Yaratilgan sanasi: Sat, 5 Apr 2023 23: 13: 17 +0500 Page 1-savol
Download 67.59 Kb. Pdf ko'rish
|
Xorazm Zakovat klubi Qishki mavsum 8-tur Renessans jamoasi savollari (26.01.2023)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-savol: .
- 6-savol
4-savol:
. Yaratilgan sanasi: Sat, 15 Apr 2023 23:13:17 +0500 Page 2 Barent Fokes XVII asrda yashagan Ost-Indiya kompaniyasi kapitani bo’lib, o’zining katta tezligi bilan mashxur bo’lgan. Masalan 1678 yilda u general –gubernator Raykloff van Goensga atalgan maktubni Indoneziyaga 6 oy emas 3 oyda yetkazib beradi. Ba’zilar unga bunday tezligi uchun shayton yordam beradi degan fikrni aytishar edi. Shuning uchun uni x deb atashgan. D.S. x ni 3 ta so’zda yozib bering? Javob:Uchar golland kapitani Izoh: Ost-Indiya kompaniyasi bu Gollandiyaning Bengal qo’ltig’ida faoliyat yurituvchi kompaniyasi hisoblanib, Indoneziya o’sha vaqtda Gollandiya mulki hisoblanar edi. Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Bernard_Fokke 5-savol: . Olivye Klark fikricha Hayotda hal qilib yoki nazoratga olib bo’lmaydigan vaziyatlarda, inson o’zining bosqichma-bosqich mag’lubiyatga yoki halokatga qarab borayotganini bilib turib, qiyinchiliklarga dosh berishga majbur bo’lish holatiga x deb atash mumkin ekan. Agar siz x ni topgan bo’lsangiz u bilan bog’liq bo’lgan hayvon nomini yozib bering. Javob:Qurbaqa Izoh: Fransuz yozuvchisi Olivye Klarkning "Qaynayotgan qurbaqa" hikoyasida “Agar +50 gradus issiqlikdagi suvga qurbaqani tashlasangiz, u sakrab chiqib omon qolishga muvaffaq bo’ladi. Lekin, qurbaqani suvga tashlab, uni bir maromda qizdirib borilsa, ma’lum muddat qurbaqa tana harorati evaziga “xavf”ni his qilmaydi va endi qaynagan suvdan sakrab chiqib keta olmaydi.” Shu tariqa “Qaynatyotgan qurbaqa” sindromi atamasi paydo bo’lgan. Manba: https://www.drparda.com/blog/boiling-frog-syndrome-or-how-your-mind-responds-to-the-environment 6-savol: Дуплет 1. Mavzu: tarixiy shaxslar Bu ismni kelib chiqishi ko’pchilik o’ylaganidek arabcha emas ibroniy tiliga mansub bo’lib “Alloh tomonidan eshitilgan zot” ma’nosini beradi. Qur’onda kelgan bu ismning egasi 137 yil umr ko’rgan va Makkada vafot etgan. Boshqa bir u esa 849-yilda Farg’onada tug’ilgan ekan.Uni maksimal aniqlaikda yozib bering? Javob:Ismoil Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Islomda_Ismoil 2. Tarixchi Hofizi Abruning “Zubdat at-tavorix” asarida yozilishicha, 1377-yilda tug’ilgan bu shaxs 1444- yilda ka’bapoʻsh tayyorlatib, uni shayx Nuriddin Muhammad va mavlono Shamsiddin Muhammad vositasida Makkaga joʻnatgan ekan. Sohibqiron Temur esa umrining so’ngi yillarida uning boshqaruvchilik va sarkardalik sifatlariga e’tibor qaratgan va unda “Shohning qiyofasi” borligiga ishongan. Uning ismini maksimal aniqlikda yozib bering? Javob:Shohrux Mirzo |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling