan ketadi, baʼzan qon qusadi (kofe quyqasiga oʻxshash), qoramtir boʻlib ichi ketadi, kamqonlik (anemiya) yuz beradi, bu holat tez tibbiy yordam koʻrsatilishini taqozo etadi. Vrach kelgunicha bemorni oʻringa yotqizib, orom berish, hech nima yediribichirmaslik kerak. Baʼzan kasallik yashirin kechib, bemorni hech nima bezovta qilmaydi va asorat bergandagina (qon ketishi yoki yaraning teshilishi) bilib qolinadi. Kasallikni davolash kompleks usullar bilan vrach nazoratida olib boriladi. Bunda maʼlum tartibga rioya qilish, parhez saqlash talab etiladi. Ovqatni ilitib, dambadam va ozozdan yeyish, kechasi och qoringa ogʻriq bezovta qilsa, yotishdan oldin 1 stakan sut yoki yangi ivitilgan qatiq yoki kefir ichib yotish maqsadga muvofiq. Kasallik yillab choʻzilishi mumkin, shuning uchun yengil hazm boʻladigan va tarkibida oqsil, yogʻ, vitaminlar (ayniqsa, S, A va V guruh vitaminlari) yetarli boʻlgan parhez taomlar isteʼmol qilish, kasallik xuruj qilganda parhezga alohida eʼtibor berish, chekish va spirtli ichimliklardan oʻzni tiyish lozim. Kasallikni doridarmon bilan davolash ham faqat vrach koʻrsatmasiga binoan olib boriladi. Kasallik xuruj qilmagan vaqtda yoki kasalxonada davolangandan soʻng bemorlar mahalliy sanatoriy va kurortlar (Tashminvoda, Chinobod, Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tekshirish instituti) ga yuboriladi. Kasallikning oldini olishda yoshlikdanoq oʻz vaqtida ovqatlanish rejimiga amal qilish shart. Baʼzi dorilar: atsetilsalitsilat kislota (aspirin), butadion, prednizolon va boshqalarni oʻz bilgicha ichib yurish ham meʼda va ichakning Yara kasalligiga olib kelishi mumkin. Kasallik boshlanishi aniqlangan davrda bemor vrachning koʻrsatma va tavsiyalariga qatʼiy amal qilishi talab etiladi. Bemorlar poliklinikalarda dispanser hisobiga olinadi. Kasallik xurujining oldini olish uchun kuz va bahor oylarida, ishdan ajralmagan holda davolanib turish (profilaktoriy va sanatoriykurortlarda) ham ijobiy samara beradi. Kasallik oʻz vaqtida toʻla davolansa, bemor sogʻayib ketishi mumkin. Oshqozon va 12-barmoq ichak yara kasalligi Yara kasalligining belgilari turlichadir. Klassik simptomlar doimo ham kuzatilmasligi mumkin: epigastral sohadagi ovqatdan 1-3 soatdan so'ng kuzatiladigan kuchli og'riq; duodenal yaralarda bemorlarni ertalab barvaqt turishiga sabab bo'luvchi epigastral sohadagi tungi og'riqlar. Og'riqni tananing orqa qismiga uzatilishi duodenal yaralarning orqa devor penetratsiyasi belgisi bo'lishi mumkin. H. pylori gastritis 80-90% 12-barmoq ichak yarasi holatlarida va 60- 70% oshqozon yarasi holatlarida aniqlanadi. Oshqozon yarasining rivojlanishining yuqori xavfi ayrim dori vositalari bilan (ayniqsa aspirin va boshqa NYaQV kortikosteroidlar), oila a'zolarida yara kasalligi kuzatilganligi, chekish, alkogol iste'mol qilish va stress holatlari bilan uzviy bog'liqdir. 12-barmoq ichak yara kasalligi oshqozon yara kasalligiga nisbatan 4 marta ko'p uchraydi. Laborator tahlillar. Umumiy qon tahlili, yashirin qonga axlat tekshiruvi (Gregersen reaktsiyasi) bir marta tashxis qo'yishda yoki kasallikning xavfli avjlanish holatlarida o'tkaziladi. Oshqozon-ichak tizimi yuqori qismlaridan qon ketishi 25% holatlarda aniqlanadi. 10% bemorlarda boshlang'ich belgi sifatida kuzatiladi. Taxminan 5% holatlarda perforatsiya rivojlanadi, ayniqsa NYaQV qabul qiluvchi bemorlarda kuzatiladi. Yara kasalligi tashxisi endoskopik yoki rentgenologik (bariy bilan) gastroduodenal tekshiruv natijalari asosida qo'yiladi. Dori vositalarisiz davolash Kichik portsiyalarda kun davomida 4-5 marta ovqatlanish. Ratsiondan o'tkir, tuzlangan, dudlangan mahsulotlarni istisno qilish, bu mahsulotlar kasallik belgilarini keltirib chiqarishi mumkin. Alkogol iste'mol qilishni va chekishni to'xtatish. Quyidagi dori vositalarini qabul qilishni to'xtatish: aspirin, NYaQV, kortikosteroid preparatlar, rezerpin. Dori vositalari bilan davolash H. Pylori bilan izohlanuvchi yara kasalligini davolash uch yoki to'rt komponentli davolash sxemasini qo'llagan holda amalga oshiriladi. Uch komponentli davolash sxemasi. Omeprazol 20 mg ichishga, har 12 soatda, 10- 14 kun davomida. Amoksitsillin 500 mg ichishga, kuniga 4 mahal yoki 1000 mg kuniga 2 mahal, 5 kun davomida. Metronidazol 500 mg ichishga, kuniga 2 mahal 7 kun ovqatdan so'ng ichish tavsiya qilinadi. To'rt komponentli davolash sxemasi uch komponentli davolashdagi dori vositalari va vismut kolloid subtsitratini (De-Nol) kuniga 120 mg dan 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa avval va to'rtinchisini uyqudan avval, 10-14 kun davomida ichishni o'z ichiga oladi. Antatsid preparatlar. 4-8 hafta davomida davolash davom ettiriladi: ranitidin 300 mg yoki famotidin 40 mg ichishga kechqurun soat 8 da yoki omeprazol 20 mg dan har 12 soatda ichish tavsiya qilinadi. NYaQVlar ni qabul qilish bilan bog'liq yara kasalligini davolash. NYaQVlarni qabul qilishni to'xtatish. Antatsid vositalarni buyurish: ranitidin 300 mg yoki famotidin 40 mg soat 8 da yoki omeprazol 20 mg dan har 12 soatda, 4-8 hafta davomida ichish tavsiya qilinadi. Agar NYaQVlarni qabul qilishni to'xtatish imkoni bo'lmasa omeprazol yoki boshqa proton nasosi ingibitori buyuriladi. Yo'llanma berish mezonlari Bemorlar zudlik bilan quyidagi holatlarda shifoxonaga yuborilishi zarur: qon ketish, penetratsiya yoki perforatsiya belgilari bo'lsa; o'tkir og'riqlar yoki tez-tez qaytalanishlar; bitta yoki bir necha katta o'lchamdagi yaralarning bo'lishi (3 sm va undan katta); agar 7 kun davomida adekvat davolashga qaramasdan belgilar saqlansa; oshqozon-ichak tizimi kasalliklarining og'ir namoyon bo'lishi (surunkali gepatit, jigar sirrozi, surunkali rekurrent pankreatit). Yara kasalligi asoratlari Yara kasalligining asoratlari (qon ketishi, penetratsiya, perforatsiya, stenoz, malignizatsiya) jarrohlik aralashuviga ko'rsatma bo'lib hisoblanishi mumkin. Qon ketishi - ko'p uchraydigan asoratdir. Belgilari: qon bilan qayt qilish yoki "kofe quyqasi" ko'rinishida qayt qilish, qonli najas; holsizlik,xushdan ketish, chanqash va qon ketishi bilan bog'liq ravishda terlash. Taktika: shok bilan kurashish, shifoxonaga yotqizish. Penetratsiya - charvi xaltasi yoki a'zoga. Og'riq kuchli bo'lishi mumkin,o'rinda joylashmasdan boshqa sohalarda kuzatilishi mumkin va bemorning tana vaziyatiga ko'ra o'zgarishi mumkin. Agar oshqozon osti beziga penetratsiya kuzatilsa, u holda qon zardobida amilaza va lipaza miqdori oshadi. Taktika: jarrohlik bo'limiga yuboriladi. Perforatsiya - ko'p holatlarda 12 barmoq ichak oldingi devori yaralarida, ayniqsa erkaklarda, ko'pincha bahor va kuzda yoki NYaQVlarni qabul qilishdan so'ng kelib chiqadi; qon ketishi bilan birga kechishi mumkin. Epigastral sohada to'satdan og'riq kelib chiqadi, qorin bo'ylab tezda tarqaladi yoki qorinning pastki bo'limlariga yoki elka usti sohasiga uzatiladi. Qayt qilish ham kuzatilishi mumkin. Bemor chuqur nafas olmaslikka harakat qiladi, harakatsiz holatda yotadilar. Qorin devori ta'sirlanish simptomlari - musbat, qorin devori mushaklari taxta kabi qotishi aniqlanadi. Taxikardiya, taxipnoe. Bir necha soatlardan so'ng umumiy holatning yolg'on ijobiylanishi yoki tana haroratining oshishi, shok kuzatiladi. Bemorni vertikal yoki yotgan vaziyatda rentgenoskopiyasida diafragma ostida yon tomonda yoki qorin bo'shlig'ida havo aniqlanadi. Qonda bir oz leykotsitoz. Taktika: zudlik bilan jarrohlik aralashuvi. Privratnik stenozi - surunkali yaraning chandiqlanishi bilan kelib chiqishi yoki o'tkir yaraning spazmi va yallig'lanishli shishida kuzatilishi, hamda oshqozon distal qismi saratoni yoki Kron kasalligi natijasida kelib chiqishi mumkin. Klinik kechishi: qorinda og'riqlar, ko'ngil aynishi, 6 soat avval iste'mol qilingan ovqat bilan qayt qilish, tez to'yinish hissi, ovqatlanishdan so'ng o'ta to'lishish, ishtahaning yo'qolishi, turg'un meteorizm. Agar stenoz sekin-asta rivojlansa - bemorlar ozadi, agar tez rivojlansa - suvsizlanish va elektrolitlar almashinuvining buzilish belgilari kuzatiladi. Tekshiruvlar: perkussiyada - epigastriyda ovqatdan so'ng 6 soat ichida chayqalish shovqini; oshqozon tarkibining uyqudan so'ng aspiratsiyasida - 200 ml dan ortiq suyuqlik yoki ovqat qoldiqlarining chiqishi kuzatiladi. Endoskopiyada (va biopsiyasida), obstruktsiyaning sababi, joylashishi va darajasi aniqlanadi; rentgenoskopiyada - bariyning turib qolishi, oshqozonning sezilarli kattalashganligi kuzatiladi. Taktika: o'tkir yarada - oshqozon ichidagi bor narsalar aspiratsiyalanadi va H2-blokatorlar t/i ga yuboriladi; degidratatsiya va elektrolitlar almashinuvining buzilishi korrektsiyalanadi. Surunkali yarada - oshozon ichidagi bor narsalar aspiratsiyasi, antisekretor vositalar, infuzion terapiya, gastroenterolog va jarroh maslahati talab qilinadi. Download 23.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling