Yarim o’tkazgich diodlar Yunusov A


Download 1.11 Mb.
bet3/4
Sana20.09.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1682350
1   2   3   4
Bog'liq
Yarim o\'tkazgichli diodlar A . Yunusov

6. To‘g‘rilovchi diodlarga o‘xshab, yuqori chastotali O’YChD larda ham n-p o‘tishning nosimmetrik o‘tkazuvchanligi ishlatiladi. Ular to‘g‘rilovchi diodlarga qaraganda ancha yuqori chastotalarda ishlaydi (yuzlab Mgs gacha), universal va impulslilarga bo‘linadi. Universal yuqori chastotali diodlar tokning bir yo‘nalishdagi yuqori chastotali tebranishlarni olish uchun modulyatsiyalashgan yuqori chastotali tebranishlarni amplitudasi bo‘yicha – chastotali modulyatsiya tebranishlarni (detektorlash) chastotasini o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. Impulsli diodlar impulsli shemalarda almashib ulagich elementi sifatida ishlatiladi.

O’YChD yuqori chastotada ishlaganda diodning inersiyaligiga sababchi bo‘lib, o‘tish sig‘imi katta rol o‘ynaydi. Agar diod to‘g‘rilovchi shemaga ulansa, bunda sig‘imni ta’siri to‘g‘rilash jarayonini yomonlashuviga olib keladi. Bundan tashqari, n-p o‘tishga keltirilgan tashqi kuchlanishni bir qismi diodning baza qarshiligida qolishi tufayli, to‘g‘rilash samaradorligi pasayadi. Shundan kelib chiqadiki, yuqori chastotada ishlaydigan YODni n-p o‘tishlari kichik sig‘imli va bazaning kichik qarshiligiga ega bo‘lishi kerak.

7. Fotodiod deb bitta r-n o‘tishga ega bo‘lgan foto-elektr asbobga aytiladi. Fotodiod tashqi kuchlanish manbaili (fotodiodli rejim), hamda tashqi kuchlanish manbaisiz sxemalarga ulanishi mumkin. Tashqi kuchlanish manbai shunday ulanadikir-n o‘tish teskari siljigan bo‘lsin. Yorug‘lik tushurilmaganda diod orqali juda kichik “qorong‘ulik” ekstraksiya toki I0 oqib o‘tadi va u berilayotgan kuchlanishga bog‘liq bo‘lmaydi. n-baza sohasiga ta’qiqlangan zona kengligidan ancha katta bo‘lgan energiyali fotonlardan tashkil topgan yorug‘lik tushurilganda, elektron–kovak juftliklar generatsiyalanadi. 

Agar juftliklar o‘tishdan diffuziya uzunligidan oshmaydigan oraliqda hosil bo‘lsalar, yorug‘lik ta’sirida generatsiyalangan kovaklar o‘tishning elektr maydoni ta’sirida ekstraksiyalanadilar va teskari tok uning “qorong‘ulik” qiymatiga nisbatan ortadi. Yorug‘lik oqimi F qancha intensiv bo‘lsa, diod teskari toki IF qiymati shuncha katta bo‘ladi.20 – rasmda turli yorug‘lik oqimi qiymatlaridagi fotodiod VAXsi keltirilgan. Yorug‘likning keng nurlanish chegaralarida fototok yorug‘lik oqimiga deyarli chiziqli bog‘liq bo‘ladi.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling