baryer sig‘im deb ataladi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
.
p-n o‘tishga kuchlanish berilganda uning qalinligi o‘zgargani sababli sig‘imi ham o‘zgaradi. Sig‘imning kuchlanish qiymatiga bog‘liqligi kuyidagicha bo‘ladi:
.
Bu ifodada p-n o‘tish to‘g‘ri ulanganda ishora manfiy, teskari ulanganda esa – musbat olinadi. Baryer sig‘im СБ p-n o‘tishga berilgan kuchlanish qiymatiga bog‘liq bo‘lgani sababli, undan o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator sifatida foydalanish mumkin.
To‘g‘ri siljitilganda diffuziya sig‘im baryer sig‘imdan ancha katta qiymatga ega, teskari siljitilganda esa – aksincha bo‘ladi. Shu sababli to‘g‘ri siljitilganda p-n o‘tishning inersiyadorligi diffuziya sig‘imi bilan, teskari siljitilganda esa – baryer sig‘imi bilan aniqlanadi.
Baryer sig‘im chastotaga bog‘liq emas. p-n o‘tishning volt – farad xarakteristikasi 18.3 – rasmda keltirilgan.
Dinamik rejimda p-n o‘tishning xususiyatlarini ifodalash uchun ham qator moddelardan, xususan, dinamik VAX lardan foydalaniladi. Sig‘imlar ta’sirini e’tiborga olgan holda ushbu model chegarasida p-n o‘tish tokini quyidagi ifodadan topish mumkin:
,
bu yerda I(U) –statik VAXdan aniqlanadigan tok, - ko‘rinishga ega bo‘lib, u p-n o‘tish sig‘imini ifodalaydi.
18.3 - rasm. p-n o‘tishning volt – farada xarakteristikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |