Yarim g’isht qalinlikdagi pilyastrali temirbeton o’zakli g’isht devor burchagidagi temperatura maydonini tadqiq qilish
Download 18.28 Kb.
|
Yarim g’isht qalinlikdagi pilyastrali temirbeton o’zakli g’isht -fayllar.org
Yarim g’isht qalinlikdagi pilyastrali temirbeton o’zakli g’isht devor burchagidagi temperatura maydonini tadqiq qilish Yarim g’isht qalinlikdagi pilyastrali temirbeton o’zakli g’isht devor burchagidagi temperatura maydonini tadqiq qilish Tashqi devor burchagidagi qalinligi devor qalinligi bilan teng qilib bajarilgan temirbeton o’zakning tashqi tomonidan yarim g’isht qalinlikda (120+10=130 mm) ikki tomondan pilyastra qilingan. Temirbeton o’zakning plandagi o’lchamlari 380x380 mm. Tashqi devor ichki sirti qalinligi 20 mm ohak-qum qorishmasi bilan suvalgan. Devorning tashqi sirti suvalmagan, barcha gorizontal va vertikal choklar zichlashtirilgan. Devor tugunining hisobiy sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Devorda qo‘llanilgan materiallarning teplofizik ko‘rsatkichlari kuyidagicha: - sement-qum qorishmasida bajarilgan g’isht termaning zichligi kg/m3, issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti λ=0,7 [1]; - ichki suvoq sifatida qo‘llanilgan oxak –qum qorishmaning zichligi kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti λ=0,7 ga teng [1]; -temirbeton zichligi kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti λ=1,92 ga teng [1]. Temperatura maydonini hisoblashni ichki havo temperaturasi va tashqi havoning temperaturasi bo’lgan hol uchun bajaramiz. Bunda devorning ichki burchagidan 1 m masofada joylashgan kesimdan temperatura quyidagicha taqsimlanadi: - ichki sirtdagi temperatura ; - oxak-qum qorishmasidanbajarilgan suvoq va g’isht devor tutashgan joydagi temperatura ; - devorning tashqi sirtidagi temperatura . Tugundagi temperatura maydonini hisoblash uchun uning gorizontal kesimiga o‘lchamlari har xil o‘lchamli to‘rtburchak to‘rni joylashtiramiz. To‘rning gorizontal va vertikal iplarini kesimdagi temperatura o‘lchanadigan tekisliklarga joylashtiramiz. Devor konstruksiyasi simmetrik echimga ega bo‘lganligi uchun hisoblashlarni devorning bir tomoni uchun bajaramiz.(1-rasm) 1-rasm. Yarim g’isht qalinlikdagi pilyastrali temirbeton o’zakli g’isht devor burchagidagi temperatura maydonini hisobiy sxemasi. Download 18.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling